Œзбекистон республикаси олий ва œрта махсус таълим вазирлиги
Ekstraktsiyalash. 4.1. Ektraktsiyalash nazariyasi
Download 82 Kb.
|
5-мавзу
4. Ekstraktsiyalash. 4.1. Ektraktsiyalash nazariyasi. Ekstraktsiyalash jarayoni borishi uchun yog’ erituvchida erishi, ya‘ni yog’ bilan erituvchining molekulalari aralashib ketishi kerak. Hosil bo’lgan eritma mistsella deb ataladi. Erituvchilar yordamida yog’ olishning juda ko’p usullari taklif etilgan. Bulardan uzlukli va uzluksiz usul ko’proq axamiyatga ega. Yog’li xomashyoni erituvchida bo’ktirib qo’yish uzlukli, to’xtovsiz eritib turish uzluksiz usullardir. Bo’ktirib yog’ini olish uchun yog’li xomashyoga sof erituvchi quyiladi. Bir qancha vaqtdan keyin mistsella hosil bo’ladi. Mistsella quyib olinib, tovarga yana toza erituvchi quyiladi. Xomashyo butunlay yog’sizlanib qolguncha bu ishlar bir necha marta takrorlanadi. Bu uzlukli usul hisoblanadn. Bu usul hozir qo’llanilmaydi. Xomashyo uzluksiz usul bilan ishlanganda bir-biriga qarama-qarshi holda bir tomondan erituvchi, ikkinchi tomondan tovar harakat qiladi. Bir tomondan yog’ga boy mistsella, ikkinchi tomondan yog’sizlangan shrot chiqib turadi. Bu usulda yog’ olish jarayoni tezlashadi. Ikki fazali holatdagi suyuqlikda moddaning bir fazadan ikkinchi fazaga o’tib turishi konvektsiya deb ataladi. Agar kontsentratsiya har xil bo’lishi sababli modda quyuq fazadan suyuq fazaga o’tsa, u tabiiy konvektsiya, agar moddaning siljishiga tashqi kuchlar sabab bo’lsa, u majburiy konvektsiya deb ataladi.
Ekstraktsiyalash jarayonida uch xil diffuziya yuzaga kelishi mumkin: yog’sizlantiradigan modda tarkibidagi yog’ni uning tashqi sathiga olib chiquvchi molekulyar diffuziya; yog’ni erituvchi bilan material chegarasi qavatidan olib o’tuvchi molekulyar diffuziya va yog’ni chegara qavatdan harakatdagi mistsella tomon undovchi konvektiv diffuziya. Shuni eslatib o’tish kerakki, chegara qavatdagi massa o’tkazish protsessida molekulyar diffuziya konvektiv diffuziyadan ustunroq turadi. Shunday qilib, yog’li materialni ekstraktsiyalashni modda o’tkazish nuqtai nazaridan molekulyar va konvektiv diffuziyalarning birligi deb qarash mumkin. Bu uch bosqichda o’tadigan ekstraktsiyalash o’ziga xos koeffitsientlarga: ichki diffuziya va zarrachalar hajmining koeffitsientiga; sof molekulyar diffuziya bilan chegara qavatining qalinlik koeffitsientiga va konvektiv diffuziya koeffitsientiga ega. Shularning jami va har qaysisi alohida ekstraktsiya-lash protsessiga katta ta‘sir qiladi. Shuning uchun bu protsess turli faktorlarning ta‘siri natijasida turlicha tezlikda va har xil o’tishi mumkin. Download 82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling