48. Agar bog‘lanishlar muharriri obyektli modullarni nisbiy adreslarga sozlasa, u holda hosil bo‘lgan faylga:
*A) Yuklanuvchi modul;
B) Absolyut fayl;
C) Birlashtirishlar xaritasi;
D) Boshlang‘ich modul deyiladi.
49. Axborotni joylashtirishga mo‘ljallangan, diskning magnit sirtidagi konsentrik aylanalardan iborat sohasi nima deb ataladi?
*A) Yo‘l;
B) Klaster;
C) Sektor;
D) Silindr.
50. Eng katta radiusli yo‘l diskda qanday tartib raqami bilan belgilanadi?
A) 39-yo‘l;
*B) 0-yo‘l;
C) 1-yo‘l;
D) 40-yo‘l.
51. Agar P – disketning sirtlari soni, D – disketning bir sirtidagi yo‘laklar soni, S – bitta yo‘lakdagi sektorlar soni bo‘lsa, ushbu P*D*S*512 (bayt) formula nimani aniqlaydi?
*A) Disketning hajmini;
B) Axborot o‘lcjov birligini;
C) Disketning fizik o‘lchamini;
D) Disket plastinkasining diametrini.
52. Ushbu N(sirt) + N(yo‘l) + N(sector) formula orqali disketning qaysi elementi aniqlanadi?
A) Disketning formatlanganlik darajasi;
B) Disket hajmi;
*C) Disket sektorining fizik adresi;
D) To‘g‘ri javob yo‘q.
53. Mantiqiy diskning faylli tuzilmasini xarakterlovchi asosiy elementlar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) FAT, Disk nomi, Disk hajmi;
*B) Boot-sector, FAT, Root-Directory, Ma’lumotlar sjhasi;
C) Ma’lumotlar sohasi, Kesh-xotira hajmi;
D) Javoblarning barchasi to‘g‘ri.
54. Ushbu N(silindr) + N(yo‘l) + N(sektor) formula orqali nima aniqlanadi?
*A) Vinchester sektorining fizik adresi;
B) Vinchester hajmi;
C) Diskdagi ma’lumotlar sohasi;
D) Tizimli disk holati.
55. BIOS 10h uzilishi asosan qanday xizmatni o‘tashga mo‘ljallangan?
A) Disklarga xizmat ko‘rsatish;
*B) Ekranga xizmat ko‘rsatish;
C) Tizimni qayta yuklash;
D) Klaviatura xizmati.
Do'stlaringiz bilan baham: |