1. Kоmpyutеr grаfikаsi fаnining хоzirgi dаvrdа ахаmiyati vа o’rni?
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menyu satri.
Ekranda axborotlarni ifodalash. Power Point foydalanuvchiga ishlash va
axborotlarni har xil ko`rinishlarini tomosha qilish imkoniyatini byeradi. Dastur bosh oynasining quyi qismidagi tugmachalardan birini bosib 5 ta ko`rinishlar bilan tanishish mumkin. 149. Kompyuter grafikasi kursining asosiy vazifasi nimadan iborat? Grafik tasvirni hosil qilishni zamonaviy usullari bilan yaxshiroq tanishish uchun kompyuter grafikasining uch turda – rastrli (nuqtali yoki pikselli), vektorli (ob`ektli), fraktal hosil qilinishini ko’rib chiqamiz. Bu uch turning asosiy farqi ekran yuzasida yorug’lik nuri haraktlanishining turlichaligidadir. Ularning to’la farqi keyingi mavzularda chuqurroq ko’rib o’tiladi. 150. Rang nima? U qanday xususiyatlarga ega? Rang – bu aniq chastotadagi turli yorug’lik to’lqinlarining to’plami. Rangli informatciyaning izohini chastotali xarakteristikalarda ifodalash – bu juda qiyin va kichik texnologik masala. Shuning uchun yorug’lik oqimida filtrlar to’plami yordamida majburiy taqsimlash bajariladi. Bu bosqich ranglar tahlili deb ataladi. Rang - bu xuddi fizikadagidek, fiziologiyada ham juda murakkab jarayon. Bu sohada, yagoni rang nazariyasi bilan juda ko’p mutaxassislar shug’ullanadilar. Shuning uchun, biz bu keng sohani kompyuter grafikasi uchun tegishli bo’lgan qismi bilangina tanishib chiqamiz. 151. Rangning qandayxarakteristikalarini bilasiz? Jismning rangi nafaqat uning o’zini xossasiga, balki xuddi shu jismni yoritayotgan yorug’lik manbaiga va insonni ko’rish qobiliyatiga bog’liqdir. Bundan tashqari, ayrim jismlar o’zidan nurni qaytaradi (devor, doska, qogoz), ayrimlari esa o’zidan nurni o’tkazadi (sellofan, oyna). Agar sirt faqat ko’k rangni qaytarsa, u qizil rang bilan yoritilganda xuddi qoraga o’xshab ko’rinadi. Xuddi shuningdek, agar yashil nur taratayotgan yorug’lik manbai faqat qizil nurni o’tqazuvchi oyna orqali kuzatilsa u ham qora bo’lib ko’rinadi. 152. Rangning qanday modellari mavjud? Rangli model deb additiv va subtraktiv metodlar yordamida ishlangan ranglar jilosi tarkibiy komponentlarning bo’linish usullariga aytiladi. Kompyuter grafikasida asosan RGB, HSB va CMYR rang modellari qo’llaniladi. Rangli modellar uch o’lchovli koordinatalar sistemasida joylashadi va ranglar fazosini tashkil qilib, Grossman qonuniga binoan rangni uch o’lchovli fazodagi nuqta sifatida ifodalash mumkin. 153. Rang modellari bir – biridan nima bilan farq qiladi? Grossmanning birinchi qonuni. Chiziqli bog’liq bo’lmagan har qanday rangni uchta tashkil etuvchi orqali bir qiymatli ifodalash mumkin. Chiziqli bog’liq bo’lmaslik - bu ixtiyoriy uch rangdan ikkitasini qo’shish orqali uchinchisini hosil qilish imkoniyati mavjud emas. Grossmanning ikkinchi qonuni. Agar ranglar uzluksiz o’zgarsa ranglar aralashmasining nurlanishi ham uzluksiz o’zgaradi. Hech qanday rang yo’qki, unga yaqin bo’lgan rangni tanlash imkoniyati mavjud bo’lmasa. Grossmanning uchinchi qonuni. Ranglar aralashmasining nurlanishi ularning rangiga bog’liq, biroq uning spektr tarkibiga bog’liq emas. 154. RangningRGBmodelini tushuntiring. RGB (Red, Green, Blue- qizil,yashil,ko’k) rangli moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda juda qulay va u bir-biriga bog’liq bo’lmagan uchta qiymatdan foydalanadi. Buni uch o’lchamli koordinata sistemasi ko’rinishida ifodalash mumkin. Har bir koordinata o’qida 0 dan 255 gacha diapazondagi bitta rang joylashtiriladi. Natijada rangli kub hosil bo’ladi va uning ichida RGB modulning barcha ranglari joylashadi. Bu kubning hajmini hisoblash natijasida RGB modulning ranglar soni 16 777 216 ta bo’lishi mumkinligini aniqlaymiz, ularni 24 razryadli ranglar platasi yordamida monitorda aks ettirish mumkin. 155. Maksvell uchburchagini tushuntiring. Oddiy uch turdagi nurga sezgir fotoreseptor hujayralari inson ko'zida (konus hujayralari) sariq (uzun to'lqin uzunligi yoki L), yashil (o'rta yoki M) va binafsha (qisqa yoki S) nurga (tepalik to'lqin uzunligi mos ravishda 570 nm, 540 nm va 440 nm ga) ko'proq javob beradi.). Uch xildan olingan signallarning farqi miyani keng doirasini farqlashga imkon beradi gamut turli xil ranglarda, sarg'ish-yashil nurga va ular orasidagi farqlarga nisbatan eng sezgir (umuman) ranglar yashil-to'q sariq rangli mintaqada. Misol tariqasida, to'q sariq to'lqin uzunlikdagi yorug'lik (taxminan 577 nm dan 597 nm gacha) yorug'lik ko'zga kirib, to'r pardasiga uriladi deylik. Ushbu to'lqin uzunliklarining yorug'ligi retinaning o'rta va uzun to'lqin uzunlikdagi konuslarini faollashtirishi mumkin, ammo teng emas - uzun to'lqin uzunlikdagi hujayralar ko'proq javob beradi. 156. Kompyuter grafikasi xaqida nima bilasiz? Fan va texnika taraqqiyoti jamiyatimizni informatcion jamiyatga aylantirdi. Bu jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchilarning aksariyat qismi axborotlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan banddirlar. Bunday ishlarni zamonaviy kompyuterlarsiz amalga oshirish qiyin. Ulardagi ma`lumotlarni qayta ishlash mashina grafikasi yordamida amalga oshirish foydalanuvchiga katta qulayliklar tug’diradi. Mashina grafikasi deganda ob`ektlarning hajm modellarini yaratish, saqlash, ishlov berish va EHM lar yordamida ularni namoyish etish tushuniladi. Kompyuter grafikasi yangi informatcion texnologiyalar orasida to’xtovsiz rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Bunday rivojlanish texnika sohasida ham (grafika stantciyalari), dasturiy vositalar sohasida ham ko’zga tashlanmoqda. Ular videofilm kadrlari bilan sifat bo’yicha taqqoslashga loyiq xaqiqiy, hajmli harakatlanuvchi tasvirlarni yaratishga imkon beradi. Bu dasturiy mahsulotlar reklamalar ishlab chiqaruvchi vositalar xisoblanib, san`at va multimediya texnolo- giyasi sohalarida qo’llaniladi. 157. Adobe PhotoShop dasturning umumiy kurinishini tariflab bering? Dasturning asosiy oyna tarkibini ko’rib o’tamiz. ➢ Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda butun dunyo bo’ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo’lib, Photoshop xam bundan mustasno emas, balki u ham File bilan boshlanib Help da tugaydi. - File – Ushbu menyu asosan ishning boshida va so’ngida qo’llaniladi, chunki uning ko’pchilik funktciyalari fayllarni yaratish, yuklash, va xotiraga saqlash bilan bog’liq.. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling