1. Kirish. Asosiy qism. O‘zbek tili frazeologizmlarining o‘rganilish tarixi


Frazeologizmlarning badiiy asardagi o‘rni haqida


Download 30.12 Kb.
bet3/4
Sana26.11.2021
Hajmi30.12 Kb.
#177681
1   2   3   4
Bog'liq
Frazeologiya

2. Frazeologizmlarning badiiy asardagi o‘rni haqida.

O‘zbek adabiyotida A.Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, G‘afur G‘ulom, P.Qodirov, O.Yoqubov, O‘.Hoshimov, Said Ahmad kabi atoqli yozuvchilar yaratgan asarlarida o‘zbek xalqi ma’naviyatini, madaniyatini milliy mentalitetini yorqin namoyon etadigan milliy obrazlar mavjud. Bunday obrazlar sirasiga Yusufbek Hoji, Otabek, Solih Mahdum, Oftoboyim, Zebi, Miryoqub, Yo‘lchi, Gulnor, Jo‘ravoy, Saodat, Shum bola, Navoiy, Bobir, Mirzo Ulug‘bek, Munis, Ikrom, Nizomjon, Farmonbibi va boshqa ko‘plab ular kabi yorqin timsollarni keltirishimiz mumkin. Mana shunday tipik obrazlar yaratgan yozuvchilarimiz qatoriga T.Murodni kiritsak bo‘ladi. T.Murodning “Ot kishnagan oqshom” kitobiga yozuvchi Said Ahmad so‘z boshi yozar ekan, unga shunday baho beradi:

“Tog‘ay Murod ana shu ijodkor avlodning talantli vakilidir.

Tog‘ay Murod adabiyotga tutab emas, yonib kirib keldi. Tog‘ay Murod qissalari sof milliy o‘zbek qissalari. Tog‘ay Murod qissalarida tasvirlangan odamlarga boshqa xalq libosini kiydirsangiz ham o‘zbekligi bilinib turadi. Ularning xulq atvori ham boshqa xalqqa o‘xshamaydi.

Tog‘ay Murod tasvirlagan Surxon polvonlari chinakam o‘zbek polvonlaridir…” 1

Tog‘ay Murod Mengnazarov – Tog‘ay Murod(taxallusi) 1948-yilda Surxandaryoda tavallud topgan. 1966-yilda ToshDUning jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib 1972-yilda tugatgan, respublika radiosida muharrirlik qilgan.

“O‘zbekiston fizkulturachisi” gazetasida “Fan va turmush” jurnalida ishlagan. Moskvada tahsil olgan.

1976-yilda Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” degan ilk qissasi “Sharq yulduzi” jurnaliga chop etilgach, kitobxonlar og‘ziga tushdi. Ketma-ket adibning “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar” (1980) va “Momo yer qo‘shig‘i” (1985) kabi o‘zbek milliy qissachiligining yangi namunalari dunyoga keldi. Ular ham yuksak baholanib O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Adib 1986-1991-yillarda “Otamdan qolgan dalalar” romanini yaratdi. Mazkur roman 1993-yilda chop etilib, 1994-yili Abdulla Qodiriy tavalludining yuz yilligida unga Abdulla Qodiriy nomidagi Respublika davlat mukofoti berildi.

“Otamdan qolgan dalalar” ijtimoiy roman bo‘lib, nafaqat adib ijodida, balki 90-yillar o‘zbek adabiyotida ham katta voqea bo‘ldi. Unda mustabid tuzum ildizlari ro‘yi-rost ochib tashlandi. Ochilganda ham o‘zgacha til jilolari, o‘zgacha tasvir ohanglarida fosh etildi. Undagi bosh qahramon Dehqonqul o‘zbek xalqining umumlashgan ramziy obrazi darajasiga ko‘tarildi.

Tog‘ay Murod iste’dodli tarjimon sifatida 1974-1975 yillarda J.Londonning “Boyning qizi” dramasi va bir necha hikoyalarini tarjima qildi. 1989-yilda E.Seton-Tompsonning mashhur “Yovvoyi yo‘rg‘a” kitobini o‘zbekchalashtiradi. Uning “Otamdan qolgan dalalar” asari asosida ikki qisimdan iborat film yaratilgan. Unga 1999-yilda “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni berilgan.

Tog‘ay Murod romanlari adibning, qolaversa, milliy adabiyotimizning shunchaki navbatdagi namunalari emas. XX asr, aniqrog‘i, salkam bir asr davom etgan istibdod nihoyasida maydonga kelgan "Otamdan qolgan dalalar" bilan "Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi" romanlari o‘sha asr ibtidosida o‘lkada yuz bergan milliy uyg‘onish natijasida boshlangan millatning bir necha avlod asl o‘g‘lonlari – yorqin iste’dodlar qalbini olov bo‘lib o‘rtagan mislsiz dard, istibdodga qarshi isyon-u fig‘onlari silsilasining davomi, asr oxiridagi intihosi, balki so‘nggi nidosi kabi yangraydi. Har ikki asarning poetik qamrovi ham ayni istibdod davri sanalari bilan chegaralangan.

Tog‘ay Murod avji ijodiy barkamol yoshida 2003-yil bevaqt vafot etdi.



Agar milliy uyg‘onish jarchilaridan biri Abdulla Qodiriyning shoh asari - birinchi o‘zbek milliy romani "O‘tkan kunlar"ning bosh qahramoni chorizm bosqini chog‘i, ilk to‘qnashuvda oldingi safda turib qahramonlarcha shahid bo‘lgani haqidagi xabar bilan yakunlansa, Tog‘ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romani voqealari ayni shu palladan boshlanib, istibdodning so‘nggi kunlari talvasasi tasviri bilan xotimalanadi. Ma’lumki, yozuvchi o‘z asarlarining xalqqa manzur, tushunarli bo‘lishi uchun xalq tilidan, xalq hikmatlaridan, xalq iboralaridan, xalq maqollaridan, serjilo so‘z va tasviriy ifodalaridan o‘rinli va unumli foydalana olishi lozim. Ana shundagina so‘z san’atkori yaratgan asar, u yaratgan obrazlar, bu obrazlarning fe’l-atvori, dunyoqarashi, surat va siyrati jonli bo‘ladi, takrorlamas bo‘ladi va ular xalqning bebaho mulkiga aylanadi. Mana shunday xususiyatlari bilan ajralib turadigan romanlar o‘zbek adabiyotida kam emas. Bular sirasiga Cho‘lponning ”Kecha va kunduz”, A.Qodiriyning ”Mehrobdan chayon”, ”O‘tkan kunlar”, Oybekning ”Qutlug‘ qon” va ”Navoiy”, A.Qahhorning ”Qo‘shchinor chiroqlari”, ”Sarob”, O.Yoqubovning ”Ulug‘bek xazinasi”, ”Diyonat”, P.Qodirovning ”Yulduzli tunlar”, ”Humoyun va Akbar” , S.Ahmadning ”Ufq”, O‘.Hoshimovning ”Ikki eshik orasi”, ””Dunyoning ishlari”, T.Murodning ”Otamdan qolgan dalalar”, Sh. Xolmirzayev, O‘.Umarbekov va boshqa ko‘plab adiblarimizning asarlarini kiritish mumkin


Download 30.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling