1. Kompyuter tarmoqlarining hududiy taqsimlanishi
Server va mijoz tushunchalarini tushuntirib bering
Download 105.64 Kb.
|
komp tarmoq YN javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21. Kanal sathida ma’lumotlarni uzatishda qo’llaniladigan protokollar
19. Server va mijoz tushunchalarini tushuntirib bering.
Mijozlar va serverlar. Internetda uzoqlashgan kompyuterlar bilan ishlash uchun mijoz/server texnologiyasi qo’llaniladi. Bunda foydalanuvchi bevosita ishlayotgan kompyuter (ishchi stantsiya) mijoz, asosiy ma’lumotlar va resurslar joylashgan uzoqlashgan kompyuter esa server deb qaraladi. Bu texnologiyaga tayanib, Internet resurslariga bemalol kirib, ulardan foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi. Bunday texnologiyani qo’llash juda oddiy. Kerak bo’lgan ma’lumot yoki resursga kirish uchun klient programma ishga tushiriladi va u kerakli ma’lumot va resurslarni aniqlashtiradi. So’ngra bu programma kompyuter tarmog’i orqali resurs va ma’lumotlarni boshqaruvchi server programma bilan bog’lanadi Mijoz va server orasidagi muloqotni qaydnomalar amalga oshiradi. Mijoz programma mijoz va server uchun bir xil bo’lgan amaliy programma qaydnomasiga o’tkazadi va uni uzatishni ta’minlovchi qaydnomalar orqali serverga uzatadi. Server esa mijoz so’rovini qabul qilib, mos qaydnoma orqali tegishli ma’lumot va resurslarni topib, tarmoq qaydnomasi asosida ularni mijoz kompyuterga jo’natadi. WWW bilan bog’liq bo’lgan savollar tahlilida ham ko’pincha ikkita so’z mijoz va server ko’p ishlatiladi. Mijoz server texnologiyasi WWW da ham keng foydalaniladi. Server programmasi Internetning har bir xost kompyuterlaridan olingan hujjatlarni boshqarish uchun xizmat qiladi. 20. Protokol so’zining ma’nosi? Protokol – tarmoqda axborotni uzatish qoidalari to’plami, apparat va dasturiy ta’minotni birgalikda ishlashini ta’minlash uchun barcha kompaniyalar bu protokollarga amal qilishlari lozim. Protokol - xabarlar turi va formatini, xabarlarni uzatilish tartibini belgilaydi. 21. Kanal sathida ma’lumotlarni uzatishda qo’llaniladigan protokollar? Tarmoqni ishlashi uchun esa bizga OSI modeli va TCP/IP protokollar steki zarur hisoblanadi. OSI (Open System Interconnection) modeli 7ta pog'onadan iborat va har bir pog'ona paket (ma'lumot uzatishning bir turi hisoblanadi) hosil qilishda o'z belgisini qo'yib boradi. Ya'ni bunda agar ma'lumot biror qurilmadan chiqib ketishdan oldin 7-pog'onadan boshlab pastki pog'onaga tushib borib paket ko'rinishiga keladi va uzatiladi. Ikkinchi kompyuter uni qabul qilib olgandan so'ng esa 1-pog'onadan boshlab yuqoriga qarab chiqib boradi va ma'lumot ko'rinishiga keladi. Bunda agar qaysidir pog'onada xatolik bo'lsa, paket qaytadan so'raladi yoki so'rov bekor qilinadi. Download 105.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling