Bo’rtma hosil qiluvchi nematodalar bilan tanishuv
Download 56.82 Kb.
|
Bo’rtma hosil qiluvchi nematodalar bilan tanishuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayot kechirishi
- Kurashchoralari.
Sholi nematodasi- Aphelenchoides oryzae Vokoo.
Zarari. Bu zararkunanda ko’p tushgan o’simlik hosil qilmaydi, ya’ni ro’vaklari barg qinidan chiqmaydi, kamroq shikastlangan o’simliklarda puch donlar ko’p bo’ladi. Tarqalishi. Sholi nematodasi Uzoq Sharq mamlakatlarida ko’p bo’ladi; Shimoliy Kavkazda, Rostov viloyatida, Kuban va Ukrainada ham borligi aniqlangan. Ta’rifi. Voyaga etgan qurtining bo’yi 0,8 mmgacha keladi, har ikk ijinsdagi qurt tanasi ingichka, dumi nayzasimon, kutikulasi nozik halqasimon, erkagining dumi yarim doira shaklda qayrilgan; og’iz kapsulida nozik tikancha bor, bulbusi yaxshigina rivojlangan; qizilo’ngachining ingichka joyi ichagi bilan qo’shilishib ketgan. Nerv xalqasi bulbusi orqasiga joylashgan. Urg’ochisining jinsiy sistemasi juft emas. Erkagining spikulasi ingichka, egilgan, yassi, bursasi yo’q. Hayot kechirishi. Sholi nematodasi urug’lik donlar bilan bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga tarqalib ketishi mumkin. Urug’lik sholi qipig’iga joylashib olgan nematoda shu don bilan yerga tushadi; nematoda yerda tuproqning 1,5 smlik qatlamiga o’rnashadi; nematoda voyaga etgan va lichinkalik stadiyasida tuproqning qurib qolishiga bardosh beradi. Bu zararkunanda yerda va donda yashayotganda ancha past haroratga chiday oladi; ammo 50°Sgacha qizdirilsa, nematoda o’ladi. Sholi nematodasi zararlangan uchastkalardan suv vositasi bilan ham tarqab ketishi mumkin. Nematodalar tuproqdan o’simliklarga o’tadi; bu zararkunanda tushgan o’simliklar o’sishdan orqada qoladi, rangi qo’ng’irsimon tusga kiradi, uchi oqish bo’lib qoladi. Nematoda poya bo’ylab uning yuqori qismiga ko’tariladi, o’simlik ichiga barg og’izchalari orqali kiradi. O’simlik qurigach, undagi nematodalar tuproqqa o’tadi. Bu parazit o’simlik to’qimasi ichida ko’payadi. Kurashchoralari. Sholi nematodasiga qarshi kurashda almashlab ekishni joriy qilish katta ahamiyatga ega; nematoda paydo bo’lgan sholipoyaga kamida to’rt yilgacha sholi ekilmasligi kerak. Sholi ekish oldidan geksaxloran solish ham yaxshi natija bersa kerak. Bu zararkunanda tuproqdan qiyinchilik bilan chiqadigan bo’lganidan, hosil yig’ishtirib olinganidan keyin tezda yerni chuqur shudgorlash kerak. Download 56.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling