1. Kirish Agrokimyo fanining maqsadi, vazifalari va uslubiyoti
Mineral va organik o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashning ekologik mohiyati
Download 257.52 Kb.
|
1-мавзу
Mineral va organik o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llashning ekologik mohiyati
Qishloq xo‘jaligini jadallashtirish va yerdan yuqori hosil olish uchun yildan-yilga ko‘plab mineral va organik o‘g‘itlar ishlatilmoqda. Shu bilan bir qatorda qishloq xo‘jalikda yangi uslublar, progressiv texnologiya, yuqori hosil beruvchi navlar joriy qilinmoqda Lekin ko‘plab mineral o‘g‘itlardan va turli texnologiyadan foydalanish natijasida tuproqqa antropogen og‘irlik tushirib, tuproqning biologik va ekologik holatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. Yerga meyorida berilgan mineral va organik o‘g‘itlar tuproqning oziqalik hamda agrokimyoviy holatini oshirgan, ekinlar mahsuloti yuqori bo‘lgan, tuproqda turli foydali mikroorganizmlar (ammoniy, nitrat, denitrit va sellyulozani parchalovchilar)ning miqdori ko‘paygan, tuproqning fermentlik faoliyati oshgan. Yerga yuqori miqdorda mineral o‘g‘it berish juda ko‘p salbiy ekologik voqeliklarni keltirib chiqaradi, ya’ni tuproqda azotning natriyli birikmalari ortib ketadi. Nitrat ekinlarning hosili (ayniqsa, kartoshka, piyoz, sabzi, bodring, pomidorlar)da ko‘p miqdorda to‘planadi, tuproqning kimyoviy tarkibini buzadi va ayrim kimyoviy elementlarning harakatchan formasi hosilda to‘planishiga sabab bo‘lib, tuproqning umumiy ekologik holatini buzadi, mahsulot ekologik zaharli bo‘ladi. Undan tashqari yerga yuqori miqdorda o‘g‘it berish natijasida yana qo‘shimcha salbiy ekologik holatlar yuzaga keladi. Jumladan, ekinzordagi o‘simliklarning poyasi nimjon bo‘lib, tanasi poyasini ko‘tara olmasdan yotib qoladi, bu holda ekinzorning hosili past, ikkinchi tomondan tuproqda turli tuzlar miqdori ortib ketadi. Uchinchidan, mikroorganizmlar qabul qilib to‘playdigan molekulyar azot, organik azot birikmasiga aylanishga ulgurmasdan, atmosferaga qaytib chiqib ketadi. Demak, yerga doim ko‘plab mineral o‘g‘it berish natijasida tuproqda bo‘lib o‘tadigan mikrobiologik jarayonlar va o‘simliklarning oziqlanish rejimi buziladi, tuproq unumdorligi pasayadi, ekinlardan kam hosil olinadi. Lekin mineral va organik o‘g‘it birgalikda qo‘llanilganda tuproqda mikroorganizmlar yaxshi rivojlanadi va ularning faoliyati kuchayadi. Shuning uchun ham tuproqning agrokimyoviy holatlari va uning bioekologik faoliyatini birlikda qaramoq kerak. Shunday qilib, ekin maydonlaridan olinadigan hosil tuproqning biologik holati, unumdorligi, o‘simlik navining xususiyatlari, ma’lum tuproq sharoiti, navning ekologik moslashishi hamda tuproqda o‘tadigan mikrobiologik jarayonlarga bog‘liqdir. Olimlarning ko‘p yillar davomida olib borgan tadqiqot ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, chimli kul rang tuproqli yerlarni gektariga 180 kg azot, 180 kg fosfor, 180 kg kaliy va 60 t go‘ng berilgan. Lekin yuqori miqdordagi mineral o‘g‘it berilgan yerga ekilgan kartoshka hosili juda oz miqdorda oshgan, undan tashqari kartoshkaning sifati yomonlashgan, uning tarkibida kraxmal miqdori kamayib, oqsil miqdori ortgan, hosil ekologik foydali bo‘lmagan. Yuqori miqdordagi mineral o‘g‘itlr qo‘llash, tuproqdagi mikrobiologik jarayonlarni buzilishiga, organik o‘g‘itlarning mohiyatini pasayib ketishiga olib kelgan. Masalan, uzoq yillar mobaynida qand lavlagi ekilgan yerning 1 gektariga azot 240 kg, fosfor 300 va kaliy 360 kg miqdorida o‘g‘it (jami 900 kg(ga) berilganda nitrifikator bakteriyalar miqdori 1,5 barobar, denitrofikatorlar 10, ammonifikator 13 va sellyuloza parchalovchi mikroorganizmlar 7 marta kamayib, zamburug‘lar soni 2 marta ortgan. Markaziy qora tuproq mintaqasi yerlariga g‘alla va lavlagi almashtirib ekish jarayonida gektariga mineral o‘g‘it 150 kg dan (azot 45, fosfor 60, kaliy 45 ) 450 kg gacha (azot 135 kg, fosfor 180, kaliy 135 kg) ishlatilgan. Buning natijasida tuproqda mikroorganizmlarning umumiy miqdori ortgan. Tuproqning ekologik holati yaxshilangan. Ko‘p miqdordagi mineral va organik o‘g‘itlar birgalikda yoki alohida-alohida qo‘llanilganda ham kam foyda bergan, hosil kam, uning ustiga kartoshkaning sifati past, tarkibida protein va azotning nitrat formasi ko‘p, kraxmalning miqdori kam bo‘lgan. Natijada kartoshkaning zarrachaligi pasayib, u tezda qorayib qoladigan va ta’mi, mazaliligi yomonlashgan (Mineyev, Rempe,1990). Arpa ekilgan yerlarga organik-mineral o‘g‘it birgalikda berilganda ammonifikator bakteriyalarning miqdori 3-20 marta, denitrifikatorlar 2-10, nitrifikator bakteriyalar miqdori esa 1,7-2,8 barobar ortgan. O‘g‘it miqdori azot 60 kg, kaliy 60, fosfor 60 kg, go‘ng gektariga 40 tonna bo‘lganda arpadan eng yuqori hosil olingan. Arpada oqsilning miqdori 1,4-3,4% gacha oshgan. Organik va mineral o‘g‘itlarni birgalikda qo‘llash jarayonida azotning foydalilik koeffitsiyenti 4-5% ga ortadi, uning gazsimon formada yo‘qolishi 14-16% ga kamayadi, tuproqning azotni ushlab qolish qobiliyati esa kuchayadi va organik azotning o‘simlikka o‘tishi tezlashadi.Tuproqdagi bu ijobiy jarayonlar, uning bioekologik xususiyatlarini yaxshilanganligidan dalolat beradi. Yer unumdor, olingan hosil esa ekologik toza bo‘ladi. Keyingi yillarda O‘zbekistonning kimyogar olimlari oddiy mashina-uskunalar yordamida organik chiqindilardan hidsiz, begona o‘tlarning urug‘i qolmagan, qishloq xo‘jalik ekinlari uchun zarur bo‘lgan mikroelementlarga boy, ko‘pchigan va sochilib ketadigan modda - biogumus o‘g‘itini kashf etishdi. Organik chiqindidan olingan bu biogumus o‘g‘it tarkibida 5% azot, 4% gacha fosfor, 4,5% gacha kaliy va 50% gacha organik modda va 27% gacha gumus bor. Foydali moddalarga boy bu o‘g‘it “sof” go‘ngdan ham ustundir. Sababi go‘ngda organik chiqindi to‘la chirib yetmagan va ikkinchi tomondan uning tarkibida begona o‘tlarning ming-minglab urug‘i bo‘lib, ular ekinzorlarni begona o‘tlar bilan ifloslaydi. Biogumus o‘g‘iti esa chirigan, begona o‘simliklar urug‘isiz va yerga berilganda tuproqda mikrobiologik jarayonlar yaxshi o‘tadi, o‘g‘itdagi moddalar esa o‘simliklar tomonidan tez o‘zlashtiriladi. Olingan hosil esa ekologik toza va zararsiz bo‘ladi. 1995 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Faqat O‘zbekistonda 50 dan ortiq parrandachilik fabrikasi, 26 ta cho‘chqachilik fermasi, 29 ta yirik sanoat chorvachilik majmui, 116 ta bo‘rdoqichilik korxonalari, minglab fermalar bo‘lgan. Ularda ming-ming tonnalab organik chiqindi to‘plangan Ularni ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etilsa ishlov, faqat Toshkent, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda hozirgi kunning o‘zida 5 mln tonna biogumus o‘g‘iti olish mumkin. Respublika miqyosida biogumus o‘g‘iti tayyorlanib, ekin maydonlarida qo‘llanilsa, tuproqni zaharli moddalardan toza saqlab, uning fizikaviy, kimyoviy va bioekologik xislatlarini tiklab, olingan hosilning ekologik toza bo‘lishi bilan bir qatorda atrof-muhit (suv, tuproq, havo) ning organik chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olgan bo‘lamiz. Atrof muhitni o‘g‘itlar bilan ifloslanishini oldini olish chora-tadbirlari Insonlar uchun kerakli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘payishi, qoramollar uchun yem-xashak mahsulotlarining sifatini yaxshilanishi va umuman qishloq xo‘jalik rentabelligini ortishida agrokimyoviy vositalarning roli katta. Shuni aytish lozimki, agrokimyoviy vositalardan noto‘g‘ri foydalanilsa, ular hosildorlik va atrof-muhitga negativ ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda bu masalalar bizning mamlakatimizda va chet ellarda muhokama qilinmoqda. Ko‘pgina mamlakat olimlarining diqqati biosferani ma’dan o‘g‘itlar bilan ifloslanishiga qarshi kompleks tadbirlar ishlab chiqishga qaratilgan. Atrof-muhit masalalari global masshtabda bo‘lib, xalqaro ahamiyatga ega. “Dunyo bo‘yicha beriladigan o‘g‘itlar, agrokimyoviy vositalarning uchdan bir qismi tuproqdan yuvilib ariqlarga, ko‘llarga va nihoyat daryolarga tushishi mumkin. Ariq va ko‘llarda oziq elementlarining, birinchi navbatda fosforli birikmalar, bog‘langan azot va boshqalarning yig‘ilishi natijasida ko‘k-yashil suv o‘tlarining gullashi va organik moddalarining yig‘ilib suvlarning ifloslanishiga olib keladi”-deb yozadi A.Vinogradskiy. Shunga o‘xshash anologik fikrlarni I.Gerasimov va M.Budiko lar ham bildirdilar. Qishloq xo‘jaligida, o‘rmonchilikda va boshqa xo‘jaliklarda turli ma’dan o‘g‘itlarni va boshqa kimyoviy vositalarni qo‘llash ijobiy ta’siri bilan bir qatorda modda va energiyalarning tabiiy aylanish (sikl) bosqichlarini buzilishiga olib keladi. Atrof-muhitni o‘g‘itlar bilan ifloslanishini oldini olishning asosiy chora-tadbirlari, asosiy yo‘llari bizning fikrimizcha quyidagilardir; O‘g‘itlarni tashish, saqlash va qo‘llashni tashkil qilish; Almashlab ekishda va alohida ekin turlariga o‘g‘it qo‘llash texnologiyasi qoidalariga rioya qilish; O‘g‘itlarning kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossalarini yaxshilash. Download 257.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling