1. Kompyuter tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi


Mijoz-server texnologiyasini tushuntirib bering


Download 105.64 Kb.
bet2/22
Sana26.01.2023
Hajmi105.64 Kb.
#1129446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
komp tarmoq YN javoblar

5. Mijoz-server texnologiyasini tushuntirib bering.

Mijozlar va serverlar. Internetda uzoqlashgan kompyuterlar bilan ishlash uchun mijoz/server texnologiyasi qo’llaniladi. Bunda foydalanuvchi bevosita ishlayotgan kompyuter (ishchi stantsiya) mijoz, asosiy ma’lumotlar va resurslar joylashgan uzoqlashgan kompyuter esa server deb qaraladi. Bu texnologiyaga tayanib, Internet resurslariga bemalol kirib, ulardan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi. Bunday texnologiyani qo’llash juda oddiy. Kerak bo’lgan ma’lumot yoki resursga kirish uchun klient programma ishga tushiriladi va u kerakli ma’lumot va resurslarni aniqlashtiradi. So’ngra bu programma kompyuter tarmog’i orqali resurs va ma’lumotlarni boshqaruvchi server programma bilan bog’lanadi.


Mijoz va server orasidagi muloqotni qaydnomalar amalga oshiradi. Mijoz programma mijoz va server uchun bir xil bo’lgan amaliy programma qaydnomasiga o’tkazadi va uni uzatishni ta’minlovchi qaydnomalar orqali serverga uzatadi. Server esa mijoz so’rovini qabul qilib, mos qaydnoma orqali tegishli ma’lumot va resurslarni topib, tarmoq qaydnomasi asosida ularni mijoz kompyuterga jo’natadi. WWW bilan bog’liq bo’lgan savollar tahlilida ham ko’pincha ikkita so’z mijoz va server ko’p ishlatiladi. Mijoz server texnologiyasi WWW da ham keng foydalaniladi. Server programmasi Internetning har bir xost kompyuterlaridan olingan hujjatlarni boshqarish uchun xizmat qiladi.
6. IEEE 802.x standartlarining strukturasini tushuntirib bering.

IEEE 802.x standartlarining tuzilishi.


IEEE ( Institute of Electrical and Electronics Engineers – elektrotexnika va radio-elektronika injenerlari instituti), IEEE 802.x standartlarining tuzilishi, kanal sathi, kanal sathining ikkita sath osti sathlariga bo’linishi, LLC va MAC sath osti sathlari, kanal sathi sath osti sathlarining asosiy vazifalari, 802 komitetning tarkibidagi bo’limlar.
1980 yilda IEEE 802 LAN standartlashtirish qo'mitasini tashkil etdi, natijada IEEE 802.x standartlari oilasi qabul qilindi, bu esa LANning quyi pog’onalarini loyihalash bo'yicha ko'rsatmalar beradi. Keyinchalik ushbu qo'mita faoliyati natijalari ISO 8802-1 ... X xalqaro standartlari to'plamiga asos bo'ldi. Ushbu standartlar Ethernet, ArcNet va Token Ring uchun juda keng tarqalgan vendorlar standartlarga asoslangan edi.
IEEE dan tashqari LAN protokollarini standartlashtirish bo'yicha ishlarda boshqa tashkilotlar ham qatnashdilar. Shu tariqa, optik tolada ishlaydigan tarmoqlar uchun ANSI, Amerika Standartlashtirish Instituti 100 Mbit/s ma'lumotlarni uzatish tezligini ta'minlaydigan FDDI standartini ishlab chiqdi. IEEE 802.x oila standartlari yetti pog’onali OSI modelining atigi ikkita pastki pog’onani qamrab oladi – fizikaviy va va kanal. Buning sababi shundaki, aynan shu pog’onalar mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Tarmoqdan boshlab yuqori pog’onalar mahalliy va global tarmoqlar uchun asosan umumiy xususiyatlarga ega. Mahalliy tarmoqlarning o'ziga xos xususiyati, shuningdek, kanal pog’onasini ikkita qismga bo'linishida ham aks etadi, ular ko'pincha sathlar deb ham ataladi: Logical Link Control (LLC) – mantiqiy kanalni boshqarish; Media Access Control (MAC) - vositalarga kirishni boshqarish.

Download 105.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling