1. Ko’chirma gap O’zlashtirma gap
Download 93 Kb.
|
Kopchirma gapli qurilmaning tarkibiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- RASMIY USLUB
- RIVOYA – INSHO
- MUHOKAMA INSHO
- TASVIRIY INSHO
BADIIY USLUB
Badiiy asarlar tili badiiy uslubda bo`ladi. Ma’lum bir voqelikni badiiy tasvir vositalari orqali obrazli ifodalovchi va shu yo`l bilan tinglovchiga estetik ta’sir etuvchi nutq uslubi badiiy uslub sanaladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Masalan: Martning oxirgi kunlari. Ko`k yuziga suzib yurgan bulut parchalari oftobni bir zumda yuz kuyga solyapti. Oftob har safar bulut ostiga kirib chiqqanda, bahor kelganidan behabar, hanuz g`aflatda yotgan o`t-o`lanni, qurt-qumursqani, avvalgidan ham yorug`roq, avvalgidan ham issiqroq shu’la sochayotgandek tuyuladi. Badiiy uslubda yozuvchi tilda mavjud bo`lgan barcha vositalardan foydalanishi. mumkin. Tasvirlanayotgan davr ruhini aks ettirish uchun eskirgan va yangi paydo bo`lgan so`zlarni, qahramonlar fe’l-atvorini ko`rsatish maqsadida noadabiy til qatlamlariga xos so`zlarni qo`llashi mumkin. ILMIY USLUB Daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalariga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga hos atamalarga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil shaklda bayon qiluvchi uslub ilmiy uslub sanaladi. Atomlar kimyoviy bo`linmaydigan zarralar. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar hisoblanadi. Fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Bu uslubda so`zlar faqat o`z ma’nosida qo`llanadi, qoida, ta’rifning mazmunini to`laroq ochish uchun ajratilgan, bo`laklar, kirish so`z va iboralar, qo`shma gaplardan kengroq foydalaniladi. RASMIY USLUB Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo`lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo`lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Bu uslub davlat arboblari o`rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora, korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog`ozi singari ish yuritish qog`ozlarida qo`llaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko`pincha darak va buyruq gaplar qo`llanadi. RIVOYA – INSHO Biror voqeani izchil tasvir etishda rivoya elementi qo`llaniladi. Hayotdagi ayrim voqealar, hodisalar, masalan, bayramlar turli xil marosimlar, ekskursiyalar, safar taasurotlari bunday ko`rinishdagi insholar uchun material bo`lib xizmat qiladi. Rivoya-insho yozish uchun insho yozayotgan shaxs Voqealarni shaxsan boshidan kechirgan yoki eshitgan bo`lishi lozim. Bundan tashqari, o`quvchi voqealarni eslashi, rasmlardan foydalanishi ham mumkin. MUHOKAMA INSHO Bunday turdagi insholar uchun sinfda o`tkazilgan vahs, munozara material vazifasini o`taydi. Muhokama-inshoda o`quvchidan o`z fikrini asoslash va dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berishi, mustaqil fikrlashi va muhokamada faol ishtirok etishi talab qilinadi. Masalan: “vatanni asrab-avaylash deganda nimani tushunaman?” , “vaxt nima?”, “Yigirma birinchi asr insoniyatga nimalar olib keldi?” kabi mavzularda vaxs uyushtirish mumkin. TASVIRIY INSHO Bunday insholarda narsa va hodisalar, shaxslarga xos belgilar, ularning boshqalaridan farqlari ko`rsatiladi, taqqoslanadi. Emotsionallikni xosil qilish uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o`hshatishlar, sifatlashlar ishlatiladi.Shuningdek, bunda oddiy tasvir elementlaridan ham unumli foydalaniladi. Shaxslar va manzaralar ko`z oldiga keltirilib, ularning timsollari gavdalantiriladi. Tasviriy – insholar o`quvchilarning fikrini o`stiradi, ulardagi kuzatuvchanlik qobilyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi. Download 93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling