C++ dasturining tarkibiy tuzilishi va vazifalari
Download 1.02 Mb.
|
c plus tarkibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturlash asoslari
- Main funksiyasi
- include direktivasi
- Foydalanilgan manbalar
Statementlar (bayonotlar)C++ dasturi statementlardan iborat. Har bir statement ma'lum bir harakatni bajaradi. C++ tilida statement oxirida nuqta vergul belgisi qo’yiladi ( ; ). Bu belgi kompilyatorga statement tugatilishini ko’rsatadi. Masalan: Main funksiyasiC++ tilida yozilgan har bir dastur eng kamida bitta funksiyaga ega bo’lishi kerak – main() funksiyasi. Aynan shu funksiyadan dastur bajarilishni boshlaydi. Funksiya nomi main o’zgarmas va hamma C dasturlari uchun bir xil. Funksiyaning tanasi kod bloklari ( {} ) orasida yoziladi. Funksiya – qaytarib beradigan qiymatining turini ko’rsatish bilan boshlanadi. Bizning misolda main funksiyasi son qaytarib berishi kerak, shuning uchun int kalit so’zi ishlatilgan. Keyin esa funksiyaga nom beriladi, bizning misolda bu main. Nomidan keyin qavslar ichida ( () ) parametrlar ro’yxati keladi. Bizning misolda main funksiyasi hech qanday parametr qabul qilmaydi. #include direktivasiYuqoridagi misolda konsolga ‘Hello World!’ matni chiqadi lekin konsolga chiqarishdan foydalanishimiz uchun kod faylining boshida include direktivasi orqali iostream kutubxonasini ulashimiz kerak. include direktivasi panjara ( # ) belgisi bilan boshlanadi va dasturda qanaqa fayllar yoki kutubxonalar ulanishi kerakligini bildiradi Masalan: iostream, cin, cout, stdC++ tilining o’zida konsolga kiritish va konsolga chiqarish imkoniyatlari mavjud emas, bu imkoniyatlardan foydalanish uchun iostream kutubxonasini ulash zarur (yuqoridagi rasmda). Konsolga ma’lumot chiqarish uchun cout obyektidan foydalaniladi, konsoldan ma’lumot o’qish uchun esa cin obyekti ishlatiladi. Bu obyektlar std nomlar maydoniga tegishli bo’lgani uchun ularning oldidan std prefiksi ishlatiladi. Lekin har safar std kalit so’zini ishlatish noqulay bo’lishi mumkin. Shunday hollarda dasturga turli nomlar maydonidagi obyektlarni kiritish uchun using operatorini ishlatish mumkin. returnFunksiyadan qiymat qaytarish uchun return operatori ishlatiladi. Qaysi turdagi qiymat qaytarishi funksiya turiga bog’liq (2-rasmda). Bizning misolda main funksiyasi 0 qaytaradi. return operatorining ishlatilishiga misol: Ushbu misolda main funksiyasi cout obyekti orqali konsolga myFunction funksiyasi qaytargan qiymatni chiqaradi. myFunction funksiyasi int turiga oid x va y parametrlarini qabul qiladi va x ni y darajaga oshirib ( xy ) natijani qaytarib beradi. Yana bir misol: Ushbu misolda kvadrat funksiyaning diskriminantni qaytarib beruvchi float turiga tegishli bo’lgan findDiscriminant funksiyasi a,b,c parametrlar asosida diskriminantni hisoblar return operatori orqali main funksiyasiga qaytarib beradi va main funksiyasi uni konsolga chiqaradi Foydalanilgan manbalarhttps://carbon.now.sh/ https://www.w3schools.com/cpp/ https://metanit.com/cpp/tutorial/1.1.php https://ru.wikipedia.org/wiki/C%2B%2B Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling