1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Uglevodlarning oshqozon ichak yo’lida almashinuvi
Download 274.67 Kb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish-fayllar.org
40. Uglevodlarning oshqozon ichak yo’lida almashinuvi. Organizmga uglevodlar ozuqa bilan kiradi. Quruq moddaga hisoblaganda iste'mol qilinayotgan barcha ozuqa moddalarning 2/3 uglevodlarga to’g’ri keladi. Bir kecha-kunduzda 60-70 kg vazndagi odam ozuqalar tarkibida 450-500 gr (sportchilar esa 800 grammgacha) uglevodni iste'mol qiladi. Shulardan 35% oddiy qandlar – mono- va disaxaridlar (glyukoza, fruktoza, saxaroza, laktoza) hissasiga, 65% - polisaxaridlar (kraxmal) hissasiga to’g’ri keladi.Ularning to`la CO2 va H2O gacha oksidlanish natijasida 1800-2000 kkal energiya ajralib chiqadi. (1 gr= 4,1 kkal yoki m 17,2 kj), bu odam este`mol qilayotgan energiyaning 2/3 tashkil qiladi. Uglevodlarning oksidlanishida ajralib chiqayotgan ana shu energiya ATF ning makroerg fosfat bog`larida jamg`arilib organizmning hayot faoliyatini ta`minlaydigan energiyaning turli xillariga aylanadi. Kraxmalga non, kartofel, turli boshoqdoshlarning donlari. Shuning uchun ham uglevodlarning hazm bo’lishi ularni gidrolitik parchalanishi bilan boshlanadi.Kraxmalni hazm qilinishi og’iz bo’shlig’ida boshlanadi. So’lakning α-amilazasi amiloza va amilopektin molekulalaridagi 1,4-α bog’larini parchalab ulardan dekstrinlar va maltozani hosil qiladi. So’lakda maltozani glyukozagacha parchalaydigan ferment –maltoza ham biroz miqdorda bo’ladi.Oshqozon shirasining kuchli kislotalik reaksiyasi so’lak fermentlarining faolligini keskin pasaytiradi yoki faolligini batamom yo’qotadi.Shu sababli, uglevodlarning bundan keyingi parchalanishi ichakda sodir bo’ladi.Chunki o’nikki barmoqli ichakning bikarbonat befer sistemasi oshqozon shirasining xlorid kislotasini neytrallaydi. Oshqozon osti bezi va ichak shiralarining amilazalari ko’proq faollikka ega. Ichak shirasida yana dekstrinaza fermenti bo’lib, u dekstrin molekulasidagi 1,6-α-glikozid bog’larini parchalaydi. Bu fermentlar polisaxaridlar – kraxmalni maltozagacha parchalaydi. Ichakning shilimshiq pardasida maltaza, saxaraza va laktaza fermentlari ishlab chiqariladi va ular maltozani 2 molekula glyukozagacha, saxarozani – glyukoza va fruktozagacha va laktozani – galaktoza va glyukozagacha parchalaydi. Tarkibining 60% glyukozadan tashkil topgan monosaxaridlar aralashmasi ingichka ichakning devorlarida qonga so’rilib, tananing hujayralariga tarqatiladi. Ichak devorida galaktoza va fruktoza qisman glyukozaga aylanadi. Monosaxaridlarni qonga so’rilishi faol fiziologik jarayon bo’lib, energiya sarflanishi bilan sodir bo’ladi. Ular ATF yordamida fosforlanadi va ichak devoridan qonga o’tish vaqtida fosforli efirlar fosfotaza ta'sirida parchalanib, qon oqimiga erkin monosaxaridlar tushadi.Glyukozaning qondagi konsentratsiyasi doimiy (normada 70-120 mg% yoki 3,9-6,7 mmol) va turli gormonlar – adrenalin, glyukogon va insulinlar bilan boshqarilib turiladi. Adrenalin jigar va muskullarda fosforilazaning aktivatori – AMFni hosil bo’lishini stimulyatsiya qiladi, glyukagon esa – faqat jigar hujayralarida. Insulin – hujayralar plazmatik membranalarining glyukoza uchun o’tkazuvchanligini oshiradi, shu bilan birga qondan hujayraga glyukozani tashilishini va hujayrada glyukozaning oksidlanishi hamda glyukozadan glikogenni sintezlanish jarayonlarini kuchaytiradi.
Download 274.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling