1 Klassik elektrodinamikaning yaratilish tarixi 2
Download 156.87 Kb.
|
1-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mavzu. Elektrodinamika qonunlarini ochilish tarihi 1. Klassik elektrodinamikaning yaratilish tarixi
- Elektr maydon
- Magnit maydon
Reja 1
2
3
4
1-mavzu. Elektrodinamika qonunlarini ochilish tarihi 1. Klassik elektrodinamikaning yaratilish tarixi Asosida shunday ideallashtirib qarash yotadigan elektromagnit maydon nazariyasi fenomenologik elektrodinamika deyiladi. Uning boshqacha nomi makraskopik elektrodinamikadir Xozirgi zamon atamashunosligi tushinchasiga ko‘ra makraskopik elektrodinamika elektromagnit maydonning klasik nazariyasi bilan to‘la mos tushadi. Elektrodinamika, nazariy fizikaning mustaqil qismi bo‘lib, tabiatda yuz beradigan elektromagnit xodisalarni o‘rganadi. Elektromagnit xodisalarini ko‘pchiligini o‘rganishda moddiy jismlarning molekulr tuzilishi va elektr zaryadlarni diskretligini e’tiborga olishning zaruriyati yo‘q va bunday yondashuv oqibatida moddaning elektr va magnit xodisalarini dielektrik singdiruvchanlik ε va magnit singdiruvchanliklar μ bilan, o‘tkazgichlarni elektr o‘tkazuvchanligini esa solishtirma o‘tkazuvchanlik λ bilan xarakterlanadi. Zaryadlar va toklar fazoda uzliksiz taqsimlangan deb faraz qilinib, ular zaryadning xajmiy zichligi ρ va tok zichligi j bilan tavsiflanadi.
Maksvell nazariyasida elektromagnitezm xaqidagi ta’limotning asosiy eksperimental va nazariy yutuqlari nafis va ixcham shaklda umumlashtirilgan. Shu sababli Nyuton qonunlari mexanikada qanday rol o‘ynasa, Maksvell tenglamalari klasik elektrodinamikada shunday xal qiluvchi axamiyatga ega. Klassik elektrodinamikaning yaratilishi elektromagnit maydonni moddiylik tabiatini kashf qilinishi bilan poyoniga yetadi (1905). Bunda asosiy vazifani A. Eynshteynning ishlari bajardi (1879-1955). Elektromagnit maydonni o‘rganishda uning ikki tomoni elektr va magnit xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Sanoq sistemasining tanlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan bunday ajralishning shartliligi nisbiylik nazariyasi tomonidan aniqlangan. Klassik nuqtai nazarga ko‘ra maydon -bu muxitidagi biror fizik kattalikni (masalan, temperatura, elastiklik kuchlari, tezlik) fazoning qaralayotgan soxasida mujassamlashgan taqsimlanishi bilan xarakterlanadi. Boshqa maydonlardan farqli o‘laroq elektromagnit maydonlarning maydon tashuvchiga extiyoji yo‘q va u moddaning mustaqil ko‘rinishidan iborat. Elektr maydon
Magnit maydon
Download 156.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling