Mavzu: Katta masofalarda zaryadlar tizimining maydoni Elektr maydon — elektr zaryadlar yoki o


Download 25.5 Kb.
Sana18.10.2020
Hajmi25.5 Kb.
#134302
Bog'liq
Katta masofalarda zaryadlar tizimining maydoni



Mavzu: Katta masofalarda zaryadlar tizimining maydoni
Elektr maydon — elektr zaryadlar yoki o`zgaruvchan magnit maydon hosil qilgan fizik maydon. Vaqt bo`yicha o`zgarmaydigan Elektr maydon elektrostatik maydon ). Elektr maydon tushunchasini birinchi bo`lib M. Faradey 19-asr 30-yillarida kiritgan. Elektr maydon materiyaning maydon ko`rinishidir. Materiyaning har qanday o`zgarishlari, ularning o`zaro ta`sirlari vaqt oralig`ida va fazoda ro`y beradi, har qanday fizik ta`sir faqat chekli tezlik bilan tarqaladi. Elektrlangan jismlarning bir-biriga ta`siri, ularning harakati Elektr maydonlari tufaylidir. Elektr zaryadlar bir-biriga bevosita emas, balki bilvosita ta`sir etadi. Har bir zaryad o`z atrofidagi fazoda Elektr maydon harakat qiladi va shu maydon orqali boshqa maydonga ta`sir etadi. Demak, Elektr maydonning asosiy xususiyatlaridan biri mavjud bo`lgan Elektr maydonga zaryad kiritilganda unga kuch ta`sir etishidir. Elektr maydon elektr maydon kuchlanganligi va maydon potensiali bilan tavsiflanadi. Elektr maydon kuchlanganligi maydonning kuch xarakteristikasi bo`lib, u miqdor jihatdan maydonning muayyan nuqtasidagi birlik musbat zaryadga maydon tomonidan ta`sir etadigan elektr kuchlanishi bilan o`lchanadi. Kuchlanish vektor kattalik bo`lib, yo`nalishi musbat zaryadga ta`sir etuvchi kuch yo`nalishi bilan bir xil. Barcha nuqtalarda Elektr maydon kuchlanganligi ham yo`nalish, ham miqdor jihatdan bir xil bo`lgan magnit maydon bir jinsli maydon deb ataladi. Maydon potensiali skalyar kattalik, u Elektr maydonning energetik xarakteristikasi hisoblanadi. Elektr maydonni yaqqol tasavvur qilish maqsadida elektr kuch chiziqlari va ekvipotensial sirt tushunchalaridan foydalaniladi. Har bir nuqtasida Ye vektor o`ziga urinma bo`lgan chiziqni elektr kuch chizig`i deyiladi. Elektr kuch chiziqlari Elektr maydonni faqat yaqqol tasvirlabgina qolmay, balki ularning zichligi orqali Ye ni baholash mumkin. Kuch chiziqlari zich o`tkazilgan joylarda kichik bo`ladi. Bir jinsli maydonning kuch chiziqlari o`zaro parallel yotadi. Hamma nuqtalarida potensial qiymati bir xil bo`lgan sirtlar ekvipotensial sirtlar deyiladi. Bir jinsli Elektr maydon uchun ekvipotensial sirtlar o`zaro parallel tekisliklardagi, nuqtaviy zaryad maydoni uchun markazi zaryad ustida yotgan konsentrik aylanalardan iborat.
Download 25.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling