Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги
Forpresslashda ishlatiladigan presslar
Download 82 Kb.
|
5-мавзу
2.2. Forpresslashda ishlatiladigan presslar. Shnekli press (fp) ning ustuniga pressning asosiy ish organi hisoblangan shnekli val va uzunligi 1167 mm bo’lgan zeer o’rnatilgan. Ta‘minlagich orqali tovar uzluksiz pressga tushib turadi. Shnekli valning o’qiga 8 ta vintsimon o’ram bilan 4 ta mufta birin-ketin o’rnatilgan. Valning uzunasiga qarab o’rnatilgan burama vintsimon o’ram to’rt bosqichga ega; tovar kiradigan joyi uzunroq bo’lib, kunjara chiqish joyita tomon qisqara boradi. Shuning natijasida tovar borgan sari kuchli tazyiqqa uchrab, yog’i ko’proq ajraladi.
Zeer o’rtasidan teng ikkiga bo’lingan bo’lib, ularni po’lat kojux biriktirib turadi. Bu kojux boltlar bilan mahkamlab qo’yiladi. Zeerning har ikkala bo’lagidagi vertikal o’rnatilgan chaspaklar to’rt qirrali po’lat to’sinchala.r yordamida bir-biri bilan birikadi. Bu chaspak va to’sinchalarning o’rtasiga zeerning shosniklari joylashtiriladi. Zeerning har ikkala yarmi birikkan joyida pichoq o’rnatilgan. U zeerga kirgan tovarning to’g’ri iljishini ta‘minlab turadi. Pressning shnekli vali (o’qi) quvvati 19 kvt bo’lgan elektr motordan reduktor va kontrprivod vositasida harakatga keltiriladi. Odatda, ikkita FP press bilan qozon bir agregatni tashkil qiladi. MP markali pressning quyidagi asosiy qismlari: tayanch ustuni, korpusi bilan yaxlit qilib qo’yilgan staninasi, konussiz shpekli o’qi, tik o’qiga o’rnatilgan ta‘minlovchi anjomi va bitta konussimon, ikkita tsilindrsimon tishli g’ildiragi bor. Bu press ham FP rejimida ishlaydi. YeP markali press bir yoki uch qasqonli qozon bilan birgalikda bitta agregatni tashkil qiladi. Press ta‘minlagich, zeer, shnekli o’q, konusli mexanizm, yog’ yig’uvchi va harakatga keltiruvchi mexanizmlardan tuzilgan. Yuqorigi qasqonda 700 mm diametrli isituvchi belbog’ bor. Qozon qasqonlari va isituvchi belbog’i 6 atm bosimli bug’ bilan qizdiriladi. Qasqonlarning o’rtasidan aylanuvchi vertikal o’q o’tadi, unga daqiqasiga 26 marta aylanadigan qorgich-pichoqlar o’rnatilgan. Bu o’q bir juft konussimon tishli g’ildirak yordamida gorizontal o’qdan harakatga keltiriladi. Tovarning tushishini rostlab turuvchi ta‘minlagich orqali yuqorigi qasqonga yanchilma tushib, bug’ bilan namlanadi, qiziydi va pastki qasqonlarga o’tadi. Qozonning ikkinchi va uchinchi qasqonida ortiqcha namlik chiqib ketadigan tuynuklar va har qaysi qasqonning yonboshida remont uchun qoldirilgan 80X400 mm li tuynuklar bor. Qozonning hammasi, qasqonlarning tubi va belbog’i bug’ taqsimlovchi bitta yo’l orqali bug’ bilan ta‘minlanadi. Bug’ o’z issig’ini berib bo’lgach, kondensatga aylanadi va alohida yo’l orqali issiq suv to’planadigan joyga chiqib ketadi. Tayyor bo’lgan mezga qozondan ta‘minlagich orqali shnekli valga tushib eziladi, yog’sizlangach, kunjara tariqasida pressning oxiridan chiqib ketadi. MPJ-63 markali press agregati - Bu agregat J-62A markali qozon va MP-63 markali ikkita forpressdan tashkil topgan. Agregat bir sutkada 100 tonnagacha kungaboqar pistasini qayta ishlay oladi. MP-63 forpress ikki marta presslash va ekstraktsiyalash oldidan forpresslab, so’ng ekstraktsiyalash sxemalarida ishlashi mumkin. Olti qasqonli J-62A markali qozonda kungaboqar pistasi, chigit va boshqa yog’li urug’lar mag’zi qovuriladi. Uning qasqonlari bir-biriga nisbatan 20° qiya qilib o’rnatilib, yon devori 10 mm va tubi 15 mm qalinlikda yasalgan. Har qaysi qasqonning tagida bug’ g’ilof bor. Bug’ umumiy yo’ldan kelib, kondensatga aylangach, qasqonlar orqali chiqib ketadi. Qovuriladigan mag’iz qasqondan-qasqonga maxsus teshik orqali tushib, ulardagi qorgich yordamida. aralashtirib turiladi, tayyor bo’lgan mezga oxirgi qasqondagi teshikdan pressga o’tadi. Qozonning ichidagi bug’ yaxshi harakatlanishi uchun ventilyator bor. Agregatning MP-63 markali pressining qabul qiluvchi qutisi ichida zeer tsilindri o’rnatilgan. Shnekli pressning korpusi oldingi va keyingi ustunlardan iborat bo’lib, ikkita shveller va trubalarga elektr payvandlash yo’li bilan mahkamlangan. Shnekli o’qning 9 ta vintsimon parragi bor, ular orasiga halqa qo’yilgan. Shnekli parraklarning yurish qadami va tashqi diametri har xil. Zeerli tsilindr ikkita yarim tsilindrdan tuzilgan bo’lib, ularning har qaysisi. alohida-alohida halqalardan tashkil topgan. Ular bir-biri bilan birikkanda yarim tsilindrning maxsus konstruktsiyadagi ponasi yordamida mahkamlanib qoladi. Zeer tsilindrining ichki hajmi 273 mm li plankalar bilan uzunasiga 4 ta sektsiya tashkil qiladi. Yog’i olinadigan tovar pressga maxsus ta‘minlagich orqali avval oz-ozdan tushiriladi. Shnekli o’q isib, kunjaraning temperaturasi 60-65° ga yetgandan keyin, nagruzkani oshirish mumkin. Yog’ asosan pressning birinchi va ikkinchi sektsiyalarida siqib chiqariladi. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling