Bo’rtma hosil qiluvchi nematodalar bilan tanishuv
-rasm. Ildiz bo’rma nematodasi bilan zararlangan o’simlik
Download 56.82 Kb.
|
Bo’rtma hosil qiluvchi nematodalar bilan tanishuv
5-rasm. Ildiz bo’rma nematodasi bilan zararlangan o’simlik
Uning ta’sirida o’simlik hujayralarining bo’linish jarayoni tezlashadi, hujayra qobig’i eriydi va ko’p yadroli yirik (gigant) hujayralar hosil bo’ladi. Bular odatdagi hujayralarga nisbatan 5—10 marta katta bo’lishi mumkin. Bunday hujayralarning tez bo’linishi natijasida ildizning nematoda kirgan qismi sekin-asta yo’g’onlasha boradi va har xil kattalikdagi bo’rtma hosil bo’ladi. Shuning uchun ham bo’rtma nematodalar deyiladi. Urg’ochi bo’rtma nematodalarning uzunligi odatda 1—2 mm, eni 0,3—1 mm bo’ladi. Gavdasi aniq ikki qismga ajralgan bo’lib, oldingi ingichka qismi bo’yin, keyingi yo’g’onlashgani esa asosiy tana deyiladi. Bo’rtma nematodaning tanasi kutikula deb ataluvchi ancha tiniq teri katlami bilan qoplangan bo’lib, u nematodalarni har xil noqulay tashqi sharoitdan, ya’ni qurib qolishdan va zaharli moddalar ta’siridan saqlaydi. Ovqat hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanuvchi halqum, o’rta va keyingi ichakdan iborat. Og’iz teshigi tananing oldingi uchida joylashgan. Og’iz bo’shlig’ining ichida shprist ninasiga o’xshash naysimon organ – stilet joylashgan. Bu stilet yordamida nematoda o’simlik to’qimasini teshib, uning ichiga joylashib oladi va uning yordamida hujayra qobigini teshib shirasini so’rib oziqlanadi. Stiletning oldingi uchi juda tor naysimon, keyingi tomoni esa piyozboshcha shaklida kengaygan halqumga tutashgan. Bu piyozboshcha /bulbus/ o’simlik hujayralaridan shirani nematoda surib olayotgan paytida o’ziga xos so’ruvchi vazifasini bajaradi. Bulbusning keyingi uchi ancha keng va uzun o’rta ichak bilan tutashgan bo’lib, bu ichakda ovqat hazm bo’ladi. Orka ichak qisqa va ingichka bo’lib, gavdaning eng keyingi uchida orka chikaruv teshigi orqaln tashqariga ochiladi. Boshqa hamma nematodalar singari bo’rtma nematodaning nerv va ayiruv sistemalari birmuncha soddatuzilgan. Nerv sistemasi alohida nerv hujayralari va ulardan chiqqan nerv tolalaridan iborat. Ayiruv organlar sistemasi teri ostida joylashgan naysimon kanallardan iborat. Qon aylanish, nafas olish va ko’rish organlari rivojlanmagan. Jinsiy organlar sistemasi tana bo’shlig’ida joylashgan juft uzun naychalardan iborat bo’lib, urg’ochisida tuxumdon, tuxum yo’li va bachadon deb ataladigan kismlarga bo’linadi. Urg’ochi bo’rtma nematodaning jinsiy teshigi gavdasining keyingi qismida joylashgan. Erkagining jinsiy organlar sistemasining yo’li orka ichak bilan birga orqa chiqaruv teshigi — kloakaga ochiladi. Kloaka ichida bir juft qo’shilish organi vazifasini bajaradigan spikulalar joylashgan. Yosh bo’rtma nematodalar voyaga etguncha 4 ta lichinkalik yoshini o’tadi. Birinchi yoshdagi lichinka tuxum po’sti ichida rivojlanadi. Ana shu yerda po’st tashlab ikkinchi yoshdagi lichinkaga aylanadi. Bu lichinka tuxum po’stini yorib tashqariga chiqadi va bir necha kundan keyin o’simliklarni zararlay oladigan (invazion) davrga o’tadi. Keyin ular stilet yordamida ildiz po’stlog’ini teshib, o’simlik to’qimasi ichiga kirib oladi. Shundan keyin lichinkalarning ildiz hujayralari shirasini so’rib parazit hayot kechirish davri boshlanadi. Aktiv ovqatlanish natijasida parazit lichinkalarning bo’yi tobora cho’zilib, eni esa yo’g’onlasha boshlaydi. Ular yana ikki marta po’st tashlaydi va uchinchi hamda to’rtinchi yoshdagi lichinkalik davriga o’tadi. Ulardan erkak va urg’ochi bo’rtma nematodalar rivojlanadi. Urg’ochi bo’rtma nematoda ildiz ichida harakatlanmaydi, o’troq hayot kechprganligi sababli uning harakatlantiruvchi muskullari rivojlanmagan. Tuxum qo’yishdan oldin urg’ochi nematoda jinsiy teshigi atrofiga biroz elimsimon suyuqlik ishlab chikaradi va uning ichiga tuxumlarini qo’yadi. Ana shu suyuqlik keyinchalik qotib, tuxum xaltachasini hosil qiladi. Binokulyar ostida bo’rtma nematoda bilan zararlanganildizlarni Petri idishida qaralsa, ildizning po’stiga yopishgan tuxum xaltachalari oqish yoki qo’ngir dog’lar shaklida bo’lib ko’zga tashlanadi. Tuxumdan chiqqan ikkinchi yoshdagi lichinkalar tuxum xaltachasidan tashqariga chiqib, yangi rivojlanayotgan ildizlarni yoki yaqinroqdagi o’simliklarning ildizlarini zararlashi mumkin. Iqlim va tuproq sharoitiga qarab bir yil davomida bo’rtma nematodaning bir necha (5-6) avlodi rivojlanishi mumkin. Download 56.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling