11- mavzu. Qozonli bug‘-gaz qurilmalari.
Issiqlikni ushlab qoluvchi-qozonli bug„-gaz qurilmalari sxemalari. Issiqlikni ushlab qoluvchi-qozonli bug„-gaz qurilmalari ko„rsatkichlari.
Tayanch iboralar: BGQ jihozlarini komponovkasi, BGQ issiqlik sxemasi, utilizator-qozonlarning turlari, UQ ning issiqlik sxemalari, UQning qizdirish yuzalari, Vertikal UQlar, BGQ-450 konstruksiyasi, P – 90 turidagi qozon issiqlik sxemasi.
1. BGQ jihozlarini komponovkalash konsepsiyalari
BGQ jihozlarini komponovkalash konsepsiyalari. Past va o'rta quvvatli UQli bug'-gaz qurilmalari va energetik GTQlar ko'p blokli komponovkaga ega bo'ladi. Bunda bitta bug' turbinasi o'zining elektrogeneratori bilan ishlaydi va UQli bir nechta GTQ o'z elektrogeneratori bilan ishlaydi. Zamonaviy katta quvvatli GTQlarda bug'-gaz texnologiyasini joriy etilishi bir valli BGQlardan foydalanishni taqozo qiladi.
Ko'p valli qurilmalar bilan taqqoslaganda bir valli BGQ komponovkasi bir qator afzalliklarga ega:
- loyihalash xarajatlarini tejash uchun alohida modullardan foydalanish imkoniyati;
- ixcham komponovka tufayli bosh korpus hajmini kamaytirish, qurilish-montaj ishlari va ishga tushirishga sarflanadigan vaqtni qiskartirish mumkinligi;
- texnik xizmat ko'rsatish va jihozlar ishonchliligini oshirish uchun xarajatlar kamligi va boshq.
Jihozlarni val bo'ylab joylashtirish usuliga ko'ra bir valli BGQlar ikki xil ko'rinishda bo'ladi:
- elektrogenerator bug' turbinasi tomonidan val oxirida joylashadi ( a – rasm);
- elektrogenerator gaz turbinasi va bug' turbinasi oralig'ida joylashadi hamda o'zzi birikadigan mufta bildan ta'minlanadi ( b – rasm).
Birinchi variant General Electric firmasining BGQlarida, ikkinchi bir valli BGQ Siemens va ABB – Alstom firmalarining BGQlarida foydalaniladi. Qurilma muftasiz holatda arzon turadi, biroq, muftadan foydalanish yuqori manevrchanlikni ta'minlaydi. Kondensatorga bug'ning aksial tarzda chiqishi qurilmaning FIKni oshiradi.
Elektrogenerator va bug' turbinasi orasidagi ajratgich mufta GTQni tiristorli ishga tushirish moslamasi yordamida osongina ishga tushirish imkoniyatini beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |