1. Kirish. Asosiy qism. O‘zbek tili frazeologizmlarining o‘rganilish tarixi


Asarda qo‘llanilgan iboralarning leksik-semantik xususiyatlari


Download 30.12 Kb.
bet4/4
Sana26.11.2021
Hajmi30.12 Kb.
#177681
1   2   3   4
Bog'liq
Frazeologiya

3. Asarda qo‘llanilgan iboralarning leksik-semantik xususiyatlari

Tilshunoslikning frazeologiya sohasi soʻzga semantik jihatdan ekvivalent boʻladigan turgʻun soʻz birikmalari – ma’no hamda struktura jihatidan bir butun gapga toʻgʻri keladigan turgʻun iboralarni o‘rganish, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tekshirish bilan shugʻullanadi. Frazeologizmlar so‘zlar kabi tilning lug‘aviy birliklarini tashkil etuvchi, koʻp uchraydigan, oʻtkir ma’noli, nutqda tez-tez takrorlanib turadigan barqaror soʻz birikmalaridir. Bular oʻzlarining ifodalaydigan ma’nolariga koʻra har doim tayyor holda qoʻllaniladigan va bir butun holda ayrim soʻzlarga toʻgʻri keladigan barqaror soʻz birikmalari sanalsa ham, ba’zan butun bir gapga toʻgʻri kelishi ham mumkin. Frazeologiya tilda uzoq davrlardan buyon bir qolipga kelib qolgan, nutq jarayoniga xuddi so‘zlar kabi tayyor holda kiritiladigan barcha turgʻun soʻz birikmalarini oʻz ichiga oladi. Shuning uchun u yoki bu iborani frazeologiya tarkibiga kiritishda ularning soʻzga yoki gapga ekvivalent boʻlishiga qarab emas, balki ular fikrlashda tayyor holda olinadimi yoki nutq soʻzlanayotgan paytda hosil qilinadimi – masalaning ana shu tomoniga alohida e’tibor berish kerak. Frazeologik iboralarni turli tomondan oʻrganish va unga har tomonlama yondashish, uning xususiyatlarini ochish, umumlashtirish yangidan-yangidan iboralar hisobiga tilimizni boyitish uchun xizmat qiladi. Frazeologik iboralarning leksik-semantik xususiyatlarini oʻrganish bilan birga, ularning grammatik qurilishi, komponentlar tarkibi, ularning oʻzaro bogʻlanishi, gapdagi vazifasi, mavjud grammatik kategoriyalarga munosabatini aniqlash ham ularning umumiy xususiyatlarini koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega.

Tilshunoslikda frazeologizmlarni aniqlashda ularning tayyor holda nutqda qoʻllanilishi, ifodaliligi, tarjima qilinmasligi kabi belgilariga asoslaniladi. Lekin bu belgilar frazeologik iboralarning ichki hamda tashqi sintaktik aloqa va munosabatlarini koʻrsatmaydi. Frazeologizmlarni aniqlashda uni til sistemasiga kirituvchi tashqi munosabatlar ham hisobga olinishi kerak. Bu munosabatda frazeologik ibora kontekstdagi boshqa erkin soʻzlar bilan grammatik aloqaga kirishadi, ba’zan bu munosabat shu darajada boʻladiki, sintaktik planda bu soʻz frazeologik iboradan ajratilmay, uning qatorida olib qaraladi. Frazeologiya mustaqil fan boʻlib ajralib chiqqanidan buyon oʻtgan nisbatan qisqa vaqt ichida frazeologik birliklar turli jihatlardan oʻrganildi. Ularning semantikasiga, grammatik qurilishiga, sintaktik vazifasiga, stilistikasiga oid qator ilmiy izlanishlar yuzaga keldi.

T.Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani iboralarini tahlil qilar ekanmiz, asarda o‘zbek tiliga xos 300 ga yaqin iboraning 400 marotabadan ortiq qo‘llanganligining guvohi bo‘lamiz. T.Murod iboralarni takror-takror qo‘llashdan qochadi. Vaholanki uning so‘zlarga kuchli bo‘yoq berish maqsadida so‘zlarni, so‘z birikmalarini, ba’zan butun boshli gaplarni takror qo‘llash usuli hammaga ma’lum. Biz romanda boshidan qolsin, esidan chiqmoq, esini yig‘moq, gap yo‘q-so‘z yo‘q, gap o‘roli kelganda, ichidan qirindi o‘tmoq, ko‘z ostidan qaramoq, ko‘z uzmaslik, ko‘zi ketmoq, ko‘zini olmaslik, ko‘ngli uvushmoq, ko‘rmayin ham-kuymayin ham, mehmon atoyi xudo, nazar solmoq, oyoq ilmoq, past ketmaslik, qirchinidan qiyilmoq, quloq solmoq, qo‘li kosov-sochi supurgi, razm solmoq, so‘z bermoq, tili bormaslik, tilga kelmoq, toqati toq bo‘lmoq, yo‘l bo‘lsin, yo‘l olmoq, o‘pkasini bosolmaslik kabi iboralarninggina ikki, ayrimlarining uch-to‘rt marta qo‘llanganligini ko‘ramiz. Bu hol yozuvchining o‘z qahramonlari nutqiga huda-behudaga iboralarni kiritib, sun’iy bo‘yoqdorlik yaratishdan qochganligini ko‘rsatadi. Chindanda, yozuvchi asar bosh qahramoni Dehqonqul nutqida ham, uning onasi Bolxin moma nutqida ham, kolxoz raisi yoki maktab direktori nutqida ham iboralarni ko‘p ishlatmaydi. Ishlatganda ham mo‘ljalni aniq oladi. Romanda qo‘llangan iboralarning leksik-semantik xususiyatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, ular ko‘proq asar hikoyachisi tilidan keltirilgan. Bu tabiiy. Asar Dehqonqul tilidan bayon etilgan. Oddiy o‘zbek paxtakori Dehqonqul nutqi butun bo‘y-basti bilan o‘zining Surxon vohasi kishisi ekanligini ko‘rsatib turadi. Frazeologizmlar tarkibida qaysi turkumga oid so‘zning yetakchiligiga qarab, ot, fe’l, sifat yoki boshqa komponentli iboralar deb qaraladi. Biz ishimizda frazeologizmlarni semantik ma’no ifodalashiga ko‘ra guruhlab o‘rganish metodini maqsadga muvofiq deb tanladik. Shunga ko‘ra romanda qo‘llangan iboralarni quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.

1. Kishi tana a’zolari nomlari va ularning faoliyatini ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

2. Mavhum tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

3. Hayvonlar, o‘simliklar nomlarini hamda ular bilan bog‘liq tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar ishtirokidagi iboralar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бердиёров Ҳ., Расулов Р., Йўлдошев Б. Ўзбек фразеологиясидан материаллар. I,II,III қисмлар. – Самарқанд, 1976, 1979, 1983.

2. Дониёров Х., Йўлдошев Б. Адабий тил ва бадиий стиль. – Тошкент: Фан, 1988.

3. Йўлдошев Б. Фразеология тарихидан лавҳалар. – Самарқанд, Суғдиёна, 1998.

4. Йўлдошев Б. Ўзбек тилида фразеологизмларнинг услубий ва прагматик имкониятлари. – Самарқанд, 2002.



1




Download 30.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling