1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish


Uglevodlar va ularning ahamiyati


Download 274.67 Kb.
bet15/28
Sana12.11.2023
Hajmi274.67 Kb.
#1768821
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Bog'liq
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish-fayllar.org

29. Uglevodlar va ularning ahamiyati.Tirik tabiatda keng tarqalgan biopolimerlardan biri uglevodlardir. Ularhujayra tuzilishida va hayotiy jarayonlarda faol ishtirok etadi. Uglevodlaro’simlik tarkibiy qismining 80-90 % ini tashkil qiladi. Hayvon va odamorganizmida ularning miqdori kam bo’ladi.Birinchi marotaba “uglevodlar” atamasi Derpt (hozirgi Tartu) universitetining professori Karl Shmidt tomonidan 1844 yilda taklif qilingan. Eng ko’p uglevodlar jigarda (5-10%), skelet mushaklarida (~0,5 %) va bosh miyada (0,2 %) uchraydi.•Uglevod S, N, O atomlaridan tashkil topgan bo’lib, ular tarkibidagi vodorod va kislorodning o’zaro nisbati xuddi suv molekulaciga o’xshash, ya’ni 2:1bo’ladi. Uglevodlarning tarkibi (SN2O)n lardan iborat bo’lib, uglerodning gidrati degan ma’noni beradi. Lekin ba’zi uglevodlarning tuzilishi ko’rsatilgan formulaga mos kelmasligi aniqlangan. Ularga bundan 100 yil ilgari berilgan nom to’g’ri bo’lmasa ham, fanda shu davrgacha ishlatilmoqda. O’tganasrning 20–yillarida ularga gletsid degan nom berilgan edi. Lekin bu nom fanda o’z o’rnini topgani yo’q.Uglevodlar
• Uglevodlar - bu poligidroksialdegidlar yoki
•poligidroksiketonlar, ummumiy
•formulasi (CN2O)n, n ≥ 3,
30. Sinflanishi va nomenklaturasi. Hozirgi vaqtda qabul qilingan klassifikatsiyaga ko’ra uglevodlar uchta asosiy guruhlarga bo’linadi: monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlar.1. Monosaxaridlar yoki oddiy qandlar – faqat bitta aldegidospirt yoki ketospirt struktura birligini tutadi. Tabiiy monosaxaridlar orasida 6-ta karbon atomini tutgan D – glyukoza ko’proq tarqalgan.
2. Oligosaxaridlar (grekcha so’z “oligo” – “ko’p emas” ma'nosini bildiradi) glikozid –glikozid bog’lari bilan birikkan 2-tadan 10-gacha monosaxarid qoldiqlaridan tuzilgan. Ikkita monosaxarid qoldig’idan tuzilgan disaxaridlar ko’proq uchraydi. Disaxaridlarning tipik vakili –saxaroza (shakarqamish yoki lavlagi shakari), uning molekulasi – ikkita oltiuglerodli qantlar – D – glyukoza va D – fruktoza qoldiqlaridan tuzilgan. Uch va undan ortiq monosaxarid qoldiqlarini tutgan oligosaxaridlar erkin holda emas, balki murakkab biopolimerlar (polisaxaridlar, glikoproteidlar,glikonukleoproteidlar, glikolipidlar) ning yon shoxlari sifatida uchraydi.
3. Polisaxaridlar – yuzlab yoki minglab monosaxarid birliklaridan hosil bo’lgan uzun zanjirlardir. Polisaxaridlarning ba'zi birlari, masalan sellyuloza uzun chiziqsimon zanjir ko’rinishga, vaholanki glikogen – shoxlangan ko’rinishga ega. O’simlik dunyosida eng ko’p tarqalgan polisaxaridlar – kraxmal va sellyuloza, odam va hayvonlar organizmida esa – glikogen.

Download 274.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling