To’yigan eritma deb ataladi. Moddaning biror erituvchida eriy olish hususiyati shu moddaning eruvchanligi
Download 1 Mb.
|
Eruvchanlik slayd
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dеyarli erimaydigan moddalar amalda erimaydigan moddalar dеyiladi. Lеkin mutloqo erimaydigan modda bo`lmaydi.
- Eruvchanlik – moddaning erish qobilyati.
Qattiq modda erituvchi tushirilganda uning ionlar yoki molekulalari qutbli erituvchi molekulalari bilan ta‘sirlashishi natijasida erish jarayoni boshlanadi. Erish vaqtida erish jarayoniga teskari bo’lgan kristallanish jarayoni ham namoyon bo’la boshlaydi. Eritmaga o’tgan zarrachalar qattiq jism sirti bilan uchrashganda o’nga tortilib, qaytadan kristallanadi. Demak, bu yerda ikki qarama qarshi jarayon sodir bo’ladi. Dastlab erish jarayoni tez boradi, lekin eritmada zarrachalarning soni ko’paygani sari, kristallanish jarayoni tezlashadi. Ma‘lum vaqt o’tgandan keyin ikkala jarayon tezligi tenglashadi, ya‘ni bir sekundda necha molekula eritmaga o’tsa, shuncha molekula qaytadan kristallanadi. ERUVCHANLIK. . U vaqtda erigan modda bilan erimay qolgan modda orasida dinamik muvozanat qaror topadi, eritma tuyinadi. Shunday qilib, erimay qolgan modda bilan cheksiz uzoq vaqt birga mavjud bo’la oladigan, ya‘ni muvozanatda turadigan eritma to’yigan eritma deb ataladi. Moddaning biror erituvchida eriy olish hususiyati shu moddaning eruvchanligi deb ataladi. Moddalarning eruvchanligi (ya‘ni to’yingan eritmasining kontsentratsiyasi) erigan moddaning va erituvchining tabiatiga, shuningdek, temperatura bilan bosimga bog’liq. Ayni moddaning ma‘lum temperaturada 100g erituvchida erib to’yingan eritma hosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffitsienti (yoki eruvchanligi) deb ataladi. MODDALARNING ERUVCHANLIGI ERUVCHANLIK BU MODDANING SUVDA YOKI BOSHQA ERITUVCHIDA ERISH XOSSASIDIR. SUVDA ERUVCHANLIGIGA KO’RA BARCHA MODDALAR UCHTA GURUHGA BO’LINADI: 1) YAXSHI ERIYDIGA N, 2) KAM ERIYDIGAN, 3)AMALDA ERIMAYDIGAN MODDALARSUVDA QATTIQ GAZSIMON SUYUQ Dеyarli erimaydigan moddalar amalda erimaydigan moddalar dеyiladi. Lеkin mutloqo erimaydigan modda bo`lmaydi.
Eruvchanlik – moddaning erish qobilyati.
Suvda biron modda, masalan, qand erishini kuzatamiz. Xona haroratida (20◦C) 100 g suv 200 g qandni erita oladi. Undan ortiq miqdor qand bu haroratda boshqa erimaydi. Shu eritma to’yingan eritma deb ataladi. Chunki unda ortiqcha miqdorda qand eritib bo’lmaydi. GAZLARNING SUYUQLIKLARDA ERUVCHANLIGI. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi Genri qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq o’zgarmas temperaturada ma‘lum hajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga to’g’ri proportsional bo’ladi: m = k . P bu yerda: m – ma‘lum hajmdagi suyuqlikda erigan gazning massasi, Р – gaz bosimi, k – proportsionallik koeffitsienti. Gazlar aralashmasi eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya‘ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar xech qanday halal bermaydi, erigan gazning miqdori uning partsial bosimigagina proportsional bo’ladi. (Genri – Dalton qonuni). Genri va Genri – Dalton qonunlariga suyuqlik bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydigan gazlargina (past bosimda) bo’ysunadi. Temperatura ko’tarilishi bilan gazning suyuqlikdagi eruvchanligi kamaya boradi, chunki gazning suyuqlikda erishi ko’pincha issiqlik chiqishi bilan sodir bo’ladi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi grammlar bilan emas, balki millilitrlar bilan ifodalanadi. Masalan, 200 С da 100 ml suvda 87,8 ml СО2, 3,1 ml kislorod eriydi. Qattiq jismning suyuqlikda eruvchanligi. Bunday eruvchanlik o’zgarmas bosimda temperatura ortishi bilan ortadi. Lekin qattiq modda eriganida issiqlik ajralsa, bu moddaning eruvchanligi temperatura ortishi bilan kamayadi. Eritma sovitilganda undan qancha tuz (qattiq modda) cho’kmaga tushishini eruvchanlik egri chiziqlari yordamida oson hisoblab topish mumkin. Temperatura pasayganda eritmadan moddaning ajralib chiqishi kristallanish deyiladi. Qattiq moddalarning eriuvchanlik egri chiziqlari. Agar eritmada aralashmalar bor bo’lsa, kristallanishda doimo toza modda olinadi, chunki eritma hatto temperatura pasayganida ham aralashmalarga nisbatan to’yinmagan bo’ladi va ular cho’kmaga tushmaydi. Moddalarni tozalashning qayta kristallga tushirish deyiladigan usuli ana shunga asoslangan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling