1. Kirish. Fvv haqida malumot va tarixi fvv texnikalari
Download 184.26 Kb.
|
FVV haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marka: Zil 131A Marka: Zil 130 Marka: ISUZU 170 Marka: ISUZU 150
REJA: 1.Kirish. FVV haqida malumot va tarixi 2.FVV texnikalari 3.tushuncha va xulosalar Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi — Oʻzbekiston Respublikasida fuqaro muhofazasi sohasida davlat boshqaruv organidir[1]. Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash] Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar rahbarlar tarkibini tayyorlash boʻyicha Respublika markazi 1992-yili tashkil etilib, 1996-yilgacha faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan 1995-yil 16-avgust kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligini tuzish haqida qaror qabul qilingan. Vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash] Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martdagi farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil etilgan boʻlib, mazkur farmon boʻyicha vazirlikning vazifalari quyidagicha belgilangan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, moddiy va maʼnaviy qadriyatlarini muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarini boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini taʼminlash; Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish; Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kenashi, hokimliklarning aholini va milliy boyliklarini muhofaza qilish, avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar tufayli vujudga kelgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga doir faoliyatini muvofiqlashtirib borish; Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga, aholini, mamlakat hududini muhofaza qilishga hamda ular vujudga kelgan taqdirda xalq xujaligi ob’ektlari faoliyatining barqarorligini oshirishga, shuningdek aholini, mansabdor shaxslarni hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollardagi harakatlarni boshqarishning davlat tizimi tuzilmalarini tayyorlashga qaratilgan maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga oshirish Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun moliya, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnika resurslarining davlat favqulodda zaxira fondlarini tashkil etishga doir ishlarni muvofiqlashtirib borish va hokazo. Tashkiliy tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash] Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi[2] Tezkor boshqarma Profilaktika boshqarmasi Qutqaruv kuchlari boshqarmasi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va maʼlumotlar boshqarmasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi Moliya boshqarmasi Moddiy texnik taʼminot boshqarmasi Kapital qurilish boshqarmasi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi FV oldini olish harakat tizimi boshqarmasi Kadrlar boshqarmasi Ishlar boshqarmasi Tibbiyot boshqarmasi Xalqaro hamkorlik boʻlimi Yuridik boʻlim Qamchiq dovoni maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi Girometeorologiya markazi Seysmologiya markazi Tez harakat qilish Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi Davsuvxoʻjaliknazorat Markaziy baza[3] Vazirlar[tahrir | manbasini tahrirlash] 1996-1997 — Ismoil Joʻrabekov 1997-2000 — Rustam Ahmedov (arbob) 2000-2001 — Bahodir Qosimov[4] 2001-2002 — Ravshan Haydarov (general)[5] 2002-2002 — Botir Parpiyev 2002-2006 — Baxtiyor Subanov 2006-2008 — Qobul Berdiyev 2008-2010 — Qosimali Ahmedov 2010-2016 — Tursinxon Xudayberganov 2017-2018 — Rustam Joʻrayev 2018-2022 — Tursinxon Xudayberganov 2022-yildan — Abdulla Qoʻldoshev Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash] ↑ Tarixi, 2017-05-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-05-03 ↑ YOXBB FVV tizimiga oʻtkazildi ↑ Tuzilmasi ↑ B.E. Qosimovni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida, qaraldi: 2019-08-13 ↑ R.H. Haydarovni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlash toʻgʻrisida, qaraldi: 2019-08-13 Marka: Zil 131A Marka: Zil 130 Marka: ISUZU 170 Marka: ISUZU 150 Download 184.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling