1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Organik o‘g‘itlarni quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda qo‘llash biogen elementlarni yo‘qolishini kamaytiradi
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
Organik o‘g‘itlarni quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda qo‘llash biogen elementlarni yo‘qolishini kamaytiradi:
Almashlab ekish maydonining har gektariga 200 kg dan ortiq azot solmaslik. Chorvachilik kompleksi bo‘lgan ho‘jaliklarda almashlab ekish dalalariga oraliq ekinlar kiritish (masalan, yashil ko‘katlarni ham hayvonlarga yem-xashak hamda yashil o‘g‘it sifatida ishlatish). Kuzda to‘shamasiz go‘ngni maydalangan xashak bilan birga yoki yashil o‘g‘itlar bilan birga qo‘llash.Fosfor biogen element sifatida tuproqda kam harakatchan bo‘lgani uchun azotga nisbatan ekologik havf tug‘dirmaydi.Fosforni yo‘qolishi ko‘proq tuproq eroziyasi jarayonida sodir bo‘ladi. Tuproqni suv bilan yuza yuvilishi natijasida bir gektar yerdan 10 kg gacha fosfor yo‘qoladi. Qumoq tuproqlar, loyli tuproqlar yuqori yutish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun tuproq profilli bo‘yicha uni harakat qilishiga yo‘l qo‘ymaydi, ayniqsa grunt suvlarigacha yetolmaydi. Fosforni inson sog‘lig‘iga toksikligi SaO:R2O5 nisbatiga bog‘liq. Ularning nisbati 1:1 va 1:1,5 ga teng bo‘lishi zararsiz hisoblanadi.Dunyo bo‘yicha bir yilda 30 mln tonna fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqariladi. Shuncha miqdor o‘g‘it bilan tuproqqa 2-3 mln tonna ftor tushadi. Ftorni ortiqsa miqdori fotosintez, nafas olish jarayonlarini va o‘sishni sekinlashtiradi. Assimilyatsiya qiluvchi apparatni strukturasini buzadi. Ichiladigan suvlar tarkibida bu elementni ortiqcha konsentratsiyasi (2 mg/l) insonlar tishini emalini buzadi, suyak flyuorozi kasalligini vujudga keltiradi. Bir tonna superfosfat bilan tuproqqa 160 kg ftor tushadi. Oddiy superfosfatda ftor -20 mg/kg, rux -100 mg/kg, margumush -300 mg/kg bo‘ladi. Fosforit unida 20 mg/kg qo‘rg‘oshin, 2 mg/kg kadmiy bo‘ladi. Bundan tashqari fosforli o‘g‘itlar bilan tuproqqa vannadiy ham tushadi. Tuproqni yuza qismini yuvilishi bilan bir gektar yerdan 14 dan 34 kg gacha R2O5 chiqib ketadi. Fosforni tuproqdan yo‘qolishi eroziyaga qarshi olib boriladigan tadbirlar bilan kamayishi mumkin. Suvda fosforning to‘planishi suv o‘tlarining tez o‘sishiga (evtrofikatsiya) sabab bo‘ladi va suv yuzasini suv o‘tlari bosib ketadi. Suv havzalariga ko‘p miqdorda azot va fosfor tutuvchi birikmalar kelib tushadi va suvdagi hayvonlarni zaharlanishiga sabab bo‘ladi. Suvda biomassaning ko‘payishi kislorodni kamayishiga sabab bo‘ladi va anaerob jarayon kuchayadi, oltingugurt va ammiak to‘planadi va hakazo. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari buzilib kislorod defitsiti vujudga keladi, bu esa baliqlarni nobud qiladi va bu suv ichishga ham xatto cho‘milishga ham yaroqsiz bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham toza suvlarni saqlash uchun kurashish-tabiatni muhofaza qilishning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Suvdagi o‘simliklarni optimal o‘sishi fosforni konsentratsiyasi 0,09-1,8 mg(l, nitratning konsentratsiyasi 0,9-3,5 mg(l ga teng bo‘lganda kuzatilgan. Bu elementlarning konsentratsiyasini kamayishi suv o‘tlarini o‘sishini to‘xtatadi. Suvga tushadigan 1 kg fosfor 100 kg fitoplanktonni hosil qiladi. Suv o‘tlarining ta’sirida suvni “gullashi” fosforning suvdagi konsentratsiyasi 0,01 mg(l dan yuqori bo‘lganda kuzatiladi. Insonlar salomatligi nuqtai nazaridan suvdagi nitratlar va toksik moddalarning miqdori standart bo‘yicha ruxsat etilgan konsentratsiyadan (PDK) oshmasligi juda muhimdir. Kichik maydonlarda to‘shamasiz go‘ngni yuqori normalarda qo‘llash tabiiy suv manbalarini ifloslantiradi, tuproq unumdorligini pasaytiradi va tuproq xossalari yomonlashadi. Natijada bu maydonlardan olinadigan o‘simlik mahsulotlari oziq-ovqat va yem-xashak sifatida ishlatish uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Kaliy fosfor kabi tuproqda kam harakat qiladi, shuning uchun uni tuproqdan yo‘qolishi va suv havzalarini ifloslantirish darajasi nitratlar qaraganda pastroq ammo fosforga qaraganda yuqori bo‘ladi. Kaliy tuproqlardan yuvilish va eroziya natijasida tabiiy suvlarga kelib tushadi. Mexanik tarkibi yengil tuproqlardan kaliy ko‘p yuviladi. Kaliyni ichladigan suvlardagi ruhsat berilgan yuqori konsentratsiyasi 1-2 mg(l ga teng. Asosiy kaliyli o‘g‘it sifatida kaliy xlorid ishlatiladi. Kaliy xloridni eng asosiy salbiy xususiyati-tarkibida xlor bo‘lib, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, tuproqni xlor bilan ifloslantiradi. Kaliyli o‘g‘itlarni o‘tloq va yaylovlarda yuqori dozalarda qo‘llash tuproqda magniy, kadmiy va borni (V) balansini buzadi, bu elementlarni yem-xashak tarkibidagi nisbati uni istemol qiladigan hayvonlarning sog‘lig‘iga zarar yetkazadi. Mineral o‘g‘itlarni salbiy ta’sirini oldini olish, samaradorligini oshirish uchun o‘simliklarni o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsiyentini oshirish va ularni yo‘qolishini kamaytirish zarur. Mineral o‘g‘itlarni atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishning eng asosiy yo‘li-o‘g‘itlar qo‘llash texnologiyasini mukammallashtirishdir (o‘g‘it solish muddati, usuli, chuqurligi va boshqalar). Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida o‘g‘itlar qo‘llash alohida o‘rin egallaydi, sug‘orish ishlari noto‘g‘ri olib borilganda tuproqlarni sho‘rlanishi mumkin. Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida sekin ta’sir etuvchi o‘g‘itlarni qo‘llash hamda nitrifikatsiya ingibitorlarini qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Azotli o‘g‘itlarni bo‘lib-bo‘lib solish maqsadga muvofiqdir. Nitratlarni yuvilishini oldini olish uchun o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlari va usullarini eroziyaga qarshi ishlash chora-tadbirlari bilan birgalikda olib borish kerak. Tabiiy suvlarni azotli mineral birikmalar bilan ifloslanishi kimyolashtirish ta’sirida vujudga kelmasdan, balki tuproqqa o‘g‘itlar qo‘llash texnologiyasini buzish natijasidir. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling