Pedikulyoz kasalligi Bitlar odam


Kiyim-kechak va qov bitlari


Download 51.61 Kb.
bet2/3
Sana22.02.2023
Hajmi51.61 Kb.
#1220650
1   2   3
Bog'liq
Pedikulyoz kasalligi

Kiyim-kechak va qov bitlari
Kiyim-kechak bitlari juda «ayyor» bo‘ladi. Ularni osongina payqashning iloji yo‘q. Tanadan yetarlicha qonni so‘rib olgan bit kiyim-kechaklar choklarida (ayniqsa, ichki kiyimlarda) qo‘nim topadi.Tozalikka rioya qilmaydigan odamlar bunday bitlarga yo‘liqishadi.
Ko‘rpa-to‘shak jildlari va ichki kiyimlarni kir yuvish kukuni va kalsiylangan sodali suvda qaynating.
Taroqlarga ishlov berib, bosh kiyimlarini qaynating. Yodingizda bo‘lsin: kasallik o‘chog‘i bartaraf qilinmas ekan (pedikulyozga uchragan odam), pedikulyozni butkul yo‘qotib bo‘lmaydi.
Qov bitlari asosan kattalarda uchraydi va ko‘pincha jinsiy aloqa paytida yuqadi. Ular qov sohasida, chot orasida, anal teshik atrofida parazitlik qiladi.
Dorixonaga yuguring
Bitlarni shunchaki oddiygina parazit deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Pedikulyoz juda xavfli kasallik. Boshingiz yoki tanangizni qashib, tirnab oldingiz. Bunda parazit hasharotlarning chiqindilari qon orqali odam organizmiga tushadi. Bu esa vaqti kelib kishi salomatligiga jiddiy putur yetkazishi tayin. Bunda lim­fa tizimi jarohatlanib, immunitet pasayishi kuzatiladi. Bundan tashqari, bitlar terlama, turli isitmalar, teri infeksiyalari kabi xavf­li kasalliklar o‘chog‘i sanaladi. Shuning uchun pedikulyoz alomatlari paydo bo‘lgani zahoti uni davolashga kirishing. Dorixonalarda bunday vositalar anchagina.
Dori vositalarini tanlashda ularning ovitsidligiga (kimyoviy vositalarga o‘ta chidamli bo‘lgan sirkalarni ham yo‘q qiladi) e’tibor bering. Masalan, «Nittifor» vositasi shunday xususiyatga ega.
Pedikulyozni uy sharoitida davolash

  • Qirg‘ichdan o‘tkazilgan 50 g xo‘jalik sovunini chorak stakan kerosin bilan aralashtirib, ustidan 900 ml suv quying. Tampon yordamida aralashmani boshingizga surtib, paxtali ro‘mol bilan sochlaringizni tang‘ib oling. 1-1,5 soatdan so‘ng boshingizni yuvib, besh foizli sirka bilan cha­yib tashlang. Muolajani 7-10 kundan ke­yin yana takrorlang. Soch tolalarining jarohat olmasligi va kuymasligi, ayniqsa, bir umr kal bo‘lib qolmasalik uchun toza kerosin yoki benzindan foydalanmang!

  • Sarimsoq va piyozni bo‘tqasimon holatga kelguncha ezib, bosh terisiga surtib chiqing. 15-20 daqiqadan so‘ng boshingizni yuvib tashlang. Suv iliqqina bo‘lsin, issiq suv sabzavotlarning hidini yanada o‘tkirlashtiradi. Bunday muolajani kunora bajaring.

  • Bir hafta davomida har kuni achchiq shuvoq suvi yoki quyuq qaynatmasini (3 osh qoshig‘iga bir stakan qaynoq suv) sochga surtib turing.

  • Oddiy dastorbosh (pijma obiknovennaya) qaynatmasi: 3 osh qoshiq quruq giyohga bir stakan qaynoq suv quyib, past olovga 5 daqiqaga qo‘ying. So‘ng bir soat dam yegach, suzib, giyohini siqib oling. 5-7 kun davomida soch ildiziga surtasiz.




Download 51.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling