1. Kompyutеr grafikasi paketlari deganda nima tushuniladi?


Vektorli tasvirlarga ta’rif bering


Download 0.6 Mb.
bet2/40
Sana26.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1125147
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
GRAFIKASI

3.Vektorli tasvirlarga ta’rif bering.
Vektorli grafika- shrift va oddiy geometrik elementlarni qo`llash imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi. Vektorli grafikadagi ma’lumotlar operativ xotirada kam joy egallaydi. Masshtablash jarayonida ob’ektlar o`zining xususiyatini yo`qotmaydi. Murakkab ob’ektlarni vektorli grafikada ularning o`lchamini kattalashtirib ko`zdan kechirish mumkin.
Vektorli grafikada tasvirlar geometrik shakllardan tashkil topgan bo`ladi. Chiziqlar va shakllar majmuasi natijada biror bir umumiy rasm yoki tasvirni hosil qiladi. Vektorli grafikada tasvirni hosil qilish bo`yicha matematik formulalar asosida barcha hisob-kitoblarni kompyuter bajaradi.
Vektorli grafika asosan illyustratsiyalar yaratish uchun yo`naltirilgandir. Vektorli grafika reklama agentliklarida, loyihalash byurolarida, nashriyotlarida va boshqa joylarda keng qo`llaniladi.
4.Grafikada chiziqning qanday turlari ishlatiladi?
Chiziq ko‘pincha dizaynda: chizmalar yoki rasmlarda, to‘qimalar, modellar kabi grafik elementlarda mavjud bo’ladi.
Matn kompozitsiyasida ham chiziqlar juda keng tarqalgan bo‘lib, ular tarkibni ajratib ko‘rsatish, ajratish yoki tartibga solish maqsadida ishlatilishi mumkin. U qalin yoki ingichka, to‘lqinli yoki zigzag bo‘lishi mumkin
5.Rang palitralari nima?
Ranglar palitrasi-bu rassomlar va dizaynerlar g'oyalarni amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin bo'lgan ranglar to'plami. Palitralar amalga oshirishning ikkita usuliga ega bo'lishi mumkin:
1. raqamli-har bir rangga o'z kodi beriladi;
2. jismoniy - ranglar kartalarda, albomlarda bosilgan, qog'ozga qo'lda chizilgan va boshqalar.
Palitra veb-dizaynerlar uchun ayniqsa muhimdir, chunki interfeyslarni yaratishda tanlangan rang kombinatsiyalarining uyg'unligi va ularning kayfiyat va brend xabarlarini etkazish qobiliyatini hisobga olish kerak. Palitra bilan muvaffaqiyatli ishlash sizga sayt trafigini yaxshilashga imkon beradi, shuningdek foydalanuvchilarni xaridlarni amalga oshirishga yoki xizmatlar uchun buyurtma berishga undaydi. Agar biz rasm chizadigan rassomning palitrasi haqida gapiradigan bo'lsak, unda ularning soni cheklanmagan. Darhaqiqat, rejani etkazish uchun toza ranglar ham, ularning aralashmalari ham talab qilinishi mumkin. Agar biz saytning dizayni haqida gapiradigan bo'lsak, unda nafaqat ranglar palitrasiga balkim?, asosiy marketing qoidalariga va ilmiy tadqiqotlarga ham tayanishkerak bo’ladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling