8 – tajriba ishi. Tanlanmani boshlang`ich statistik tahli. Variastion qatorning sonli tasniflari.
Tanlanma o‘rtacha qiymat va tanlanma dispersiyani hisoblashning ko‘paytmalar metodi.
1.KIRISH
2.Tanlanma o‘rtacha qiymat va tanlanma dispersiyani hisoblashning ko‘paytmalar metodi.
3.Tanlanma o‘rtacha qiymat va tanlanma dispersiyani hisoblashning yig‘indilar metodi.
4.Tasodifiy miqdorlar. Diskret tasodifiy miqdorlarning taqsimot qonuni
5.Tanlamaning statistik taqsimoti. Empirik taqsimot funksiyasi. Poligon va gistogramma.
6.Xulosa
7.Foydalanilgan adabiyotlar
Ko‘paytmalar metodi teng uzoqlikdagi variantali variatsion qatorning turli tartibli shartli momentlarini hisoblashning qulay usulini beradi. SHartli momentlarni bilgan holda esa bizni qiziqtirayotgan boshlang‘ich va markaziy empirik momentlarni topish qiyin emas. Jumladan, ko‘paytmalar metodi yordamida tanlanma o‘rtacha qiymat va tanlanma dispersiyani hisoblash qulay. Bunda hisoblash jadvalidan foydalanish maqsadga muvofiq; u bunday tuziladi:
1) jadvalning birinchi ustuniga tanlanma (dastlabki) variantlar ortib borish tartibida yoziladi;
2) ikkinchi ustunga variantalarning chastotalari yoziladi; hamma chastotalar jamlanadi va ularning yig‘indisi (tanlanma hajmi ) ustunning pastki katagiga yoziladi;
3) uchinchi ustunga shartli variantalar yoziladi, bunda soxta nol s sifatida eng katta chastotali varianta tanlanadi, istalgan ikkita qo‘shni varianta orasidagi ayirma ga teng deb faraz qilinadi; amalda esa uchinchi ustun bunday to‘ldiriladi: eng katta chastotani o‘z ichiga olgan satr katagiga yoziladi; noldan yuqoridagi kataklarga ketma – ket va x. k. yoziladi;
4) chastotalarni shartli variantalarga ko‘paytiriladi va ularning ko‘paytmalari larni to‘rtinchi ustunga yoziladi; hosil qilingan hamma sonlarni qo‘shib, ularning yig‘indisi ustunning pastki katagiga yoziladi;
5) chastotalarni shartli variantalarning kvadratlariga ko‘paytiriladi va ularning ko‘paytmalari larni beshinchi ustunga yoziladi; hosil qilingan hamma sonlarni qo‘shib, ularning yig‘indisi ni ustunning pastki katagiga yoziladi;
6) chastotalarni har qaysisi bitta orttirilgan shartli variantalarning kvadratlariga ko‘paytiriladi va ko‘paytmalarni oltinchi nazorat ustuniga yoziladi; hosil qilingan barcha sonlarni qo‘shib, ularning yig‘indisi
ni ustunning pastki katagiga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |