1. Kirish. Asosiy qism. O‘zbek tili frazeologizmlarining o‘rganilish tarixi


Download 30.12 Kb.
bet1/4
Sana26.11.2021
Hajmi30.12 Kb.
#177681
  1   2   3   4
Bog'liq
Frazeologiya



Frazeologiya

Reja:

1.Kirish.

2.Asosiy qism.

1. O‘zbek tili frazeologizmlarining o‘rganilish tarixi

2. Frazeologizmlarning badiiy asardagi o‘rni haqida

3.Asarda qo‘llanilgan iboralarning leksik-semantik xususiyatlari

3.Xulosa.

4.Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish

Ona tili va adabiyot fanlarining umumiy o‘rta talim maktablarida o‘qitilishi davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Yoshlarga ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan nutq sharoitiga ko‘ra to‘g‘ri, o‘rinli va samarali foydalanish malaka va ko‘nikmalarini singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, udum va an’analarimiz ruhida tarbiyalashda o‘rta umumta’lim maktablarida o‘tiladigan “Ona tili” va “Adabiyot” fanlarining tutgan o‘rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, ajdodlar an’analarini davom ettiruvchi, ijodiy fikrlovchi barkamol insonni tarbiyalashda bu fanlar boshqa fanlarni ham mukammal o‘zlashtirishda o‘quvchilarga kalit vazifasini o‘taydi.

Jamiyat rivojlangan sari xalqning madaniyat darajasi ham ortib boraveradi. Madaniy hayotning rivoji, avvalo, jamiyat a’zolarining madaniy so‘zlashuvga o‘lgan ehtiyojining ortib borishi bilan belgilanadi. Yoshlarda yuksak nutq odobini tarbiyalash maktabda “Ona tili” va “Adabiyot” fanlari zimmasiga tushadi

XX asr o‘zbek adabiyotida “Otamdan qolgan dalalar” romani bilan o‘chmas iz qoldirgan Tog‘ay Murodning frazeologizmlardan, shu jumladan og‘zaki nutq frazeologizmlaridan foydalanish mahoratini o‘rganish o‘zbek adabiy tilining ichki manba asosida qanday boyib borayotganini o‘rganish uchun asos bo‘ladi. Mazkur ishda Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida o‘zbek adabiy tilining va Surxon shevasiga xos frazeologizmlardan foydalanish mahorati tadqiq etiladi. Yozuvchilarning asar qahramonlarining o‘ziga xos jihatlarini tasvirlashda frazeologizmlardan qanday foydalanganligi o‘rganish har doim dolzarbligicha qoladi. BMI materiallaridan yozuvchi va shoirlarning tilidan foydalanish mahorati bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimiz orqali Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanida qo‘llangan frazeologizmlar leksik-semantik guruhlari va yozuvchining ulardan foydalanish mahoratini o‘rganishni maqsad qilib qo‘yganmiz va imkoniyatimiz doirasida ularni tahlil qilishga harakat qilganmiz.



Download 30.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling