1. Kirish. Kristall panjara to`g`risida tushuncha
Download 128.5 Kb.
|
1404536233 53999
Kristall panjara to`qrisida tushuncha.
Kristall jismlarning ajoyib xususiyati shundan iboratki, undan elementar zarrachalar (ionlar, atomlar, molekulalar) har xil joylashgan bo`lib, ammo ma'lum qonuniyatga ega bo`ladi. Demoqchimanki parallel yo`nalishlarda atomlar joylashish tartibi bir xil bo`ladi. Agar bir elementar kristallda bir tekislikda yotmagan x,y o`qlarini joylashtirish mumkin bo`lsa, u holda shu o`qlar bo`ylab o`lchanganda atomlar orasidagi masofa umumiy holda bir xil bo`lmasligi mumkin. Ana shu fazoda yasalgan eng kichik parallelopiped elementar katakcha (yacheyka) deb ataladi. Ana shu elementar katakchani fazoda tartib bilan joylashtirib ketaversak, kristall panjara hosil bo`ladi. Demak fazoviy kristall panjara jism xossalarini ifodalaydi. Elementar kristall katakchani (panjarani) ifodalash uchun 6 ta o`lchami qabul qilishgan uch kesma, o`q bo`ylab o`lchami eng yaqin turgan atomlar orasi, ya'ni davr a, b, s va shu o`lchamlar nisbatiga qarab elementar kristall yacheyka formasi haqida fikr yuritiladi. Ammo lekin ba'zi bir paytda atomlar tugunchalardan tashqari yacheyka o`rtasida yoki yon tomonlarida joylashishlari mumkin. Bunday kristall yacheykalarning murakkabligini aniqlash uchun atomlar soni tushunchasi kiritilgan, ya'ni har bir elementar yacheykaga to`g`ri keladigan atomlar soni bilan xarakterlanadi. MASALAN: a) Oddiy yacheyka - har bir yacheykaga 1 ta atom to`g`ri keladi. Chunki har bir atom 8 ta shunday yacheykaga umumiy tegishlidir. b) Markazlashgan kub yacheyka K=(1+1). Demak sistema (geometrik tartib), davr (yacheyka parametrlari) va har bir elementlar zarrachaga to`g`ri keladigan atomlar soni kabi tushunchalar kristalldagi elementar zarrachani yetarlicha to`liq xarakterlaydi. Ammo ba'zi paytda qo`shimchn ravishda kristalldagi elementar zarrachani xarakterlash uchun yana bir tushuncha, ya'ni elementar kristall panjaraning koordinatsion soni tushunchasi kiritilgan. Bu tushuncha asosida sistemada har bir atomdan bir xil masofada turgan atom soni turadi. Masalan oddiy kub yacheykasi koordinatsion son K6 ga teng. Markazlashgan kub yacheykada esa koordinatsion son K8 ga teng va xokazo. Kristalldagi elementar yacheykani xarakterlash uchun yana bir xarakteristikadan foydalaniladi, uni zichlik (g`ijlik, to`dalik) koeffisienti (коэффициент компактности). n - elementar zarracha soni bo`lsa, V- shu elementar zarrachaning hajmi. elementar zarrachalardan tashkil topgan kristall hajmini ham aniqlash mumkin. Massa oddiy kub yacheyka uchun Kzich=0,52 teng bo`lsa, markazlashgan kub yacheyka uchun Kzich=0,68, oksonal markazlashgan yacheyka uchun esa Kzich=0,74 ga teng. Demak qolgan bo`shliklar ma'lum bir geometrik figurani tashkil etadi. Download 128.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling