1. Kirish V. Petti Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi


Download 106.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.12.2022
Hajmi106.83 Kb.
#1025515
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Foziljonov Muhammadali



Makroiqtisodiyotning tugulishi: Petti, Kantillon,
Xyum ,Turgo, Kene qarashlari
Reja:
1.Kirish
2. V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining
asoschisi
3. F.Kene - fiziokratizm ta'limotining asoschisi
4. A.Turgo va uning iqtisodiy ta'limoti
5. Kantillonning iqtisodiy nazariyasi
6. Hulosa
7
.
Foydalanilgan adabiyotlar


1 Kirish.
Makroiqtisodiyot - umuman iqtisodiyotning ishlash
mexanizmini o'rganadigan iqtisodiy nazariyaning qismi. U
o'zaro bog'liqlikda ko'plab muhim muammolarni ko'rib
chiqadi: bandlik, milliy daromad, inflyatsiya, valyutakursi,
to'lovlar balansi.
Iqtisodiyotning mustaqil fan sifatida paydo bo'lishi V.Petti,
F.Kenne, A.Turgo, I. Kantillionning qarashlari bilan bog'liq.
Iqtisodiyotning rivojnalishida Angliya iqtisodiy klassik
maktabi va Fiziokratizm iqtisodiy ta'limoti katta orin tutadi.
2. V.Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
PETTI (Petty) Uilyam (26.05.1623yil, Romsi shahri,
Xempshir — 16.12.1687yil, London) — ingliz klassik siyosiy
iqtisodining asoschisi. Loydon, Parij va Oksford
universitetlarida tibbiyotdan taʼlim olgan. U serqirra
qobiliyatga ega boʻlib, 1647-yilda nusxa koʻpaytiradigan
mashina ixtiro qilgan. 1649-yilda fizika doktori ilmiy
darajasini olgan, 1651-yilda musiqa va anatomiyadan
professor P. yirik yer egasi edi. P. Angliyada 17-asrda boʻlib
oʻtgan burjua inqilobidan keyin oʻz hokimiyatini
mustahkamlab olgan ingliz burjaziyasining nazariyotchisi
sifatida tanildi. "Soliqlar va yigʻimlar haqidagi risola" (1662),
"Soʻz donishmandlarga" (1665) "Irlandiyaning siyosiy ana-
tomiyasi" (1672), "Pul haqida soʻz" (1682), "Siyosiy
arifmetika" (1683) kabi asarlarida qiymatning mehnat


nazariyasini asoslab berdi. P. merkantilistlardan farqli
ravishda, boylik manbai muomala sohasida emas, ishlab
chiqarishda deb hisoblagan. P. jamiyatning iqtisodiy
taraqqiyotini obʼyektiv qonunlarga bogʻliq deb qaraydi, lekin
ijtimoiy va iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlariga oʻxshash
abadiy va uzgarmasdir, deb izohlaydi. P. iqtisodiy hodisalarni
tahlil qilishda tabiatshunoslik fanlarining tadqiqot usullaridan
foydalandi va uni statistik tahlil bilan toʻldirdi. P. mehnatning
qiymat nazariyasini birinchi boʻlib asoslab bergan.
P.ning "Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir"
degan fikri butun dunyo iqtisodchilari tomonidan tan olinadi.
P. tovarlar qiymatini ularni ishlab chiqarish uchun sarflangan
mehnat bilan aniqlash nuqtai nazaridan qoʻshimcha
qiymatnint kelib chiqishi muammosini hal etishga urindi.
Uning fikriga kura, renta qoʻshimcha qiymatning umumiy
shakli boʻlib, yer rentasi va pul rentasi (foiz) tarzida namoyon
boʻladi. P. differensial yer rentasi muammosini iqtisodchi
olimlar orasida birinchi boʻlib oʻrgandi, yerning bahosi
toʻgʻrisidagi masala ham P. tomonidan ilmiy jihatdan toʻgʻri
qoʻyildi.
1682 yilda yozilgan "Pul to`g`risida bir necha ogiz so`z"
kitobi 32 ta savol va javob tariqasida Angliyada pul chaqasini
qaytadan zarb etish masalasiga bag`ishlangan. Bu aslida
kichik bir parcha pul nazariyasining ustuni edi. Unda Petti
merkantilizmdan butunlay voz kechadi va pulni umumiy


ekvivalent vazifasini bajaruvchi maxsus tovar deb hisoblaydi.
Pulning qiymati ham boshqa tovar kabi sarflangan mehnat
miqdori bilan aniqlanadi, almashuv qiymati esa qimmatbaho
metallni qazib olishga ketgan mehnat sarflari bilan
belgilanadi. Eng muhim masala, bu mamlakatdagi pul-ning
miqdori, ya'ni oborotdagi pul masalasi edi. Muomaladagi
pulning miqdori tovar-to`lov oborotlari yoki oxiroqibatda
realizatsiya qilinayotgan tovarlar, ularning bahosi (to`g`ri
proporsiya) va pulning muomala chastotasi (teskari propor-
siya) bilan aniqlanadi. O`sha davrda qimmatli metallardan
qilinadigan chaqa pullar bank tomonidan chiqariladigan
qog`oz pullar bilan (ma'lum chegarada) almashtirilishi
mumkin degan to`g`ri xulosa chiqariladistatistika xizmati
tuzish zarurligi masalasini koʻtardi va statistik maʼlumot
toʻplashning ayrim yoʻnalishlarini belgilab berdi

Download 106.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling