Pedikulyoz kasalligi Bitlar odam
Ushbu maqolani ham o‘qing
Download 51.61 Kb.
|
Pedikulyoz kasalligi
Ushbu maqolani ham o‘qing: Homiladorlik taqvimi: 6-hafta
Foydali maslahatlar O‘g‘il bolalarning sochini iloji boricha kaltaroq kestiring (yaxshisi, taqir qilib oldiring). Qiz bolalarda bu masala biroz mushkulroq. Pedikulyozga qarshi preparat sotib oling yoki uni o‘zingiz tayyorlab, muolaja kursini to‘liq oling. Faqat esingizda bo‘lsin: aksariyat preparatlar asosan katta urg‘ochi bit (sirka)larni o‘ldiradi. Shuning uchun sirka (soch ildiziga yopishib olgan lichinka)larni, yaxshisi, mayda taroq bilan tozalab tushiring. Bolalarning bosh kiyimlarini tez-tez qaynatib, issiq dazmol bilan dazmollab turing. Bolaga gigiyenaning eng oddiy qoidalari haqida gapirib bering. Masalan, begona buyumlar (bosh kiyim, libos, sochiq, mochalka, soch to‘g‘nog‘ichi, taroq, yostiq, choyshab, adyol)dan foydalanish yoki o‘zining shaxsiy buyumlarini do‘stlariga berish mumkin emasligini tushuntiring. Haftada bir marta farzandingizning boshi, ensasi, quloqlarining orqasini ko‘zdan kechiring. Chunki parazitlar bu joylarni xush ko‘radi. Bolaning boshini tinimsiz qashlay boshlashi bitlashning birinchi alomati bo‘lishi mumkin. Mabodo maktab yoki bog‘chadagi birorta bolada pedikulyoz holati aniqlansa, diqqat-e’tiboringizni ikki baravar kuchaytiring. Bit odamsiz atigi bir kun yashay oladi. Egasini yo‘qotib qo‘ygan bit shu zahoti yangisini qidirishga tushadi. Bu parazitlar juda harakatchan bo‘lishadi: bir daqiqada urg‘ochi bit 20 sm, bir soatda esa 12 m masofani bosib o‘tishi mumkin. Download 51.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling