Pedikulyoz kasalligi Bitlar odam


Download 51.61 Kb.
bet1/3
Sana22.02.2023
Hajmi51.61 Kb.
#1220650
  1   2   3
Bog'liq
Pedikulyoz kasalligi


Pedikulyoz kasalligi


Bitlar odam qonini so‘rish bilan yashaydigan parazitlardir. Ularning oshqozoni faqatgina qonni hazm qilishga moslashgan. Bitlash tibbiyotda pedikulyoz deb ataladi. Bitlarning uch turi mavjud: bosh, kiyim-kechak va qov. Ma’lumki, ushbu parazitlar boshning soch bilan qoplangan qis­mini o‘zlariga makon qilib oladi. Ayniqsa, boshning chakka qis­mi va quloq orqasi ular uchun qulay muhit sanaladi. Ba’zida esa qosh, kiprik va hatto soch-soqolda ham ko‘­payishi mumkin. Bitlar soni haddan ziyod ko‘payganda ular butun tana bo‘ylab tarqalib ketadi.



Bit qanday yuqadi
Pedikulyoz epidemiyasi har qanday ijtimoiy halokat, urushlar, ommaviy ko‘chishlar paytida, ayniqsa, kuchli bo‘ladi. Bitlar iflos muhitni yaxshi ko‘radi.
Tozalikka rioya qiladigan orasta kishilarda bit bo‘lmaydi, deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Bitlar toza bosh sohibini yengilgina topadi. Aytaylik, tiqilinch jamoat transportida ketayapsiz. Yoningizda boshida bitlar uya qo‘ygan odam turibdi. U bir martagina boshini silkitsa bo‘lgani, bir-ikki juft parazitlarini sizga tashlab yuborishi mumkin. Bundan tashqari, bitlar hammom, sartaroshxona, do‘kon, bozorda, xullas, odamlar bir-biri bilan yaqin muloqotda bo‘ladigan joylarda ham kishidan kishiga yuqishi mumkin. Ta­roq, mochalkava bosh kiyimlari orqali yuqi­shi ehtimoli juda katta. Ayniqsa, bolalar bog‘chalarida pe­dikulyoz tarqalishining olidi­ni olish mush­­kul.
Bitlarni boshdan qoqib tushirish oson emas. Urg‘ochi bit xalq tilida sirka deb ataladigan yopishqoqsimon tuxumlarni qo‘yadi. Bu tuxumlar soch tolalariga mahkam o‘rnashib oladi. Atigi 1-1,5 oy yashaydigan bit bu vaqt davomida 150 tagacha tuxum qo‘yish xususiyatiga ega.
Bitlar havo qarorati 38-39 darajadan oshgan muhitda o‘zlarini noqulay his etadi. Bunday sharoitda ular nobud bo‘ladi.
Bosh bitlari ochlikka chiday olmaydi: bir marta so‘rib olingan qon unga 24 soatga yetadi, xolos.


Ushbu maqolani ham o‘qing: Chaqaloq miyasi rivojlanishida ota-ona o‘rni qanday?



Download 51.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling