1. Kоmpyutеr grаfikаsi fаnining хоzirgi dаvrdа ахаmiyati vа o’rni?
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Microsoft Power Point
Corel Draw 5.0 larni keltirish mumkin.
Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. Tenglamalarga oid parametrlar o’zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil qilinadi. Fraktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sifatida rasm, shakl, tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. 95. Axborotni taqdim etishning qanday turlarini bilasiz? Taqdim etish usuliga ko’ra axborot matn, jadval, matrisa, grafik va dinamik qatorlarga bo’linadi. Matn axboroti eng ko’p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun xozirgi paytda gipеrmatn dastur tizimi ko’rinishida maxsus dasturiy vositalar qo’llanilmoqda. Bunday tizimlar matn hujjatlar ma`lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun muljallangan. 96. Matn ko‘rinishda berilgan axborotlarni qayta ishlash texnologiyalarida qanday asosiy operatsiyalar bajariladi? 2D grafikasida ishlay oladigan dasturlar Ular hosil qilgan tasvir va matnlardan slayd-filmlar yaratishga va uni turli-tuman effektlardan foydalangan holda namoyish qilishga imkoniyat yaratadi: diagonal bo’yicha, ekranning markaziy nuqtasidan uning chetlariga yo’nalgan holda, bir - birini qoplovchi ikki to’siq shaklida va boshqacha effektlar bi-lan namoyish eta oladi. Bu sinfga oid bo’lgan dasturlar vositasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi zarur: • shrift tanlash; • rangning jilolarini tanlash; • chiziq qalinligini tanlash; • ilgari hosil qilingan va grafika kutubxonasidagi tasvirlarga murojaat hamda ularni tanlash; • hosil qilingan tasvirni saqlash va uni kutubxonaga joylashtirish; • tasvirga matnni joylashtirish; • tasvirni qirqish, ulash va o’chirish; • tasvirlarni slayd rejimida maxsus effektlar bilan birgalikda tomosha qilish; • tasvirlarni sharhlash vositalari; • ish grafikasi vositalarining mavjudligi. 97. Jadval ko‘rinishda berilgan axborotlarni qayta ishlash texnologiyalaridan qanday hollarda foydalaniladi? Shartli belgilar chizma yuzasida ma`lum bir tartibda joylashtiriladi. Masshtabsiz grafiklarda belgilar erkin montaj, zonal va jadval turi ko’rinishida beriladi. Bu erda grafikani yorqinlashtiruvchi vosita sifatida rangdan foydalaniladi. Jadval turi - bu o’zaro kesishuvchi zonalarning kombinatciyasidan iborat. Grafiklar tuzishda, ya`ni uning texnologik asoslarini qurishda – grafik muharrirda chiqariladigan chizmalar sonini ham nazarda tutish kerak. Bu erda quyiladigan asosiy talab – grafik muharrir tomonidan ko’rsatiladigan kompleksning eng asosiy qism detallari va soyasi birinchi navbatda, ikkinchi navbatda ikkinchi darajali detallar, uchinchi navbatda yordamchi detallar kursatiladi va xakozo. 98. Tasvir ko‘rinishda berilgan axborotlarni qayta ishlash texnologiyalaridan qanday hollarda foydalaniladi? Kompyuter grafikasi dunyo fanida yangi fundamental fan hisoblanib, o’tgan asrning 90–chi yillarida paydo bo’ldi va ishlab chiqarishning barcha sohasida kadrlar tayyorlab berishda o’ziga xos mustaqil ahamiyatga egadir. Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varaq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm chizish, ya`ni tasvir yasash, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi. Bu dasturlar rasm chizish programmalari yoki grafik muharrirlar hisoblanib, ular yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. 99. Tasvir ko‘rinishda berilgan axborotlarni qayta ishlashning umumiy masalalarini tushuntirib bering. Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til - bu fikrni ifodalashning fazoviy tasvirlash yoki shartli ravishda tekislikda aks ettirish usullarining to’plamidir. Grafik tasvirlashning namunalari - geometrik figuralar, turli xaritalar, iqtisodiy analizning diagrammalari, korxonalarning tashkiliy strukturaviy sxemalari va boshqalar bo’lishi mumkin. Aqliy tasavvur va qiymatlar to’plamini ifodalovchi chizmalarni tuzish jarayoni grafiklashtirish deyiladi, uning natijasi esa - grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda voqelikni yoki qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo’llaniladigan hamma belgilar - bu g’oyalar belgisi bo’lib, uning o’zi yaxlit holatda g’oyalar to’plamini ifodalaydi. 100. Kompyuter grafikasi nima? Kompyuter grafikasi tushunchasiga tuxtaladigan bulsak, kompyuter grafikasi deganda avvalo biz turli xil rasmlarni va chizmalarni, animasiyalarni, xar xil efektlarni, ovozlarni uzida mujassam etgan. Shuni ukuv jarayonida, konferensiyalarda va seminarlarni utkazishda zamonaviy texnikani kullash odiy bulib koldi. Namoyish yetish uchun 35 millimetrlik slayd plyonkasi va tashqi plyonkalar ishlatilish odat tusiga kirdi. Keyingi vaktlarda rangli suyuk kristalli panelllar tarkalgan bulib, bevosita kompyuter ekraniga ulanadi. Bunday prezentasiyalarni tayyorlash kup mexnat talab kilinadigan jarayonlardir. Shuning uchun dastur taminoti bozorida kator paketlar paydo buldiki, ular prezentasiyalarni barpo yetish va utkazish ishlarini soddalashtirishga yordam beradi. Bunday dastur maxsuloti vakillaridan biri bu Microsoft Power Point dasturi dir. 101. Kompyuter grafikasida planshetning vazifasi qanday? Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinadigan grafikalar amaliy jihatdan qaraganda hammasi interaktivdir. Passiv mashina grafikasiga planshetli va barabanli grafik quruvchi qurilmalar, shuningdek printer, kino va videokameralar yordamida hosil qilinadigan tasvirlar kiradi. Bu qurilmalar yordamida hosil qilinadigan tasvirga bevosita ta`sir qilib bo’lmaydi. Monitor qurilmasida tasvir hosil qilish jarayonini sichqoncha, klaviatura, skaner qurilmalari yordamida istagancha boshqarish mumkin. Yuqorida ko’rib o’tilgan hamma tasvir hosil qilish usullarining umumiy tomoni shundaki, bu erda tasvir raqamli protcessor yordamida hosil qilinadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling