Karl Buyuk vafotidan keyin Frank davlatidagi o‘zaro urushlar. Karl Buyukning o‘g‘li imperator Lyudovik Xudojo‘y zamonida (814—840) bo‘linib ketish yo‘lidagi intilishlar zo‘r berib namoyon bo‘ldi. U lapashang bir korol bo‘lib, ruhoniylarga (uning Xudojo‘y degan laqabi ham shuni ko‘rsatadi) va dunyoviy zodagonlarga butunlay qaram edi. Haqiqatda uning butun ko-rollik davri uzluksiz g‘alayonlar davri bo‘ldi. Zodagonlar Lyudovikka qarshi bosh ko‘tarib, uning o‘z o‘g‘illari — Lotar va Lyudovikni (yoki Lyudovik Nemisni, uning asosiy erlari Bava-riyada edi), o‘z otasiga qarshi gij-gijlatdilar. Lyudovik Xudo-jo‘yning uchinchi o‘g‘li Karl (u keyincha YAltiroqbosh deb nom ol-di) hamisha otasining yonini oldi.
Lyudovik Xudojo‘y o‘lgandan keyin uning o‘g‘illari bir-biri bilan yana urush boshladi. Imperator unvonini olgan katta aka-siga — Lotarga qarshi endi ikkala ukasi — Lyudovik Nemis bilan Karl YAltiroqbosh bosh ko‘tardi. Fontenua shahri yonida bo‘lgan jangda (1841 yil) Lotar ikkala ukasining birlashgan qo‘shinlari tomonidan tor-mor qilindi. Bir yildan keyin, 842 yilda Lyudovik bilan Karl Strasburg shahri yonida bitam tu-zib, Lotar ustidan to‘la g‘alaba qozonguncha unga qarshi kurash-ni davom ettirishga ahd qilishdi.
SHunisi qiziqki, «Strasburg qasami» (bunda har iiki tomon ham qasamyod qilgan edi) ikki tilda «roman» tilida (ya’ni ro-manlashgan frank lahjasida) va nemis tilida (ya’ni Reynning narigi tomonidagi german qabilalari gapiradigan german tilida) yod qilindi. Bu hol Karolinglar zamonida xalqlarning tashkil topish protsessi yuz berganini ochiq ko‘rsatadi. Endi g‘alaba qozonishga ko‘zi etmaganligidan Lotar davlatni bo‘lishga rozi bo‘lib, yon berishga majbur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |