1. Kompyuter tarmoqlari tushunchasi va turlari. Tarmoq texnologiyalaridan milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida foydalanish
Download 13.11 Kb.
|
1 Laborotoriya ,Tarmoqli texnologiyalar va internet xizmatlari c
Global tarmoqlar - o`ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo`ldosh) aloqalari tarmog`i orqali bog`lagan yirik tarmoq.
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari sig`imi. Ma’lum vaqt oralig`ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi. 176 Har qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va uning o`lchov birliklari mavjud bo`lganidek, axborotning ham uzatish tezligi hamda o`lchov birliklari mavjuddir, bular: - Bit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni; - Kbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni; - Mbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni; - Gbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni. Axborot kanallarining sig`imi ular orqali ma’lum vaqt oralig`ida uzatiladigan axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o`z navbatida axborot kanallarining o`tkazish qobilyatini anglatadi. Oliy ta’lim muassasalari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning hamda maktablarning kompyuter tarmoqlari, ular asosida yechiladigan masalalar. Oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar va maktablarning kompyuter tarmoqlari hamda ular asosida yechiladigan masalalar quyidagilardan iborat: - axborotni tashkil qilish va izlab topish; - zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot va bilimlarni almashishga imkoniyatini yaratish; - fanlardan bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo`shimcha ma’lumotlarni tarmoqdan qidirish; - talabalarning fanlardan mustaqil ishlarini bajarish; - elektron kutubxonadagi manbalardan foydalanish; - masofaviy ta’lim olish; - hisobotlar tayyorlash va uzatish; - elektron hujjat almashishni tashkil qilish; - talabalar ota-onalari farzandlarining o`zlashtirishi va davomatini kuzatib borish. Bundan tashqari hozirgi kunda Respublikamizda ta’lim muassasalarining ta’lim tarmog`i yaratilgan. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog`i barcha ta’lim muassasalarining axborot resurslarini o`zida jamlagan. Hozirgi kunda barcha o`qituvchilar, o`quvchilar va talabalar ushbu tarmoqdan foydalanish imkoniyatiga ega. Ziyonet axborot-ta’lim tarmog`i axborotlarni joylashtirish, toifalash, guruhlash hamda ularni qidirib topish imkoniyatini taqdim etadi. Download 13.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling