Verdendagi taqsimot. 843 yilda Verdenda Karl Buyukning uch nevarasi yig‘ilishida imperiya uch qismga bo‘lindi. Verden ahdiga muvofiq akasi Lotar imperatorlik unv.onini saqlab qoldi, lekin ukalariga nisbatan hech qanday maxsus huquqqa ega emas edi, ukalarining har qaysisi o‘z holicha batamom mustaqil korol bo‘lib qoldi. Lotarga Italiya, sharqda Reyn bilan g‘arbda Mass, SHelda, Sena va Rona daryolari o‘rtasidagi erlar (bunga Burgundiya ham kiradi) tegdi, Reynning sharqidagi erlar Lyudovik Nemisga tegdi. Lotarga qarashli erlarning g‘arbidagi erlar Karl YAltiroqboshga tegdi. Keyinroq (borib, Lotar o‘lgandan so‘ng erlar qaytadan bo‘lindi. Lotarning avlodlari Italiyadagi erlarnigina o‘z qo‘lida saqlab qoldi, Reyn bo‘yidagi erlarning hammasini esa Lyudovik bilan Karl o‘zaro bo‘lishib oldi. Burgundiya mustaqil korollik bo‘lib ajralib chiqdi. Imperatorlik unvoni keyinroq borib Karolinglar xonadonining boshqa avlodlari vakillariga o‘tdi. Masalan, 875—877 yillarda Karl YAl-tiroqbosh imperator bo‘ldi, 880—887 yillarda imperatorlik toji Lyudovik Nemisning o‘g‘li Karl Semizga o‘tdi. X asrning >boshlariga kelib esa imperatorlik unvonining umuman hech qanday real ahamiyati qolmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |