1. Konflikt nima?


Download 18.87 Kb.
Sana15.10.2023
Hajmi18.87 Kb.
#1704541
Bog'liq
konfliktologiya


1. Konflikt nima?
1. Konflikt bu – ikki yoki undan ko’p tarafning fikr, g’oya yoki manfaatlari to’qnashganda, qarama – qarshi holatida vujudga keluvchi hodisa. Konfliktning yagona yechimi bu kelishuv hisoblanadi va u u yoki bu tomonga zarar keltiruvchi yoki adolatli bo’lishi mumkin. Konflikt vaziyat ishtirokchilari masshtabidan qat’iy nazar o’zining tabiiy syujetini va harakterini yo’qotmaydi.
2. Konfliktologiya fani nimani o`rganadi?
2. Konfliktologiya fani konfliktlarning tabiati, tarixi, kelib chiqishi va uni bartaraf etish usullari va turlarini o’rganadi va bunda turli xil nazariya va talqinlarga asoslanib, tarixda va hozirda yuz bergan va berayotgan konfliktlarni tahlil qilish asosida ularni model sifatida o’rganish va yechim berishga o’rgatadi.
3. Qadimgi Xitoy va Yunonistonda nizolar to`g`risidagi fikr va qarashlar.
3. Konfliktning tabiatini o’rganish qadimgi Xitoy va Yunoniston kabi sivilizatsiyalarda paydo bo’la boshlagan. Qadimgi Xitoyda bu ilmiy tadqiqot birinchi boshlangan deyiladi va bu miloddan avvalgi 7-6-asrlarga borib taqaladi. Unda xitoylik mutafakkirlar borliqni muvozanatda ushlab turuvchi ikkita taraf In(ijobiy) va Yan(salbiy)ning doimiy qarama-qarshiligidan iborat degan xulosani beradilar. Bu albatta o’sha paytdagi diniy qarashlar asosida kelib chiqqan versiya. Keyinchalik qadimgi Xitoydagi konfliktlar to’grisidagi qarashlar shu davr xitoylik faylasuf Konfutsiyning qarashlariga asoslanib qurila boshlaydi. Unga ko’ra, konfliktlarning ildizi insonlarning bir biridan farq qilishi va tengsizligi oqibatida kelib chiqadi deyiladi. Konfutsiyga ko’ra, konfliktlar sababi insonlarning ikkita tipga bo’linishi, ya’ni “oliyjanob odamlar” va “oddiy odamlar” va ularni oiladagi ta’lim va tarbiya darajasi. Shunga ko’ra, “oliyjanob odamlar” uchun jamiyatda tartib, “oddiy odamlar” uchun esa foyda muhim edi.

Huddi o’sha davrda Qadimgi yunon faylasuflari ham konfliktlar va ularning inson hayotidagi roli haqida gapirgan. Misol uchun, qadimgi yunon faylasufi Anaksimandr borliqning boshlanish tamoyili Apeironni ilgari suradi va Apeironda issiq va sovuqning qarama-qarshiligi paydo bo'ladi va ularning kurashi koinotni tug'diradi. Issiq olov kabi ko'rinadi, sovuq osmon va erga aylanadi. Anaksimandr jamiyat hayoti doimiy harakatdan iborat va aynan shu holat qarama-qarshiliklarni vujudga keltiradi deb hisoblagan. O'z navbatida faylasuf Geraklit bu harakatning sababini ochib berishga harakat qildi, qarama-qarshiliklarni harakat orqali vujudga keluvchi muqarrar jarayon sifatida ko'rsatdi, va jamiyatdagi konfliktni esa zaruratdan kelib chiquvchi kurash sifatida ta’rifladi. Shu bilan birga, Geraklit urush haqida ijtimoiy hodisa sifatida gapirib, urushni hamma narsaning otasi va shohi deb hisoblaydi. U hayotni yashash uchun abadiy kurash sifatida qaradi, ya'ni konflikt bu jarayonning o'ziga xos taraqqiy etgan formasi edi. U ijtimoiy sabablarni jamiyatdagi ziddiyatlarning asosiy sabablari deb hisoblagan. Bulardan xulosa qilish mumkinki, qadimgi davr faylasuflari konfliktni to’laqonli qamrab olgan holda o’rganishmagan bunga asos esa, ularning konfliktlarning yechimini izlashga e’tibor qaratmaganligi va faqat ularning tabiati va kelib chiqishini o’rganish bilan cheklanishdir.


4. O`rta asr va Yangi davr olimlarining nizo haqida bildirgan qarashlari.
4. Konfliktlar oʻrta asr va hozirgi zamon falsafasidagi asosiy mavzulardan biridir. Turli davrlar va maktablar olimlari hayotning turli sohalaridagi ziddiyatning mohiyatini, sabablarini va oqibatlarini tushunishga harakat qilishgan. Misol uchun, Avgustin Aurelius cherkovning buyuk avliyolaridan biri, mashhur "Vatan shahri" asarining muallifi bo'lib, unda insoniyat tarixini ikki shahar o'rtasidagi kurash sifatida tahlil qiladi: Xudo shahri va yer yuzidagi shahar. Birinchisi Xudoning muhabbatiga, ikkinchisi esa oʻz-oʻzini sevishga asoslanadi. Ular o'rtasidagi nizo muqarrar bo'lib, Xudo yomonlik ustidan g'alaba qozongunigacha davom etadi. Buni o’sha davrda xristianlik keng yoyilganligi va cherkov hukmronligi bilan asoslash mumkin. O’rta asrlar italiyalik faylasufi Tomas Akvinskiy esa adolatli urush nazariyasini ishlab chiqid va agar u ma’lum 3 ta qoidaga amal qilsa oqlanishini ta’kidlagan. Birinchisi, agar urushni qonuniy hukmdor e’lon qilsa, ikkinchisi, urush uchun arzirli sabab, ya’ni hududini hujumdan himoya qilish yoki yo’qotilgan haq-huquqlari uchun kurash bo’lsa, uchinchisi esa to’g’ri maqsadga ega, ya’ni boylik va shuhrat uchun bo’lmasa. Ilk uyg’onish davri mashhur italyan siyosatshunos olimi va yozuvchisi Nikkolo Makiavellining fikricha, konfliktlar siyosiy hayotning muqarrar va hatto foydali qismi boʻlib, u rivojlanish va islohotlarni ragʻbatlantirgan. U bir vaqtning o'zida sevimli bo’lish va haybatli, qo’rqinchli bo’lish yaxshiroqligini ta'kidlagan, ammo agar buning iloji bo'lmasa haybatli va qo’rqinchli bo’lish yaxshiroqdir deb hisoblagan. Yangi davr ingliz siyosatshunos olimi, “Leviafan” asari muallifi Tomas Gobbsga ko’ra esa, insonning tabiiy holati bu uning barchaga qarshi jangovor holatidir, ya’ni har bir individ o’zi uchun kurashadi, u yolg’iz, kambag’al, qo’pol sifatlariga ega deydi. Uning fikricha, konflikt insondagi qo’rquv, ochko’zlik yoki sha’n ortidan kelib chiqadi va uning oldini olish uchun insonlar yagona ijtimoiy kelishuv tuzadi, ya’ni davlatga bo’ysunadi.
5. Nizolarning qanday turlarini bilasiz?
5. Konfliktlar klassifikatsiyasiga ko’ra ma’lum turlarga ajraladi. Misol uchun, sohasi, ta’sir darajasi, ishtirokchilar turi, qarama- qarshilikning xususiyatiga ko’ra bo’linadi.
Namoyon bo’luvchi sohasiga ko’ra: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy konfliktlarga;
Ta’sir darajasiga ko’ra:
-Konstruktiv – bu jamiyat yoki konflikt ishtirokchilari uchun ijobiy natijali holatdir. Bunda barcha taraflar manfaatlari hisobga olinib kompromissga kelinadi, yakunda rivojlanish va ijobiy o’zgarishlarga olib keladi;
-Destruktiv – bu konfliktning salbiy natijaga ega turi bo’lib, bunda kuch orqali faqat bir tarafning manfaati qondirilishi, lekin yakunda ikkala taraf va jamiyat qulashiga, inqirozga olib keladi.
Ishtirokchi masshtabiga ko’ra:
-insonning o’zi bilan kechuvchi ichki hissiy konfliktlar, ikki yoki undan ortiq shaxs o’rtasidagi, ma’lum guruhlar o’rtasidagi, davlatlar o’rtasidagi yoki allianslar o’rtasidagi konfliktlarga bo’lish mumkin.
Bu turli xil mezonlarga ko'ra ajratilishi mumkin bo'lgan ko'plab turdagi konfliktlarning bir nechtasi xolos. Shuni tushunish kerakki, nizolar har doim ham aniq bir turga tegishli emas, balki aralash yoki o'tish xarakteriga ega bo'lishi mumkin. Konfliktni hal qilish yoki oldini olishning eng to'g'ri yo'lini tanlash uchun uning turini aniqlay olish ham muhimdir.
Download 18.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling