1. Kon mashinalari haqida. Kon mashinalari agregatlari
Download 144.65 Kb.
|
Reja Kon mashinalari haqida
KON MASHINALARINING YURITMALARI
Kon mashinalari va komplekslarining yuritmalari kuch beruv- chi uskuna, uzatuvchi mexanizm, tezligini tartibga soluvchi va ishchi organi yo‘nalishini o‘zgartiruvchi moslama hamda boshqarish sistemalaridan iborat. kon mashinalari har xil ishchi organlari yuritmalarining maxsus sharoiti va ishlash rejimi ularga turli talablarni qo‘yadi. Olayotgan energiyasining turidan, ishlash sharoitidan va rejimidan qat’iy nazar ishchi organlarining yurit- malari quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak: portlashga xavfsiz bo‘lishi; uni ishlatayotgan ishchiga xavfsiz bo‘lishi; ish rejimiga mos keluvchi quvvati va tartibga solishga mos ishchi tavsifga ega bo‘lishi; ishlash sharoiti va rejimida yuqori ishonchli bo‘lishi; ishlatishda, yig‘ishda va bo‘laklarga bo‘lishda qulay bo‘lishi. kon mashinalarining kuch beruvchi organlariga me’yoridan ko‘p yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish va katta dinamik rejimda ishga tushish momentining oshib ketishi, katta qarshiliklarga duch kelgan holda, shuningdek, katta qarshiliklarda ishni inkor et- masdan shu holatdan chiqib ketishi uchun maxsus talablar qo‘yiladi. Qazib oluvchi yoki lahim o‘tuvchi kombaynlarning yuqori sa- maradorlikda ishlashini ta’minlash uchun qirqish va uzatish tez- ligini o‘zaro tartibga solinishini ta’minlash muhim vazifa hi- soblanadi. kon mashinalari boshqa hamma ishchi organlarining yurit- malari shu mashina ishchi organining nazariy unumdorligini ta’minlashi kerak. Yuritmalarning ishchi organlari bilan o‘zaro joylashishiga qarab ikkita asosiy sxemani: bitta yuritmali va ko‘p- yuritmali sxemani alohida ajratish mumkin. ko‘pgina foydali qazilma qazib chiqaruvchi kombaynlar bitta yuritmaga egadirlar. ko‘pyuritmali sxema, asosan, lahim o‘tuvchi kombaynlar (Mkl0 kombayni o‘nta yuritmaga ega)da qo‘llaniladi. Bitta tashqi yuritmasi (nasos stansiyasi) bo‘lgan holda nafaqat mustahkamlovchi komplekslar, balki mexanizatsiyalashtirilgan mustahkamlovchi komplekslar ham ko‘pyuritmali sistema hisob- lanadilar, hattoki ularning har qaysi seksiyasi ikkita gidroyurit- ma — shitni boshqaruvchi element va chiziqli qo‘zg‘atuvchi elementga ega. ko‘pyuritmali sistemalarda tez-tez hamma yuritmalarni masalan, kombayn gusenitsalarining yuritmasi, bitta yoki ko‘p- yuritmali sistemalar halqasimon qirg‘ich qurilmasi, ko‘pyuritmali konveyerlar va boshqalarni sinxronlashtirish masalasi paydo bo‘lib turadi. 1-rasm. Pnermoyuritmalarning sxemasi: a — shesternali; b — porshenli; d — plastinkali; e — borib-qaytuvchi harakatlanadigan; f — zarb beruvchi; g — statik ta’sir qiluvchi pnevmoyuritmalar. Download 144.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling