1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Download 257.52 Kb.
bet40/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
1-мавзу

Nitragin — juda faol tugunak bakteriyalarni tutgan bakterial preparat. Tuproqdagi tugunak bakteriyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, har bir dukkakli ekin o‘ziga xos bakteriyaga ega. Masalan, ba’zi bakteriyalar bedaning iddizida tugunak hosil qilsa, ayrimlari faqat no‘xatning, yana boshqalari esa faqatgina lyupinning ildiz tizimi bilan simbioz hayot kechiradi. Bunday o‘ziga xoslik ayrim hollarda juda kichik doirada namoyon bo‘ladi. Tugunak bakteriyalarga xos yana bir xususiyat — virulentlikdir. Virulentlik yoki boshqacha aytganda virusga moyillik bakteriyalarning ildiz ichiga kirib, tugunak hosil qilishidir. Faollik — tuganak bakteriyalarga xos uchinchi xususiyat. Tuganak bakteriyalarning faolligi deganda, atmosfera azotini o‘zlashtira olish xususiyati tushuniladi. Ushbu bakteriyalarning faqat faol shtammlarigina dukkakli ekinlarni atmosfera azoti bilan ta’minlay oladi. Dukkakli ekin ildiz tizimiga virulentlikkaega, lekin faol bo‘lmagan bakteriyalar kiritilsa, tugunaklar hosil bo‘ladi, ammo atmosfera azotining o‘zlashtirilishi sodir bo‘lmaydi. Tuproqqa kiritiladigan nitragindagi tugunak bakteriyalar virulentligi avvaldan mavjud bulgan bakteriyalar virulentligidan yuqori bo‘lsagina o‘simlik ildiziga kup miqdorda kiradi. Qadimdan sug‘oriladigan, Tuproqdarda avvaldan
Nitragin tuproqqa dukkakli ekin urug‘iga aralashtirib, kiritiladi. Buning uchun mayda urug‘larning har dukkakli yoki dukkakli don ekini yetishtirilayotgan bo‘lsa, nitragin ishlatishga hojat qolmaydi. Lekin yangidan dukkakli ekin eqiladigan paykalga nitragin preparati ishlatilmasa, tugunak bakteriyalar qosil bo‘lmaydi. Nordon Tuproqdarda tugunak bakteriyalar uz faolligini juda tez yo‘qotadi. Botqoq Tuproqdarda tugunak bakteriyalar deyarli uchramaydi (bunday Tuproqdarda har gal dukkakli ekin ekish oldidan nitragin ishlatish kerak). Nordon Tuproqdarga ohak, mahalliy, mineral(fosforli va kaliyli) va mikroo‘g‘itlar kiritilsa, bakteriyalarning virulentligi va faolligi oshadi. Azotli o‘g‘itlar bakteriyalarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqdarda tugunak bakteriyalar soni va faolligini oshirishning eng samarali va ishonchli usuli —nitragin kiritishdir.

Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling