1. Kirish Kuning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish


Download 7.67 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi7.67 Kb.
#1544719
Bog'liq
BOLALAR BOG\'CHASIDA TA\'LIMIY ISHNING METOD VA SHAKLLARI


BOLALAR BOG'CHASIDA TA'LIMIY ISHNING METOD VA SHAKLLARI
Reja
1.Kirish
3.Kuning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish
2. Bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
4. Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish va hisobga olish
Kirish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohadagi islohotlar ta’lim tizimida ham yangilanishlar bo’lishini taqozo etmoqda. Ta’lim sohasini isloh qilishga oid davlat siyosati ta’lim tizimi rivojlanishi strategiyasining ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi. 1997 yil 29-avgust O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim tizimini tubdan isloh qilishda amaliy dastur bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi»
Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.
Tarbiya masalalari ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg‘ulotlarda ta’lim berish orqali, ijodiy va qoidali o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o‘z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o‘z-o‘ziga xizmat kilish sayrlar o‘tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
2. Bolalarning faoliyatida ta’lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish
  • Tarbiyachi bolalar o‘yiniga rahbarlik qilar ekan, ularning tevarak-atrofdagi hayot to‘g‘risidagi bilimlarini boyitadi (bu orqali o‘yin mavzusi, mazmuni, syujeti boyiydi), bolalarning axloqiy hislarini, o‘zaro ijobiy munosabati va odatlarini tarbiyalaydi. O‘yindan bolalardagi o‘zaro o‘rtoqlik, do‘stlik, bir-biriga yordam ko‘rsatish xislatlarini tarbiyalashda va bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida foydalanadi.

Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va yechinishga o‘rgatiladi. Katta guruh bolalari o‘zlarini har doim batartib (tashqi ko‘rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o‘yinchoqlarni, kitoblarni, ish qurollarini o‘yin va mashg‘ulotdan keyin joy-joyiga yig‘ishtirib qo‘yadilar.
Har kuni ertalabki mashg‘ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o‘yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o‘yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o‘yin, mehnat, musta­qil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Kichik guruh bolalarining ko’p vaqti guruh xonasida o’tadi. YAxshi jihozlangan xona, o’yinchoq va qo’llanmalarni to’g’ri tanlash bolalarning to’laqonli hayot kechirishining asosiy sharti hisoblanadi. Guruh xonasidagi o’yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 4-3 ta bo’lib o’ynashlarini e`tiborga olib joylashtirilishi
II kichik guruh Moddiy muhit ikkinchi guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik guruhnikidek tashkil etiladi. Bundan tashqari kuzatish va mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda balik., to’rlarda kushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi
Kuning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish
O’rta guruh Guruh xonasi uxlash xonasi, xojatxona va echinish xonasiga ega bo’lishi kerak.
Guruh xonasi bir necha bo’limdan iborat bo’lishi kerak. Birinchi o’yin bo’limida qo’g’irchok. bilan o’ynash uchun hamma kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf buladi. Ikkinchi uyin bo’limida kurilish materiallari qo’yiladigan shkaf va ular bilan o’ynash uchun joy ajratiladi
Katta guruh. O’yin bo’limlari bolalarning yoshiga mos hol­da, o’rta guruh xonasi kabi jixozlanadi. Guruh xonasida yana mashg’ulot o’tkaziladigan bo’lim ajratiladi va u erga tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, doska joylashtiriladi. Bola­larning mustaqil o’ynashlari uchun hamma kerakli material­lar ular bemalol foydalana oladigan qilib joylash­tirilishi kerak (stollar, uyinchoqlar solingan qutichalar, vitrina shkafi, tokchalar va boshqalar)
Rejalashtirish – ta`lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko’rsatib, ta`lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta`kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi – «Maktabgacha ta`lim muassassi ta`lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta`minlashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida ta`lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish va hisobga olish
Ertalabki soatlarni rejalashtirish. Ertalabki soatlarga quyidagilar rejalashtiriladi:
Bolalarning og’zaki nutqini tuzatish va rivojlantirish:
a) kitoblar, o’yinchoqlar, bolaning dam olish kunini qanday o’tkazgani, uning oila a`zolari ota-onasi, opa-singlisi, aka-ukasi va shunga o’xshashlar to’g’risida jamoa tarzida va yakka tartibda suhbatlar o’tkazish
b) albomlar, jurnallar, yangi kitoblar, rassomlarning yangi asarlarini ko’rish;
v) she`rlarni takrorlash;
g) to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish, nutqning grammatik tuzilishini shakllantiruvchi didaktik o’yinlar;
d) tovushlarni to’g’rilash bo’yicha yakka tartibda shug’ullanish.
Download 7.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling