1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish
Download 274.67 Kb.
|
1. Kirish. Biokimyoning predmeti, vazifalari. Kirish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 39. Fosforlanish turlari.
37. Biologik oksidlanish Biologik oksidlanish – barcha tirik hujayralarda sodir bo’ladigan oksidlanish rеaksiyalarining majmuasini ifodalaydi.Bu jarayonning asosiy funksiyasi organizmni ishlatishga qulay bo’lgan enеrgiya formasi (avvalo ATF) bilan ta'minlashdan iborat Davomi 38da 38. Nafas olish zanjirining tuzulishi. Oksidlanish reaksiyalarining juda ko’p xilma-xillari orasida uchta asosiy tip reaksiyalarni ajratish mumkin. Substratning bevosita kislorod bilan o’zaro ta'siri. Oksidaza fermentlari bilan katalizlanadi va erkin oksidlanish kategoriyasiga kiradi.Substrat molekulasidan vodorodni ajratib chiqarish bilan bog’liq bo’lgan reaksiyalar (degidrogenirlanish reaktsiyalari). Oksidlanayotgan modda molekulalari
elektronlarni berishi va musbat zaryadlari oshishi bilan bog’liq bo’lgan reaksiyalar. Keyingi ikkita reaksiya bog’langan oksidlanish reaksiyalari kategoriyasiga kiradi. Ana shunday reaksiyalarda vodorodni kislorodga uzatilishi bir qator oksidlanish-qaytarilish tizimlari orqali sodir bo’ladi va ular o’zlarining elektr potensiallarining qiymatiga muvofiq juda qat'iy izchillikda (ketma-ketlikda) joylashgan bo’ladi. Elektronlarning spetsifik aktseptorlari ishtirokida vodorodni kislorodga uzatilishi bilan bog’liq bo’lgan reaksiyalarning ana shunday ketma-ketligi nafas olish zanjiri deb ataladi.Nafas olish zanjiri mitoxondriyaning ichki membranasida joylashgan 39. Fosforlanish turlari. ATF – energiyani ajralib chiqishi va iste'mol qilish bilan boradigan jarayonlarni o’zaro bog’laydigan hujayraning asosiy kimyoviy vositachisidir. ATFning energiyasi hujayrada quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: - biomolekulalarning sintezi uchun; - mexanik ishni bajarish uchun (muskulning qisqarishi); - biologik membranalar orqali gradientga qarshi moddalarni tashish uchun; - elektr ishini – nerv impulslarini ishlab chiqarish va uzatishni bajarish uchun; - informatsiyani aniq uzatishni ta'minlash uchun va h.k. Odam va hayvonlar organizmida makroerg birikmalar sifatida ATFdan tashqari –kreatinfosfat, fosfoenolpiruvat, 1,3-difosfoglitserat, b-fosfoglitserat, glyukoza-1-fosfat, glyukoza-6-fosfat va boshqa nukleotidtrifosfatlar.(1kkal = 4,1868 ∙ 103J = 4,1868kj). Mushaklarimizning qisqarishi va buning hisobidan harakatlanishimiz uchun energiya zarur bo’ladi. Mazkur energiya Adenozintrifosfat (ATF) hisobidan ta'minlanadi, va odam organizmida mushaklar qisqarishi uchun kerakli yagona energiya hisoblanadi. ATF uglevod (ribozaga)ga birikkan bazadan (adenindan) iborat bo’lib, o’z navbatida unga uchta fosfat molekulasi birikkan.Fosfatlar “yuqori energiya” vositasida o’zaro birikkan bo’lib, ular bo’shaganida energiya ajralib chiqadi.Mazkur jarayon qaytar hisoblanadi, ya'ni adenozindifosfat (ADF) molekulasida uzilgan fosfat molekulasini tiklash uchun kerakli energiya bo’lganida ATF qayta sintezlanishi mumkin. Bu jarayon kreatinfosfot, yoki anaerob glikoliz va aerob jarayonlar yordamida amalga oshishi mumkin. Mushak to’qimalarida ATF saqlanishi chegaralangan bo’lib, harakatlanish uchun uning qayta sintezlanishi doimiy zaruriyat xisoblanadi. ATFning mushaklardagi miqdori 25 mmol/kg, yoki umuman 40-50 gni tashkil qiladi, va bu foydalaniladigan energiya manbai bo’lganida taxminan 2-4 sekund davomida yuqori intensiv faoliyat uchun yetarli bo’ladi. Bu katta miqdor emas, shu sababli ATF qayta sintezlanishi mashg’ulotlarni o’tkazishda, masalan sprint yugurishda yuqori ko’rsatkichlarda, va uzoq muddatli mashqlarda muvofiq ko’rsatkichlarda ta'minlashda juda muhim bo’ladi Download 274.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling