1. Kirish V. Petti Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi


 Kantillonning iqtisodiy nazariyasi


Download 106.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.12.2022
Hajmi106.83 Kb.
#1025515
1   2   3   4   5
Bog'liq
Foziljonov Muhammadali

5. Kantillonning iqtisodiy nazariyasi
Immanuil Kant — nemis faylasufi Nemis klassik falsafasining
asoschilaridan biri. Kenigsberg universitetida professor
(1770—1796). Mantiq va metafizikadan hamda tabiiy
fanlardan, xususan, geografiyadan dars bergan. Kant
krititsizm yoki transsendental falsafaning asoschisi
hisoblanadi.
Immanuil Kant Tavalludi 22-aprel FuqaroligiPrussiya qirolligi
Otasi Johann Georg Kant
Kant falsafasi quyidagi rivojlanish bosqichini bosib oʻtdi:
1) tabiiy-ilmiy bosqich (1747—1755) — bu davrda
«Osmonning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» (1755)
asarini yozdi, bunda u oʻzining kosmogonik nazariyasini olga
surdi ;
2) metafizik bosqich — u Volf metafizikasidan voz kechib, …
3) tanqidiy bosqich — bu davrda Kant koʻproq bilish
muammolari bilan shugʻullandi. «Sof aqlning tanqidi» (1781),


«Amaliy aqlning tanqidi» (1789), «Mulohaza qobiliyatining
tanqidi» (1790) asarlari shu davrda yozilgan. Kant bilish
nazariyasida agnostitsizmga moyil. Kant bilish jarayonida
«narsa oʻzida» bilan «biz uchun narsa»ni bir-biridan farq
qiladi. «Narsa oʻzida» — oʻzicha mavjud boʻlgan obʼyektdir.
«Biz uchun narsa» — obʼyektning inson idrok qilgan qismidir.
Uning fikricha, inson «narsa oʻzida» (mohiyat)ni bilishga
qodir emas, u faqat «biz uchun narsa»ni, yaʼni hodisalarni
bilishi mumkin. Kant agnostitsizmi inson bilimi aniq tarixiy
harakterga ega ekanligi bilan chegaralanganligiga, inson hech
vaqt hamma narsani oxirigacha bilib ololmasligiga
asoslangan. Borliqning barcha qismlari bilish obʼyekti boʻla
olmasligi ham bu yerda muhim ahamiyatga ega;4)
tanqidiydan keyingi bosqich — bu davda Kant mantiq,
pedagogika, tabiiy geografiya va pragmatik antropologiya
(yaʼni harakterologiya)ga oid maʼruzalarini nashr ettirdi. Kant
fikricha, inson tajriba va amaliyot bilan har qanday bilimga
ega boʻlavermaydi. Insonda aprior (tajribagacha) bilimlar
ham boʻladi. Bular tugʻma bilimlardir (masalan, matematika,
falsafa). Ilmiy bilishning ishonchliligi va haqiqiyligi uning eng
umumiyligi va zaruriyligi bilan belgilanadi. Kant oʻz
falsafasida bilish nazariyasini birinchi boʻlib falsafiy muammo
sifatida atroflicha ishlab chiqishga harakat qildi.
Kantning axloqiy qarashlari uning «Axloq metafizikasi
asoslari» (1775), «Inson tabiatidagi azaliy yomonlik» (1792)


kabi asarlarida bayon qilingan. Axloqiy burchni axloqiy
qonun shaklida taʼriflaydi. Uning maʼnosi shuki, har bir inson
shunday xatti-harakat qilishi lozimki, bu boshqalar uchun
ham qoidaga aylansin. Kant vijdonni axloqiy hakam deb
taʼriflaydi. Insonlarning bir-biriga muhabbati va hurmati
asosiy insoniy burchlardir. Gaman, Gerder va Yakobi
Kantning gʻoyalariga qarshi chiqdilar. Fixte, Shelling, Gegel
esa oʻzlarining idealistik metafizikasini Kant nomi bilan
bogʻladilar. Kant oʻzining ijtimoiy falsafasida axloqni
siyosatdan ustuvorligini taʼkidlaydi. U boshqa xalqlar
yerlarini bosib olib oʻzini oqlashga urinishni, jinoyat qilib oʻz
aybiga iqror boʻlmaslikni, «ajratib tashla va xukmronlik qil»
aqidasini axloqqa zid xatti-harakat deb baholaydi. Kantning
fikricha, inson xuquqi muqaddasdir. Kantning qarashlari
keyingi ilmiy va falsafiy tafakkur taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi.
19-asrning 60-yillarida Kant gʻoyalari asosida neokantchilik
vujudga keldi.

Download 106.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling