Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги
Turli yog’li urug’lardan yog’ olish. 3.1 Kungaboqar
Download 82 Kb.
|
5-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2. Paxta yog’i olish.
3. Turli yog’li urug’lardan yog’ olish. 3.1 Kungaboqar. Kungaboqar pistasining yanchilmasi (namligi 5,5% gacha) besh valli valtsovkadan o’tkaziladi. Yanchilmaning kamida 60% teshiklarining diametri 1 mm bo’lgan to’r elakdan o’tishi kerak. So’ngra yanchilma qozonning yuqorigi qasqonida yoki maxsus namlovchi shnekda 60-70° gacha isitilishi va namligi 8—9% gacha yetkazilishi kerak.
Qozonning qolgan qasqonlarida harorat sekin-asta ko’tarilib, tayyor bo’lgan tovarning qozondan chiqish oldidan harorati 95-1000 ga, namligi 5,5-6,5% ga keltiriladi. Tovar o’z-o’zini bug’lashi va shuning natijasida sifatli qovurilishi uchun besh qasqonli qozonning har qaysi qasqonida uning qalinligi 360 mm, olti qasqonli qozonda 260 mm bo’lishi kerak. Tayyor bo’lgan tovar forpressga yuboriladi. Agar FP yoki boshqa markali pressda ishlansa, u vaqtda kunjaraning qalinligi 8-9 mm, qoldiq yog’i 18% bo’lishi kerak. Shunda bitta press sutkasiga 60-80 t xom ashyoni qayta ishlaydi. Shnekli o’qi daqiqasiga 18 marta aylanadi. Agar MP-68 pressi o’rnatilgan bo’lsa, kunjaraning qalinligi 8-9 mm bo’lishi, qoldiq yog’i 18% dan oshmasligi kerak. Har bir press bir sutkada 170 t xomashyo ishlab chiqara oladi. Uning shnekli o’qi minutiga 24 marta aylanadi. Kunjara pressdan chiqqach, qalinligi 10 mm bo’lgan taxtacha shaklida qirqiladi, so’ng ekstraktsiyaga uzatiladi. 3.2. Paxta yog’i olish. Bunda qozonning yuqorisiga o’rnatilgan namlovchi shnekka berilayotgan I, II va III nav chigitdan tayyorlangan yanchilmaning namligi 8,5-9,5% va IV navniki 9,5-10,5% bo’lishi kerak. Bargsimon talqonning qalinligi 0,15-0,25 mm bo’lishi kerak. Bunday yan-chilma namlovchi-bug’lovchi shnekda to’yingan bug’ va kondensat bilan 70-80° gacha qizdiriladi va 11-12,8% gacha namlanadi. Past navli chigit uchun harorat 60-70° bo’lishi, namlik 12,0— 13,0% dan oshmasligi kerak Pishayotgan mag’iz talqoni (mezga) qozonning qasqonlarida 260—360 mm qalinlikda o’z-o’zini bug’laydi, qiziydi va pishadi. Qozonning oxirgi qasqoniga tushgan mezganing (I-III navlar uchun) harorati 100—105° (boshqa navlar uchun 95-100°) va namligi 6,8% bo’ladi. U xushbo’y hidli, barmoqlar bilan ezilganda yog’i oqib chiqadigan bo’lishi kerak. Tayyor bo’lgan mezga to’xtovsiz ravishda FP, MP, YeP yoki boshqa turdagi forpressga uzatiladi. Agar bu presslarning zeer kolos-niklari I sektsiyasining orasi 1,0-1,2 mm, II sektsiyasiniki 0,75 mm va III-IV sektsiyalarining orasi 0,45 mm bo’lsa, yog’ asosan I va II sektsiyalarning oxirida chiqib bo’ladi. Qolgan sektsiyalarda yog’ning. qolgan qismi siqib chiqariladi. Pressdan chiqayotgan kunjara uning oxiriga o’rnatilgan pichoq bilan qirqilib, kengligi 10—15 mm li lenta orqali valtsovka yoki tegirmon mashinalariga tushadi. Maydalangan kunjara donalarining yirikligi 1—2 mm dan oshmasligi shart. Bunday kunjara talqoni teshigining diametri 1 mm bo’lgan elakda elanganda 4% o’tishi kerak. Agar ekstraktsiyalash tsexiga berish uchun tayyorlangan kunjara talqoni bo’lmasa, press tsexidan maydalanib chiqayotgan kunjarani issiq holda ekstraktsiyaga berib bo’lmaydi. Uni sovitish uchun kunjara talqoni atrofidan sovuq suv aylanib turadigan shnekdan o’tkaziladi. Kunjaraning temperaturasi 65-70° ga tushgach, u ekstraktsiyalash tsexiga uzatiladi, forpressdan chiqqan qora yog’ 60° gacha sovitilib, fuza ishlovchi elaklarda tindirilib, tozalanib, so’ng rafinatsiyalash (tozalash) uchun yuboriladi. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling