1. Kirish V. Petti Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi


 A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti


Download 106.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.12.2022
Hajmi106.83 Kb.
#1025515
1   2   3   4   5
Bog'liq
Foziljonov Muhammadali

4. A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti.
A.Turgo V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kenye
xuzurida ko`p bo`lgan, u ular bilan asosiy masalalarda
maslakdosh bo`lsa ham, ko`p sohalarda boshqacha fikr
yuritar edi. A.Turgo Parijda A.Smit bilan ham uchrashgan.
A.Turgoning iqtisodiy qarashlari uning 1766 yilda yozilgan
(1769-1770 yillarda chop etilgan) "Boylikning paydo bo`lishi
va taqsimlanishi to`g`risidagi mulohazalar" asarida nisbatan
to`la yoritilgan. U Kenye fikrlarini faqat targ`ibot qilish bilan
cheklanmadi, uni rivojlantirdi. U kapitalistik ishlab chiqarish
munosabatlarini ancha chuqur tushundi, feodalizmni


islohotlar o`tkazish yo`li bilan yaxshilash mumkin degan
fikrga ishonmadi (Kenye ishongan), kapitalizm feodalizm
kobig`ida vujudga keladi va g`alaba qiladi degan g`oyani ilgari
surdi
Bu kitob aslida Parijga o`qishga kelgan ikki xitoylik uchun
darslik sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat
(V.Petti uslubi), ammo ba'zi qoidalar aksioma (isbot talab
etmaydigan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy teoremalar aniq
uch qismga bo`linadi. 31 ta tezis (teorema) fiziokratik
g`oyalar majmuidan iborat (ustoz F.Kenyening ta'siri). Ammo
"sof mahsulot" nazariyasi F.Kenyedan boshqacharoq talqin
etiladi, aslini olganda bu yerda qo`shimcha qiymat haqida
gap boradi va bu mahsulot tabiatning sof in'omidan dehqon
mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha mahsulot sifatida
qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan yer
egasi tomonidan o`zlashtiriladi. Keyingi 17 ta teorema
qiymat, baho va pulga bag`ishlangan. A.Turgoning bu
sohadagi fikrlari o`ziga xos xarakterga ega va qiymatning
mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv
qiymati va tovarning bahosi tovarlar nisbati, almashuvda
ishtirok etayotgan shaxslar, sotuvchi va oluvchi istagining
intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik talqin). Ammo,
A.Turgoning bu g`oyasi uning ta'limotiga hech ham mos
kelmas edi.


144 Oxirgi 52 ta teoremada A.Turgoning tarixiy ahamiyatga
ega bo`lgan asosiy iqtisodiy g`oyalari keltiriladi. Yuqorida
aytilganidek, fiziokratlar jamiyatni uch sinfga bo`ladilar.
A.Turgo esa jamiyatni sinflarga boshqacharoq ajratadi,
"unumsiz" sanoatchilar sinfini u ikki qismga bo`ladi:
birinchisiga tadbirkor manufakturistlar, fabrika egalari kiradi,
ular katta kapital egalari sifatida namoyon bo`lib, o`z avans,
ya'ni bo`naklari yordamida ish joyi yaratadilar va uni foyda
olish uchun sarflaydilar. Ikkinchilari - bu oddiy hunarmandlar
bo`lib (ishchilar), ular o`z qo`l kuchlari hisobiga ish haqi
oladilar (ishlab chiqarish vositalaridan mahrum). A.Turgo ish
haqini V.Petti va F.Kenye kabi tirikchilik uchun zarur
minimum mablag`lar asosida hal etadi, ammo Kenyedan
farqli ravishda nega shunday bo`lishi kerakligining
mexanizmini tushuntirib bermoqchi bo`ladi. Uning asosiy
dalili shuki, mehnatga talab taklifga nisbatan kamayib boradi,
ishchilar o`rtasida raqobat boradi. Xuddi shu kabi yer egalari
sinfi ham fabrikantlar kabi ikki razryadga ajratiladi, bular
avans beruvchi tadbirkorlar yoki kapitalistlar va faqat ish
haqi oluvchi oddiy ishchilardir. Bu katta ijobiy voqea, chunki
Fransiyada bu sinflar mavjud edi. Demak, A.Turgo bo`yicha
jamiyatda besh sinf mavjud, bu haqiqatga yaqindir. U
yollanma ishchida qo`l kuchidan boshqa ishlab chiqarish
vositalari yo`qligini ochib beradi, kun kechirish uchun u o`z
mehnatini boshqalarga sotishi zarurligini ko`rsatadi.
A.Turgoning bunday fikrga kelishida vaqtning ham ta'siri bor,


chunki u Kenyedan keyinroq yashadi. Turgoning ta'limotida
pul, qiymat, sinflar va daromad nazariyalari tahlil etiladi.
Uning fikricha, oltin, pul ham, agar ular miqdori oshib ketsa,
boshqa tovarlar kabi o`z qimmatini (foydalilik- naflilik)
yo`qotishi mumkin (marjinalistik g`oya). Pulning miqdori
jamiyatdagi ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarga
mos kelishi shart. U shuni qayd etadiki, "milliy boyligi" bu
avvalo yerlar va ulardan olinadigan "sof mahsulot"dir. Bu
olim ham qiymatning sarf-xarajat konsepsiyasini qo`llaydi.
Noyoblikka e'tibor berib, tovar xarid etishda eng muhim
element deb qaraladi (marjinalizm mavzusiga qarang).
A.Turgo boshqalar kabi erkin sohibkorlik mehnatini
qo`llabquvvatladi, dehqonchilik qo`shimcha, ya'ni sof
mahsulot manbayi ekanligini (bu fikr Kenyeniki) tan olgan
holda sanoat va savdoga ham ko`p e'tibor qiladi. PDF created
with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 145 U
kapitalni Kenyega nisbatan ancha chuqur va to`la tahlil etdi.
Kenye kapital deganda asosan natural (mahsulot) shaklidagi
bo`naklar summasi (xomashyo, mehnat haqi va boshqalar)ni
tushungan, shu sababli uning tizimida kapital jamiyatdagi
sinflar o`rtasidagi mahsulotlar taqsimoti muammosi bilan
chambarchas bog`lanmagan. Kenyening tizimida foyda o`rni
yo`q; kapitalist faqat "ish haqi olgan", bu "ish haqi"ning
qanday vujudga kelishi ham tahlil etilmagan. Bu sohada
A.Turgo ancha ilgarilab ketadi. U foydani chetlab o`ta
olmaydi, hatto to`g`ri tuyg`u asosida uni tadqiq etishni


sanoat kapitalistidan boshlaydi; bu yerda foydaning kelib
chiqishi haqiqatdan ham aniqroq ko`rinadi, vaholanki boshqa
fiziokratlar (Kenye ham) "barcha ortiqcha mahsulot yerdan
kelib chiqadi" degan noto`g`ri aqidaga asoslanadilar. U o`z
ustozlari va maslakdoshlaridan "tabiiy tartib" konsepsiyasini
buzayotganligi uchun kechirim ham so`rab qo`yadi, chunki u
tahlilni sanoatdan boshlaydi va dehqonchilikni keyin qarab
chiqadi. Ammo uning uzri noo`rindir, aksincha u muammoni
yechishga to`g`ri yondashgan; yollanma ishchi kuchidan
foydalanuvchi fermer kapitalist o`z kapitalidan kam deganda
xuddi fabrikant singari foyda olishi va renta sifatida yer
egasiga berishi kerak bo`lgan ma'lum ortiqcha
(qo`shimcha)ni ham olishi kerak. Eng ajoyib teorema 62-tezis
bo`lib, unga ko`ra ishlab chiqarishga qo`yilgan kapital o`z-
o`zidan ortib borish qobiliyatiga egadir. Xo`sh, o`zo`zidan
ortib borish darajasi va nisbatlari nima bilan belgilanadi?
A.Turgo kapital tomonidan yaratiladigan mahsulot qiymati
nimadan iborat ekanligini tushuntirmoqchi bo`ladi (aslida
kapital emas, balki mazkur kapital asosida harakatga
keladigan mehnat yaratuvchidir). Avvalo, uning fikricha,
mahsulot qiymati kapital sarflarini, shuningdek, ishchilarning
ish haqini qoplashi kerak. qolgan qismi (aslida qo`shimcha
qiymat) uch qismga ajraladi: birinchisi, foyda bo`lib,
kapitalist pul kapitalining egasi sifatida "hech qanday
mehnatsiz" olishi mumkin bo`lgan daromadga teng. Bu ssuda
(pul) foiziga mos foydadir. Foydaning ikkinchi qismi fabrika


yoki ferma ochishga tavakkal qilgan kapitalistning "mehnati,
tavakkalchiligi va san'atini" to`lashga sarf etiladi. Bu
tadbirkorlik daromadidir. Shunday qilib, aslida A.Turgo
sanoat foydasining ssuda va funksional kapitalga bo`linishini
ko`rsatib berdi. Agar pul foizi past bo`lsa, bilingki, bu
kapitalning ortiqchaligi oqibati hamdir, deydi u

Download 106.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling