1. Kompyuterlarning tarmoq tushunchasi. Lokal tarmoqlarning xususiyatlari. Mintaqaviy tarmoqlarning xususiyatlari
Download 1.07 Mb.
|
Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo’llanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global tarmoqlar
- Bit/sekund
- Shinali topologiya
Global tarmoqlar bir-biridan sezilarli uzoq masofada joylashgan, ko’pincha turli mamlakatlarda yoki har xil qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoqning abonentlari orasidagi aloqa tarmoq(liniya)lari, radioaloqa tizimi va xattoki sputnikli aloqa asosida amalga oshirilishi mumkin.
Global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq. Ma’lum vaqt oralig‘ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - uning uzatilish tezligini belgilaydi. Axborotni uzatish tezligi birliklari : Bit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni; Kbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab yaxlitlangan bitlar soni; Mbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab yaxlitlangan bitlar soni; Gbit/sekund – bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab yaxlitlangan bitlar soni. Qurilish geometriyasi (topologiyasi) bo’yicha AHT lar quyidagicha bo’lishi mumkin: shinali (chiziqli); ilmoqli (xalqali); radialli (yulduzsimon); Aralash (Yulduz-shina); ierarxiya (daraxtsimon); Ofislarda lokal tarmoqlarni yaratishda ko’proq shinali topologiya, kamroq ilmoqli va radial topologiya ishlatiladi. Shinali topologiya Chiziqli ma’lumotlarni uzatish kanalini ishlatadi, unga nisbatan qisqa biriktiruvchi liniyalar vositasi bilan interfeys plata orqali barcha uzellar ulangandir. Tarmoqning uzatish uzelidan ma’lumotlar shina bo’yicha ikkala tomonga tarqatiladi. Oraliqdagi uzellar kelayotgan axborotlarni translyaciya (olib ko’rsatish) qilmaydi. Ma’lumot hamma uzellarga keladi, lekin axborotni kimga yuborilgan bo’lsa, o’sha qabul qiladi. Shinali topologiya eng oddiy topologiyalardan biridir. Bunday tarmoqni engil kuchaytiriladi va konfiguraciyalanadi hamda turli xil tizimlarga moslashtiriladi; u alohida uzellarning mumkin bo’lgan nosozliklariga nisbatan turg’undir. Shinali topologiya tarmog’ini keng ma’lum bo’lgan Ethernet(zernet) tarmog’i va uning bazasida tashkil etilgan, Ofislarda ishlatiladigan, masalan, Net Ware Novell tarmog’i ham ishlatadi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling