Bo’rtma hosil qiluvchi nematodalar bilan tanishuv


Download 56.82 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi56.82 Kb.
#1506937
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bo’rtma hosil qiluvchi nematodalar bilan tanishuv


Bo’rtma hosil qiluvchi nematodalar bilan tanishuv
Reja:

  1. Ildiz bo’rtma nematodasi

  2. Sholi nematodasi

  3. Bug’doy nematodasi

Nematodalarning ba’zi bir turlarida geterogoniya (bir-biri bilan o’zaro gallanadigan ayrim bo’g’inlarning har xil usulda rivojlanishi) hususiyati bo’ladi. Bunda bir turga kiradigan nematodalarning ay­rim bo’g’inlari ba’zan morfologik jihatdan farq qiladi. Ba’zi turlari parazitlik qilib yashaydi, goh erkin hayot kechiradi. Parazit nematodalar tuxum va lichinkalik davrida «xo’jayinlarga» yuqadi, bu vaqtda xo’jayin tuxum va lichinkani yutib yuboradi yoki lichinkaning o’zi xo’jayin to’qimasiga kirib oladi. O’simliklarga lichinka­lar tuproq orqali yuqadi, bu narsa nematodalarning o’simliklar hisobiga parazitlik holatga yaqindagina moslanganini ko’rsatadi.


Parazitlar odatda o’simliklarning chiriyotgan qismlarida bo’lmaydi, bu qismlarning uzining saprozoy faunasi bo’ladi. O’simliklarda parazitlik qiluvchi ko’pchilik nematodalar ildizda yashaydi, biroq ularning ba’zilari o’simlikning yer usti qismi-poyasiga, bargiga, gullariga va mevalariga ham o’tadi. Nematodalar tuproqdagi namda o’simlikning o’zidagi urug’larga kirib oladi. Nematodalarning o’simliklarga etkazadigan zarari xar xil bo’lishi mumkin: 1) nematodalar o’simlikning kanallar sistemasida yashaganda o’simlik zaiflashadi va hatto qurib qoladi; 2) nematodalar tanasidan chiqqan modda ta’siri ostida o’simlik novdalari egri-bugri bo’lib qolishi, o’simlik past bo’yli bo’lishi va ularda g’ u r r a l a r (gallar) hosil bo’lishi mumkin; 3) o’simlik to’qimasining ayrim uchastkalari o’lib, sariq yoki qung’ir dog’lar hosil bo’lishi yoki barglarining hammasi sargayishi mumkin;
4) nematodalar o’simlikni jarohatlashi tufayli unga zamburug’ va bakterial kasalliklari yuqishi va kirishi mumkin.
Nematodalarning hayvonlarda parazitlik qilishi natijasida ular kasallanishi, naslsiz qolishi, ba’zan esa o’lishi ham mumkin.
Ildiz bo’rtma nematodasi –Heteroera marionumikroskopik kichik hayvonlar bo’lib, asosan o’simliklarning er osti qismlarida, ildizi, ildiz mevasi va tuganagida parazitlik qiladi. Hozirgi vaqtda bularning har xil o’simliklarga,daraxtlarga zarar keltiruvchi oltmishdan ziyodroq turi ma’lumdir. Lekin ular tashqi ko’rinishi va hayot kechirish tarzi jihatidan bir-biriga juda o’xshab turlarini faqat chuqur anatomik va morfologik belgilariga qarab tajribali mutaxassislaraniqlashi mumkin. Boshqa nematodalar singari ularda xam jinsiy morfizm aniq ifodalangan.
Urg’ochilari sharsimon yoki limonsimon shaklda bo’lib ular harakatlanmaydi. Erkaklari 1-2 mm, lichinkalari esa 0,3—0,5 mm uzunlikda bo’lib, chuvalchangsimon shakldadir. Odatda ildizning shikastlangan joyida har xil kattalikdagi (1 mm dan 5—6 sm gacha) bo’rtmalar xosil bo’ladi. Bo’rtma hosil bo’lishiga sabab, ildiz to’qimasiga o’rnashib olgan parazit o’zining ovqat hazm qilish bezlaridan fermentli suyuqlik (so’lak) ishlab chiqaradi.


Download 56.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling