1. Kompyuter nima hardware, software


Download 0.75 Mb.
bet5/19
Sana28.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1070487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Oraliq javoblari

true||true&&false
true&&true||false
!, &&va || mantiqiy operatorlari mantiqiy ifodalarni yaratishda foydalaniladi.
27.Switch operatori (switch statement);
switch operatori o’zgaruvchi yoki ifodaning qiymatiga bog’liq ravishda buyruqlarni bajaradi.
switch operatorining sintaksisi:
switch (ifoda)
{
case qiymat1: buyruq(lar)1; break;
case qiymat2: buyruq(lar)2; break;

case qiymatN: buyruq(lar)N; break;
default:dastlabki-holat-uchun-buyruq(lar);
}
switch-ifoda aniq qiymat berishi kerak va u har doim qavsga olingan bo’lishi lozim.
qiymat1 … qiymatN - o’zgarmas ifodalar, ulardan o’zgaruvchi sifatida foydalanib bo’lmaydi. Ular faqat butun qiymatlardir.
case operatoridagi qiymat switch-ifodaning qiymati bilan mos bo’lsa, to break operatorigacha shu holatdagi buyruqlar bajariladi.
default – ixtiyoriy holda foydalanish mumkin. switch-ifoda bilan case lardagi qiymatlarning birortasi bilan mos kelmasa, uholda mana shu holatdagi buyruqlar bajariladi.
break kalit so’zida ixtiyoriy ravishda foydalanailadi.
28.Shartli ifodalar (conditional expression);
Shartli ifoda shart asosida qurilgan ifoda
mantiqiy-ifoda ? ifoda1 : ifoda2;
mantiqiy-ifoda ning qiymat true bo’lsa, ifoda1 aks holda ifoda2 bajariladi.
Tasavvur qiling, son1 va son2 sonlaridan kattasini max o’zgaruvchisiga ta’minlamoqchisiz. Uni shartli ifoda bilan soddagina qilib quyidagicha yozish mumkin:
max=son1>son2? son1 : son2;
Quyidagi misolda esa, sonning juft yoki toqligi aniqlanadi:
cout<<(son % 2 == 0 ? “son juft” : “son toq”)<Debugging dasturda xatolarni topish va to’g’rilash jarayoni.
Mantiqiy xatolar baglar(bugs) deyiladi. Xatolarni aniqlash va to’g’rilash jarayoni debagging(debugging) deb yuritiladi.
30.Matematik funksiyalar (Trigonometric Functions, Exponent Functions);
C++ ning cmathnomli kutubxonasida ko’plab foydali matematik funksiyalar jamlangan.
C++ da matematik funksiyalar uch kategoriyaga bo’linadi:
Trigonometrik funksiyalar(sin(), cos(), tan());
Exponent funksiyalar(pow(), log());
Xizmat funksiyalari(min(), max(), abs()).
sin, cos va tan funksiyalari uchun parameter sifatida radianlardagi burchaklar beriladi. asin, acos va atan funksiyalarida radianlardagi burchaklar qaytuvchi qiymatlar hisoblanadi va ularning chegarasi –π/2 dan π/2 oraliqda joylashadi. Bir daraja π/180 radianga teng, 90 daraja π/2 radianga va 30 daraja π/6 radianga teng. PI konstantasining qiymati 3.14159 ga teng.

31.Matematik funksiyalar (Rounding Functions, min, max, and abs Functions);


Yaxlitlash funksiyalari: ceil(x)-x o’ziga yuqoridan eng yaqin butun son bo’lib yaxlitlanadi. Bu butun son double qiymatda qaytadi.
floor(x)- x o’ziga quyidan eng yaqin butun son bo’lib yaxlitlanadi. Bu butun son double qiymatda qaytadi.
min va max funksiyalari ikki sondan kichigi va kattasini qaytaradi (int, long, float yoki double turlari uchun). Misol uchun, max(4.4, 5.0) 5.0 qiymat qaytaradi va min(3, 2) 2 qiymat qaytaradi.
abs funksiyasi sonning absolyut qiymati, ya’ni modulini qaytaradi (int, long, float yoki double turlari uchun). Misol: max(2, 3) 3 qaytaradi
max(2.5, 3.0) 3.0 qaytaradi
min(2.5, 4.6) 2.5 qaytaradi
abs(-2) 2 qaytaradi
abs(-2.1) 2.1 qaytaradi
32.Belgili ma’lumot turi, belgilar jadvali, belgini klaviaturadan o`qish va maxsus birikmalar (char type, ASCII, read character, escape sequence);
Belgili ma’lumotlar turi bir belgini namoyish qilish uchun foydalaniladi.
char belgili turi bir belgini namoyish qilish uchun qo’llaniladi. char o’zgaruvchisiga qiymat ta’minlash uchun apostrofdan foydalaniladi.
char letter = ‘A’;
char numChar = ‘4’;
Birinchi buyruqda char turidagi letter o’zgaruvchisiga A belgisi ta’minlanmoqda. Ikkinchi buyruqda esa, char turidagi numChar o’zgaruvchisiga 4 belgisi ta’minlanmoqda.
Kompyuterlar ikkilik sonlardan foydlanadi. Belgilar kompyuterda 0 lar va 1 lar ko’rinishidagi ketma-ketliklarda ifodalanadi. Belgini ikkilik ko’rinishida tasvirlash shifrlash deyiladi. Belgilarni shifrlashning turli yo’llari mavjud. Belgilar shifrlash sxemalari yordamida shifrlanadi.
Ko’plab kompyuterlar barcha katta va kichik harflar, raqamlar, punktuatsiya hamda boshqarish belgilarini qayta namoyish qilish uchun 8 bitli ASCII (American Standard Code for Information Interchange) shifrlash sxemasidan foydalanadi. Deyarli barcha tizimlarda char turi o’zgaruvchisi 1 baytni oladi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling