1. Ko’chirma gap O’zlashtirma gap
ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI
Download 93 Kb.
|
Kopchirma gapli qurilmaning tarkibiy
ERGASH GAPLI QO`SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARINING ISHLATILISHI
Ergash gaplarning bosh gapga bog`lanish yo`llari va tinish belgilari bilan ajratilishini uch qismga bo`lish mumkin: 1.Ergash gaplarning tobe bog`lovchilari orqali bosh gapga bog`lanishi va vergul bilan ajratilishi. 1.1Agar ergash gaplar bosh gapga shuning uchun, chunki, go`yo bog`lovchilari orqali bog`lansa, vergul shu bog`lovchilardan oldin qo`yiladi:
2.Ergash gap bosh gapga –ki bog`lovchisi orqali bog`lansa, vergul shu bog`lovchidan so`ng qo`yiladi: Bu xonaga shunday jimlik cho`kkanki, go`yo unda hayot butunlay yo`q. 3.Ergash gap bosh gapga bog`lovchi sifatida qo`llangan deb orqali bog`lansa , Vergulshu so`zdan keyin qo`yiladi: Orqada kelayotgan ayollar yetib kelsin deb, Tansiq mashinani ancha berida to`xtatdi. II. Agar ergash gapning kesimi ravishdosh yoki shart fe’li orqali ifodalansa, vergul kesim vazifasidagi ana shu fe’l shakllaridan keyin qo`yiladi: Gulnor bu yerga kelsa, Nuri darhol biron yumush qildirar edi. Daryo qancha chuqur bo`lsa, u shuncha sekin oqadi. III.Ergash gapning kesimi sifatdosh bilan ifodalanishi mumkin, bunda sifatdosh uchun,sari, sayin, chog`, payt kabi so`zlar bilan birikadi. Bu holda Vergulergash gapning sifatdosh bilan ifodalangan kesimiga qo`shilib kelayotgan ana shu vositalardan so`ng qo`yiladi: Hammamiz dalaga yo`l olgan chog`da, katta to`y tusini oladi qishloq. Ba’zan sifatdosh o`rin-payt yoki chiqish kelishigi qo`shimchalarini ham olib keladi. Bunda vergul kelishik qo`shimchasini olgan sifatdoshdan keyin qo`yiladi: Nuri gapga e’tibor qilmaganidan, Yormat endi qiziga qarab so`zlay boshladi. KO`CHIRMA GAPLARDA TINISH BELGILARI Ko`chirma gap o`zgalarning gapi bo`lib, muallif gapi esa ko`chirma gapni keltiruvchi shaxs gapidir. Ko`chirma gaplarda ikki nuqta, tire, vergul, nuqta, qo`shtirnoqning qo`llanishi ko`chirma va muallif gaplarining o`rinlashishiga bog`liq bo`ladi. Foydalanilgan adabiyot: Gussenxoven va Jeykobs 2017 yil, p. 64-65. ^ Gussenxoven va Jeykobs 2017 yil, p. 72-73. ^ Gussenxoven va Jeykobs 2017 yil, p. 65. ^ Gussenxoven va Jeykobs 2017 yil, p. 66-81. ^ Godsave, Bryus. 1974. Barmoq imlosidagi xatolarni yozish va turkumlash uchun ma'lum bir o'ziga xos xususiyat matritsasidan foydalanish maqsadga muvofiqligini tekshirish. Cincinnati universiteti, doktorlik dissertatsiyasi. ^ p. 73. Norrik, Nil. 1985 yil. Maqollar nimani anglatadi: inglizcha maqollarda semantik tadqiqotlar. de Gruyter. Download 93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling