void printYuza(double radius = 1) { double yuza = radius * radius * 3.14159; cout << "Yuza: "<< yuza << endl; } intmain() { printYuza();
printYuza(4); return 0; }
Yuza: 3.14159
Yuza: 50.265
|
Bu kodning 5-satrida printYuza funksiyasi radius parametri bilan e’lon qilingan. radius ning jimlik qoidasi bo`yicha qiymati 1 ga teng. 13-satrda funksiya argument yubormasdan chaqirilayapti. Bunday holatda radius ga 1 qiymati ta’minlanadi.
60.Bir o’lchovli massivlarni e’lon qilish(single-dimensional arrays, declare arrays).Massivlardan bir turli, ko`p sonli qiymatlarni yozishda foydalaniladi. Massivdagi alohida elementga uning tartib raqami – indeksi orqali murojaat qilish mumkin. Massiv ma’lumotlar jamlanmasini yozishda ishlatiladi, lekin ko`proq massiv bir turli qiymatlar to`plami deb tushuniladi. Ko`p sonli qiymatlarni ta’minlash uchun son0, son1, son2, … sonN kabi ko`p sonli o`zgaruvchilarni e’lon qilish o`rniga faqat bitta nom bilan (masalan: son) massiv e’lon qilgan holda, son[0], son[1], son[2] … son[N] kabi alohida massiv elementlariga murojaat qilish mumkin. Quyidagi qismlarda massivlarni e’lon qilish va ularning elementlariga indekslar orqali murojaat qilish qoidalari bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.12.2.1. Massivlarni e’lon qilish. Massivni e’lon qilishdaelement turi va massiv hajmini belgilash quyidagicha sintaksis asosida amalga oshiriladi: double Sonlar[10]; Bu ko`rsatma bajarilgandan so`ng kompilyator Sonlar massivi uchun, xotiradan 10 ta double turiga loyiq joy ajratadi.
61.Massiv elementlariga murojaat va massiv initsializatsiyasi (accessing array elements, array initializers).Massiv elementlariga murojaat.
Massiv elementlariga ularning indekslari orqali murojaat qilinadi. Massiv 0 dan boshlab indekslanadi va 0 dan Hajm-1 gacha oraliq uchun ishlaydi. Massivning birinchi elementi 0-indeksga yoziladi, ikkinchi elementi 1-indeksga yoziladi va hokazo. 12.1-rasmda myList massivi 10 ta double qiymatni o`zida saqlagan, tartib raqamlari esa, 0 dan 9 gacha bo`lgan massiv keltirilgan. Massivning har bir elementi quyidagi sintaksis asosida taqdim qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |