1. Kоmpyutеr grаfikаsi fаnining хоzirgi dаvrdа ахаmiyati vа o’rni?
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Vektorli grafika. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi.
Chiziq sifatida to’g’ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko’rinishga bo’ladi. Vektorli grafikaning afzallik tomoni tasvirning xotirada kamroq joy olishidir, chunki bu holda xotirada joy chiziq o’lchoviga bog’liq bo’lmagan ravishda bo’ladi. Buning sababi xotirada chiziqning o’zi emas balki uni ifodalovchi formula yoki parametrlar saqlanishidadir. Vektor grafikaning ixtiyoriy tasviri chiziqlardan tashkil topadi va oddiy chiziqlardan murakkablari hosil qilinadi. Ko’pincha vektorli grafikani ob`ektga mo’ljallangan grafika deyish mumkin. Chunki bunda, masalan, uchburchak hosil qilish uchun 3 ta chiziq (kesma)dan foydalanilsa, piramida hosil qilish uchun uni uchburchakdan foydalanibgina hosil qilish mumkin. Vektorli grafikani hisoblanadigan grafika deb ham atash mumkin, chunki tasvirni (ob`ektni) ekranga chiqarishdan avval uning koordinatalari hisoblanadi va mos nuqtalar hosil qilinadi. 173. Rastrli tasvir deganda nima tushuniladi? Rastrli (nuqtali) grafikada tasvirlar nuqtalardan hosil qilinadi. Shuning uchun uning asosiy tushunchasi – “ruxsat” (bir birlik uzunlikka to’g’ri keladigan nuqtalar soni) bo’lib, uning quyidagi shakllari mavjud: Originalga ruxsat Ekranda tasvirga ruxsat Qog’ozga chiqarishga ruxsat Original (asl)ga ruxsat 1 dyuymdagi nuqtalar bilan o’lchanib, kompyuterga kiritilayotgan tasvir sifati fayl kattaligiga, kodlashtirish usuli (tayanch shaklni hosil qilish usuli) va boshqa parametrlarga bog’liq bo’ladi. Tasvir sifatiga qo’yilgan talab qancha katta bo’lsa original (asl)ga ruxsat shuncha katta bo’ladi. Ekranda tasvirga ruxsat deganda biz monitor (ekran)da hosil bo’ladigan tasvirning parmetrlarini tushunamiz. Tasvir nusxasini ekranda hosil qiluvchi oddiy nuqta piksel deyiladi. Piksel kattaligi ekranda tasvirga ruxsat bilan original (asl)ga ruxsat orasidagi masshtabga bog’liq. Diagonali 20-21 dyuymli ekranlarga 640*480, 800*600, 1024*768, 1280*1024, 1600*1200, 1600*1280, 1920*1200, 1920*1600 nuqtali standart ekranda tasvirga ruxsat berilgan. 174. Kompyuter grafikasi qanday turlarga bo‘linadi? Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi. 175. Animatsion, namoyish, bezatilgan, kommersiya, injener va ilmiy grafikalarni xarakterlovchi xususiyatlari nimalardan iborat? 176. Grafik tasvirning asosiy turlari qanaqa? Grafik tasvirni hosil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish uchun kompyuter grafikasining uch turda – rastrli (nuqtali yoki pikselli), vektorli (ob`ektli), fraktal hosil qilinishini ko’rib chiqamiz. Bu uch turning asosiy farqi ekran yuzasida yorug’lik nuri haraktlanishining turlichaligidadir. Ularning to’la farqi keyingi mavzularda chuqurroq ko’rib o’tiladi. 177. Grafiklarning asosiy ko‘rinishlari qanaqa? Rastli grafika. Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Vektorli grafika. Vektorli grafikada tasvirning asosiy elementi sifatida chiziq qaraladi. Chiziq sifatida to’g’ri chiziq yoki egri chiziq olinishi mumkin. Rastli grafikada bunday chiziqlar nuqtalar (piksellar) yordamida yaratilsa, vektorli grafikada esa tasvirlarni yaratishda nuqtaga nisbatan umumiyroq bo’lgan chiziqlardan foydalaniladi va shuning hisobiga tasvirlar aniqroq ko’rinishga bo’ladi. Fraktal grafika. Fraktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning vektor grafikadan farqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. 178. Kompyuter grafikasining asosiy qo‘llanish sohalari qanaqa? Mashina grafikasi deganda ob`ektlarning hajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va EHM lar yordamida ularni namoyish etish tushuniladi. Kompyuter grafikasi yangi informatcion texnologiyalar orasida to’xtovsiz rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida ham (grafika stantciyalari), dasturiy vositalar sohasida ham ko’zga tashlanmoqda. Ular videofilm kadrlari bilan sifat bo’yicha taqqoslashga loyiq xaqiqiy, hajmli harakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Bu dasturiy mahsulotlar reklamalar ishlab chiqaruvchi vositalar xisoblanib, san`at va multimediya texnologiyasi sohalarida qo’llaniladi. Bundan tashqari namoyish grafikasiga, geometrik modellashtirishga, grafik interfeyslarni loyihalashga, animatciya (harakatlanuvchi tasvirlar)ga va ko’zga ko’rinuvchi (vizual) harakatni qurish- ga katta e`tibor berilmokda. 179. Rastrli tasvirlar qanday asosiy xarakteristikalariga ega? Rastli grafika. Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi. Odatda, bunday ko’rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog’liqdir. Bu parametr dpi(dots per inch-nuqtalar soni zichligi) bilan o’lchanadi. Ekran dioganali 15 dyuymli (1dyuym=2,54 sm) monitorda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitor ekranining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo’ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko’p joy olinishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi. 180. Tasvir shaklda taqdim etilgan malumotlarning qanday turlarini bilasiz? 181. Macromedia Flash dasturi qanday dastur? Kompyuter grafikasi 2 xil bo’ladi: Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling