1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti


Kaliyli o‘g‘itlarning ekologik sharoitga ta’siri


Download 257.52 Kb.
bet50/54
Sana30.04.2023
Hajmi257.52 Kb.
#1411198
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
1-мавзу

Kaliyli o‘g‘itlarning ekologik sharoitga ta’siri
Kaliy elementi ham azot va fosfor singari eng zarur oziq moddasi hisoblanadi. U o‘simlik organizmida turli hayotiy vazifalarni bajaradi-fotosintezning normal ketishiga, barglarda uglevodlarni o‘simliklarning boshqa organlariga oqib o‘tishiga yordam beradi, bir qancha fermentlarning aktivligini oshiradi, protoplazma kolloidlarining gidrofillik darajasini kuchaytirib, hujayralarning turgorlik holatini saqlash uchun osmotik konsentratsiyasini bir meyorda tutib turishiga yordam beradi. O‘simlik tarkibida kaliyning miqdori 0,01% dan 2-3% gacha boradi.
Kaliy elementini o‘simliklar rivojlanishining birinchi davrida (gullagunga qadar) ko‘p ishlatib, ikkinchi davrida unga nisbatan talabi qariyib ikki barobar kamayadi.
Kaliy ko‘pchilik tuproqlarda yetarli miqdorda bo‘lib, o‘simliklar uni kaliy ioni shaklida o‘zlashtiradi. O‘simliklarda kaliy kolloidlarning bo‘kishi uchun imkoniyat yaratadi va hujayralarning turgor holatini saqlab turadi. Kaliy yetishmasa o‘simliklar so‘lib qoladi, haddan tashqari ko‘p bo‘lganda esa, hujayra shirasining osmotik bosimi ortib ketadi.
Kaliyli o‘g‘itlardan eng ko‘p tarqalganlari: kaliy xloridi, kaliy sulfati, kaliyning tabiiy xom ashyo tuzlari (silvinit va boshq.) kiradi. Kaliyli o‘g‘itlar tarkibida xlor, natriy kabi elementlar bo‘ladi. Agar kaliyli o‘g‘itlar muntazam yerga berilganda, tuproqda xlor, natriyning to‘planishi va hosildorlikni kamayishi kuzatiladi. O‘g‘itda xlor miqdori ko‘paytirilsa, g‘alla ekinlari somonida xlor miqdori 4-5 martaga ko‘payadi.
Kaliy o‘g‘itlarida og‘ir metallarning bo‘lishi juda xavfli hisoblanadi. Ular (Cd, Hg, Pb, Sr, Al) tirik organizmlar tanasida to‘planadi va tuproqdan yer osti suvlariga o‘tadi (121- jadval).
Калий тузларининг ортиқчаси ўсимликлар танасида тўпланади ва ёмон оқибатларга олиб keladi, o‘g‘itlarda K, Na ning bir-biriga nisbati K:N(5:1 bo‘lishi va yem-xashaklarda kaliy miqdori 0,03-0,10 %i hayvonlar talabini qondiradi. Yem-xashakda K2O miqdori 2,5-3,0% dan, Na miqdori esa 0,25% dan ortmasligi kerak. O‘tlarda magniy miqdori 0,13-0,15% gacha kamaysa, hayvonlar gipomagneziya kasalligiga uchraydi. Hayvonlarning normal rivojlanishi uchun ularni 1 kg massasiga ozuqa orqali 12-15 mg Mg o‘tishi kerak.

Zararli elementlarning kaliy o‘g‘itlardagi miqdori,


mg(kg (Kuzina va bosh.)

 O‘g‘itlar


Download 257.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling