1 "O'zini deb yashagan- o'lik". Bu so'zlar qaysi romanda uchraydi? A "Qutlug' qon". B "Ufq". C "Asrga tatigulik kun"


Download 43.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1560703
Bog'liq
DTM asosiy


1 "O'zini deb yashagan- o'lik". Bu so'zlar qaysi romanda uchraydi? A) "Qutlug' qon". B) "Ufq". C) "Asrga tatigulik kun". D) "Chinor" 2 Qaytar bo'lsam quruq qo'l ovdan, qora qozon qolsa qaynovdan, ham ayrilib o'lja ulovdan, qarzga botar bo'lsam birovdan, taskin berib onam yig'laydir, qolganlari yolg'on yig'laydir. Ushbu she'riy parchada fonetik o'zgarish asosida yozilgan so'zlar necha o'rinda qo'llangan. A) 4. B) 3. C) 2. D) 5. 3 Yasalish asosi ham, yasalma ham omonimlik xususiyatiga ega bo'lgan so'zlarni aniqlang. 1) o'qish, 2) qopchiq, 3)tortma. 4) tilim. A) 1,2,3. B) 3,4. C) 1,3,4. D) 1,3 4 Yosh bolalarning nutqida tovuqning "tu-tu", mushukning "miyov" deb nomlanishi ma'no ko'chishining qaysi turiga asoslanadi? A) metafora. B) metonimiya. C) sinekdoxa. D) vazifadoshlik. 5 Rasululloh solallohu alayhi vassalam: "Men va ...... ikkimiz yonma-yon yashaysiz", -deb ko'rsatkich va o'rta barmoqlarini juft qilib ko'rsatdilar.(Buxoriy hadislaridan) Nuqtalar o'rnini to'ldiring. A) kambag'alligida ham sadaqa bergan odam. B) g'azalini bosgan odam. C) hamisha insofli va adolatli odam. D) yeting kafilini olgan odam. 6 Qaysi gap imlosida ikki nuqta qo'llanishi kerak? A) Kampir eshikni ochdi // ostonada Xoliqov paydo bo'ldi. B) Akron qafasni ochdi // qushcha g'iyq deb qo'ydi. C) Eshakni yaydoq minib bo'lmaydi // yiqiladi kishi. D) Yaxshisi shu // yo siz ketasiz, yo biz. 7 Qaysi javobdagi so'zlarda hosil bo'lish o'rniga ko'ra birlashtiruvchi, hosil bo'lish usuliga hamda ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra farqlovchi belgilariga ega fonema qatnashgan. A) dil- til. B) sor- zor. C) qor-g'or. D) dor-tor. 8 Qaysi shoirning o'lim oldidan qilgan orzusi ro'yobga chiqadi? A) Avaz O'tar. B) Musa Jalil. C) Rasul Hamzatov. D) Usmon Nosir. 9 "Qutbdagi gunafsha" ertagida gunafshani ko'rishga Amerikadan qaysi hayvon keladi? A) bug'u. B) ho'kizsimon hayvon. C) tulki. D) bo'ri. 10 Pillakorlar bahorning iliq kunlaridan tinimsiz ishlashar, bu yil pilladan yuqori hosil olish uchun mehnat qilishar edi. Ushbu gapda so'z yasovchi qo'shimchalar soni nechta? A) 4 ta. B) 5 ta. C) 6 ta. D) 3 ta. 11 " Yo'q, uni men yozganim. Uni siz yozgansiz. Men uni qog'ozga tushirib, odamlarga tarqatdim, xolos. Men uni dunyodagi hamma onalar o'qishini xohlayman..." Berilgan parchada olmosh turkumiga oid so'zlar necha o'rinda qo'llangan. A) 8. B) 9. C) 7. D) 10. 12 Ko'nglim gulin so'ldirsa-da, umidim o'tin so'ndira olmadi. Ushbu gapdagi otlar qanday kelishik shakllarida kelgan. A) 2 ta belgili tushum, 2 ta belgisiz tushum. B) 2ta belgili qaratqich, 2 ta belgili tushum. C) 2 ta belgisiz qaratqich, 2 ta belgili tushum. D) 2 ta belgisiz qaratqich, 2 ta belgisiz tushum. 13 Qaysi qatordagi so'zda sirg'aluvchi jarangli undosh, sirg'aluvchi jarangsiz undosh sifatida talaffuz qilinadi? A) Devor ustida musicha turibdi. B) To'yxonaga sabzi to'g'ragani chiqdik. C) Cho'ntagimga yuz so'm solib ko'chaga yugurdim. D) Oltin o'tda, odam mehnatda bilinadi. 14 Bo'ta qaynoq choyning quruq O'zini nonsiz ho'plagancha, o'rnidan turarkan, birdan yuragi o'ynab ketdi. Ushbu gapdagi yasama so'zlar soni nechta? A) 4ta B) 5ta. C) 6 ta. D) 7ta. 15 Baxil topsa, bosib yer; saxiy topsa, ...... yer.( Maqol). Tushirilgan so'z olmoshning qaysi turiga mansub? A) o'zlik. B) ko'rsatish. C) belgilash. D) kishilik. 16 Quyidagilardan qaysi birlari shakldosh so'z emas? 1) pilla. 2)kuya. 3)ko'za. 4) lang. A) 1,3,4. B) barchasi shakldosh so'zlar. C) 1,2. D) 3,4. 17 Qaysi olmoshlar yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma'nosini bildiradi? A) sizlar, bizlar. B) biz, ular. C) siz, ular. D) ular, sizlar. 18 Quyidagi gapda nechta yuqori tor unli ishtirok etgan? Mustahkam bilim takrorlash mevasidir. A) 4. B)5. C) 6. D) 3. 19 Abayning «Nasihatlar» asarining « 0‘n yettinchi so‘z»ida Aql, G‘ayrat va Yurak bahsiga hakamlik qilgan Ilm qaysi bir(lar)ining tanaga boshliq bo‘lishini ma’qullaydi? A) Yurakning B) G‘ayratning C) Aql va Yuraknining D) Aqlning 20 Qaysi javobda «Oygul bilan Baxtiyor» dostoni qahramoni Tarlon haqida ma’lumot berilgan? A) U Oygulning otasi edi, isyonchilarga boshchilik qilar edi. B) U Oygulning ko‘z o‘ngida zolim xon tomonidan qatl etiladi, bu esa xalqning g‘azabini yanada oshiradi. C) U daryo bo‘yiga o‘tin tergani kelganida daryoda oqib kelayotgan sandiqni ko‘rib qoladi va uni suvdan olib chiqadi. D) U saroyda xizmat qilardi, xondan juda ko‘p jabr-u jafo ko‘rgan keksa qul edi. 21 Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora qilgan so‘z bilan o‘zaro bir xil gap boiagi vazifasini bajargan? A) Tog‘am - tajribali shifokor. Ular ko‘p insonlarning hayotini saqlab qolganlar. B) Haqiqiy shoir o‘z tuyg‘ularining tarjimonidir. C) Yigitcha qo‘rquvdan dir-dir titrar, uning lablari pir-pir uchar edi. D) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin. 22 Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra to‘rt turi qatnashgan? A) Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi. B) Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. C) Har birimiz o‘z ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor. D) Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan mana bu yigit kim? 23 Tadbirimizga muhandislar, shifokorlar,o'qituvchilar, hisobchilar, iste’dodliqalamkashlar tashrif buyurishadi. Ushbu gapda ismlar guruhiga mansub nechta yasama so‘z qatnashgan? 24 Qaysi gapda yasama otdan yasalgan sifat qatnashgan? A) Bir vaqtlar sen turtkilagan yigit bugun senga rahbar bo‘lib kelmoqda. B) Alisher Navoiy bilimsiz tabiblarni jallodga o‘xshatardi. C) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola ekan. D) Maqtanchoqliging tufayli sen do‘stlaringning e’tiboridan qolding. 25 Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?A) Negadir ishtaham qochib ketdi. B) Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi. C) Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim. D) Tez orada «Sohibqiron» sahna yuzini ko‘radi. 26 Qaysi javobda sifat turkumiga oid so‘z bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan? A) azm B) xam C) ahil D) xiyla. 27 Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Oyog‘i bilan tepkini boskach darvoza sekin ochildi. B) Boshqa o‘rtoqlar ham sizni tavsiya qilishayapti. C) Qoradaryo va Norinning qo‘shilishidan Sirdaryo hosil boladi. D) Oyim gapiryaptiyu, ko‘zlarim o‘qituvchimda edi. Hasan Basriyning oldiga bir kishi kelib dedi: -Hazratim, sizni bir kishi shunday g'iybat qildiki, asti qo'yaverasiz. - Siz unikida bo'ldingizmi? - so'radi Hasan Basriy undan. - Ha, - dedi u. Meni tansiq taomlar, noz-ne'matlar bilan rosa mehmon qildi, ammo nohaq tuhmatlar sizning sha'ningizni to'kdi. Siz uning tansiq taomlarini qorningga sig'diribsiz-u, lekin g'iybat gaplarini qabul qila olmabsizda, gaplarni kelib menga aytishingiz to'g'rimi, inim? Ha,mayli, Mana buni o'sha g'iybatchiga eltib bering, - dedi Hasan Basriy qo'ynidan bir hovuch xurmo olib,- bu unga xizmati haqi. -Nega, hazrat? Sizni g'iybat qilganga haq berasizmi?!-deya hayratga tushib so'radi u. -Chunki,- dedi Hasan Basriy,- u meni g'iybat qilib, shu paytgacha qilgan gunohlarimni o'ziniki olibdi. Mana shuning haqiga beryapman-da xurmolarni, olib borib bering. 28 Tagiga chizilgan "tansiq" so'zning mantdagi ma'nosini aniqlang. A) xom holda iste'mol qilinadigan. B) kam pishiriladigan, ammo sevib yeyiladigan, noyob. C) bir-biriga o'xshamaydigan, har xil. D) eng oson tayyorlanadigan. 29 Qaysi javobda quyidagi gap matn mazmuniga mos ravishda to'g'ri davom ettirilgan? Hasan Basriyga chaqimchilik qilgan kishi... A) xabar yetkazgani uchun mukofot oldi. B) o'zgalarning mehr-muhabbatiga erishdi. C) bu ishdan o'zi g'ururlanib yurdi. D) avvalo, o'zi izza bo'ldi. 30 Quyidagi qaysi xulosalar matn mazmuniga mos kelmadi. A) Chaqimchilik va ikkiyuzlamachilik tuban illatdir. B) Har qanday holatda ham xushmuomalalik, vazminlik bilan ish tutmoq kishining fazilatidir. C) Birovlarning orqasidan gapirish, g'iybat qilish yaramas odatdir. D) Haqiqiy do'st o'z do'stini har doim qo'llab-quvvatlaydi.
Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling