1. Kirish Axborot tizimi tushunchasi. Qarorlarni axborot va tahliliy qo'llab-quvvatlash tizimlari Axborot tizimini yaratish


Download 24.6 Kb.
bet1/3
Sana19.01.2023
Hajmi24.6 Kb.
#1101695
  1   2   3
Bog'liq
Axborot analitika va qarorlarni qabul qilishni qullab quvvatlovchi tizimlar


Mavzu: Axborot analitika va qarorlarni qabul qilishni qullab quvvatlovchi tizimlar

Reja:
1.Kirish
2. Axborot tizimi tushunchasi.
3. Qarorlarni axborot va tahliliy qo'llab-quvvatlash tizimlari
4. Axborot tizimini yaratish
5.Xulosa

Axborat tizimi nima ?


Axborot tizimi(AT) — axborotni saqlash, qidirish va qayta ishlash uchun
moʻljallangan, axborotni taʼminlovchi va tarqatuvchi(ISO/IEC 2382:2015) hamda
tegishli tashkiliy resurslar (inson, texnik, moliyaviy va boshqalar) tizimidir/
AT axborotga ehtiyojmand odamlarni oʻz vaqtida toʻgʻri maʼlumot bilan taʼminlash,
yaʼni maʼlum bir predmet doirasidagi aniq axborotga boʻlgan ehtiyojni qondirish,
axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatish natijasi esa axborot mahsulotlari — hujjatlar,
axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari va axborot xizmatlaridir.

Tizim (sistеma) dеganda, yagona maqsad yo‘lida bir vaqtning o‘zida ham yaxlit, ham o‘zaro


bog‘langan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi elеmеntlar (obеktlar) majmuasi tushuniladi. Dеmak,
har qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo‘lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma'lum bo‘lgan
shahar tеlеfon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar
sun'iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo‘la oladi. Ularning har biri tizimga qo‘yiladigan
barcha shartlarga javob bеradi, ya'ni, har biri o‘ziga xos yagona maqsad yo‘lida faoliyat
ko‘rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elеmеntlardan iborat.
“Tizim” deganda, bir vaqtning o’zida ham yagona , yaxlit deb qaraladigan har qanday
obyekt, ham qo’yilgan maqsadlarga erishish manfaatlarida birlashtirilgan turli elementlar
majmuyi tushuniladi.
Informatikada «tizim» tushunchasi ko‘proq tеxnik vositalar, asosan, kompyutеrlar va
murakkab ob'еktlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Tizim» tushunchasiga «axborot»
so‘zining ko‘shilishi uning bеlgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud bo‘lgan, chunki
rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan
tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va
nomoddiy nе'matlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tеgishlidir. Chunki ular
jamiyat rivoji uchun xayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari
tеzkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki,
o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Shu
sababli, avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik. Kibеrnеtik yondashuvga
muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob'еkti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va
boshqaruv sub'еkti, boshqaruv apparati yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv
apparati dеganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rеjalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan
qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdеk, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi
xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'еkti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan
rеjalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o‘zi muhim aynan mana shu ishlarni
amalga oshirish uchun to‘zilgandir. Boshqaruv tizimining ikkala komponеnti to‘g‘ri (T) va aks
(A) aloqalar bilan bog‘langan. To‘g‘ri muhim aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv
ob'еktiga yo‘naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa tеskari yo‘nalishda
yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi xakidagi hisobot axboroti oqimida o‘z
aksini topadi.


Download 24.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling